#voqea
Yaman voliysi Abraha Ashram xristian edi va unga arablarning Ka'bani tavof etishlari, ziyorat qilishlari yoqmaydi. U "Ka'badan ko'ra koʻrkamroq" cherkov qurdirib, arablarni haj yoʻlini shu tomonga burishni niyat qiladi. Ammo hech kim bu binoga kelmaganidan keyin g'azablangan Abraha Habash sultoniga maktub yoʻllab, undan Mahmud laqabli haybatli filni soʻraydi.U Ka'baga buzishga otlanadi. Ayg'oqchilar arablarni mol-mulkini tortib oladi, ular orasida Paygʻambarimizning bobosi Abdulmuttalibning 200 tuyasi ham bor edi. Abraha Makkaga elchi yuboradi:"Men bu yerga faqatgina o'sha baytni buzish uchun keldim! Agar menga qarshi chimasangiz, qoningizni toʻkishga asos koʻrmayapman" deydi. Shunda Abdulmuttalib:"Biz ham urushishni istamaymiz, kuchimiz ham yetmaydi. Ammo bu Allohning uyidir. Uni vayronlikdan yolgʻiz Alloh himoya qila oladi" deb javob beradi. Abrahadan tuyasini olgan Abdulmutalibning harakatiga hayron boʻlgach, soʻroqqa tutadi va "Men faqatgina tuyalarnining egasiman, Baytning ham oʻz egasi bor! Uni himoya qila oladigan Udir!" degan javob oladi. Baytni buzish uchun yoʻlga chiqqan fil toʻxtab qoladi, u haryoqqa yurardi: faqat Makka tomonga emas.Uni yurgizish uchun kaltakladilar, boshiga urdilar, uchli yogʻoch suqib burnini qonatdilar, ammo fil joyidan qoʻzgʻalmadi.To'satdan ular tomonga tumshugʻi va oyogʻi tosh olib uchib kelishardi. Ular toshlarni tashlay boshladilar, shu ondayoq tosh tekkan askar vafot etardi. Abraha esa askarlariga oʻxshab tezda oʻlim topmadi. Tanasi parcha-parcha boʻlgan, undan faqatgina yuragi joylashgan kichik jism qolgandi. Sekin-sekin yuragi ham parchalandi... Odamlar jasaddan qolgan parchalarni dafn etishdi. Faqatgina Mahmudga hech nima qilmagan edi. Filbon esa koʻzlari ojiz, oyogʻi shol boʻlib qashshoq va muhtojlikda vafot etadi. Janobi Haq bu voqeadan soʻng bir sel yubordi. Sel habashiylarning jasadlarini yuvib ketdi, dengizga toʻkdi.