Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal
6.53K subscribers
47.7K photos
5.47K videos
30 files
8.64K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Download Telegram
#Live
#Islohotlar_inson_qadri_uchun
#Qish_mavsumiga_tayyorgarlik_jarayoni

Yangi transformatorlar o'rnatilmoqda

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan Xorazm viloyatidagi mahallalarning elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dastur qaroriga asosan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Bog'ot tumanining "Nayman" mahalla hududida ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan transformator punktini yuklamasini kamaytirish maqsadida, jami quvvati 250 kVA bo'lgan 1 dona yangi transformator punkti o'rnatilib, ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan sim, kabellarini tortish va to'liq montaj ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasida mahalla aholisining elektr energiyasi ta'minoti yanada yaxshilanadi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali.