Bog‘ot tumani hokimligi
6.72K subscribers
48.3K photos
5.52K videos
31 files
8.75K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Veb-sayt: bagathokimiyat.uz
Yagona ishonch raqami: (62) 315-28-07
Elektron pochta: info@bogothokimiyat.uz
Download Telegram
#mini_futbol
Yoshlarni ayniqsa mahalla yoshlarini sportga keng jalb qilish maqsadida joriy yilning 21-22 may kunlari "Ma'naviyat" mahallasida joylashgan sun'iy qoplamali sport maydonchasida sportning mini-futbol turi bo'yicha tumandagi 11 ta qishloqlar o'rtasida "Davlat havfsizlik xizmati Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i kubogi" musobaqasi tuman birinchiligi o'tkazildi.
Musobaqa natijalariga ko'ra:
Qulonqorabog' qishlog'i jamoasi 1-o'rinni;
Beshariq qishlog'i jamoasi 2-o'rinni;
Nayman qishlog'i jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritdilar.
Musobaqa so'ngida g'olib jamoalar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
#DXX_KUBOGI
#MINI_FUTBOL

Beshta muhim tashabbusning sport yo'nalishida bahslar kundan kunga qizg'in tus olmoqda.

Bugun "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" uchun mini-futbol bo'yicha chorak final o'yinlari tashkil etildi.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@bogottumanihokimligikanali
#Mini_futbol

🏆 Bog'ot tumanida yoshlar o'rtasida ommaviy sport musobaqalariga start berildi.

⚽️ Bugun mini-futbol musobaqasining 4 ta sektorlar bosqichi tashkil etildi. Tashkil etilgan musobaqalarda jami 300 nafardan ortiq mahallalardagi (18-30 yoshdagi) yoshlar ishtirok etishdi. Ma’lumot va lavhalar Yoshlar ishlari agentligi Bog'ot tumani bo'limidan olindi.
@bogottumanihokimligikanali
#HOKIM_KUBOGI
#MINI_FUTBOL

🏆 Mini-futbol sport turi bo'yicha Bog‘ot tumanida "HOKIM KUBOGI" musobaqasi g'oliblari aniqlandi.

⚽️ Bugun Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan “HOKIM KUBOGI” bellashuvlarida sektor bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar o'zaro kuch sinashdilar.

🥇 Murosasiz kechgan baxslarda "Qal'ajiqqal'a" mahallasi yoshlari g'olib bo'lib, kubogni qo'lga kiritishdi.

Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar bilan sportni sevish, vatanparvarlik, oilaga, yurtga sadoqatli bo‘lishlari haqida suhbatlashdi hamda bugun g‘olib bo‘lgan “Qalajiqqal’a” MFY komandasiga “HOKIM KUBOGI”ni topshirdi.

Tuman rahbari “Hokim kubogi”da ishtirok etgan barcha komandaning futbolchi yoshlarini sport formalari bilan rag‘batlantirdi.


BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
@bogottumanihokimligikanali