Rukhshona's blog🍃
64 subscribers
641 photos
108 videos
54 files
115 links
Trying not to lost in thoughts)
To find my true self

- prepare IELTS with me
- my thoughts
- daily events
- some lifestyle
...
Download Telegram
Biroz oʻzgarish bor)
#just

U favqulodda xizmatlarga bilmasdan telefon qilvorib, qaytib chiqsa ko'tarmaydigan kam sonli qizlardan edi....

😆🤦‍♀
#book_2025
#book10

"Oydin tunlar" - Fyodor Dostoyevskiy. Qisqa asar, lekin kishida qandaydir iliq taasurot qoldira oladigan bu asarni albatta oʻqib koʻring. Asarda bosh qahramon Xayolparast (aniq ism keltirilmagan) hayoti davomida bir marotaba bir qizni yaxshi koʻrib qoladi. Avvaliga doʻst boʻlgan va toʻrt kunlik bu munosabat ularni bir-biriga ancha yaqinlashtiradi. Va nihoyat, 4-kun bizning Xayolparast oʻz dil izhorini Nastenkaga aytishga jurʼat topadi va ... Menimcha qolganini oʻzingiz oʻqib bilib olganingiz yaxshi)
Xulosa qilib aytsam, asarda har bir inson umri davomida bir marta boʻlsa ham kimnidir sevishi va azob tortishi tasvirlanadi. Qisqa boʻlsada hayotga nisbatan umid tuygʻusini qayta uygʻota oladigan kichik hikoya)
#thoughts

Shkafdan bitta aka Cola koʻtarib chiqib keldilar, biz uni yulduzga aylantirdik.
Bir bola ming soʻm pul soʻrab mashhurga aylandi, toʻylarda xizmat qila boshladi.
Bir qizni "how are you?" deyishi hatto ingliz tilini bilmaydiganlarni ham gapirtirib yubordi.
Tan olaylik, bular trendga chiqishiga kim sabab boʻldi? Oʻzi emas har holda, shu davlatdagi shu xalq emasmi? Men, siz... Biz emasmi? Har doim aytaman, bunaqa trend chiqibdi, unaqa trend chiqibdi deydiganlarga shu trenddi odamlar "trend"ga aylantiradi. Biz shunaqa xalq boʻldikmi? Oʻzimiz "zvezda" qilib, oʻzimiz yerga uramizmi? Kim xato qilmaydi? Kim "perfectionist"? Men deydigan bormi? Nega mashhurlardan ideallik kutamiz? Oʻziz ideal boʻlmaganiz uchunmi? Xa, Xayrulla Asatov xato qildi. Xo'p, undan avval qilgan ishlari aytgan gaplari yolgʻon ekanda? Bookblogerlar orasida aynan Xayrulla akani iqtibos keltirib gapirishi yangicha gʻoya emasmi? Toʻgʻrisi, chiqvolib "kitob oʻqi, kitob oʻqi" degandan koʻra, mashhur yozuvchilarni gaplaridan sitatalar, asardan parchalar keltirish qiziqroq emasmi?
Bir odam mashhur boʻlib ketadi. Keyin boshqasi chiqadida oʻsha mashhurlikni bir tiyin qiladi. U ham xato qildi aslida. Bitta odamni shaxsiyatiga hujum emasmi bu? 4ta erkak yig'ilvolib kimnidir gʻiybat qilishi qanchalik toʻgʻri? Uni yerga urishi, "shashlik" yeganini gapirishichi? Bu bilan men haqiqiy ilm egasiman, mana uyim mashinam bor demoqchimi? Xayrulla aka boy boʻlish yoʻlini tanlamagan. Unga kitob kerak xolos. Shu insonda zarracha qahr yo yomonlik koʻrmadim. Hamma oʻz saviyasidan kelib chiqib gapiradi. Orzuga ayb yoʻq deyishgan. Mayli, aytgan gapi xatodir, uni orzusi, qilayotgan ishi bilan necha pullik ishingiz bor?
Ikkiyuzlamachilar bor oramizda. U chiqsa u tomon, bunisi chiqsa bu. Bir tomonni tanlang. Fikringizda qat'iy turishni oʻrganing. Boʻlmasa, mashhurlarni propagandasi ostida qolib, bir umr mustaqil fikrlay olmay oʻtasiz.
Rukhshona's blog🍃
#thoughts Shkafdan bitta aka Cola koʻtarib chiqib keldilar, biz uni yulduzga aylantirdik. Bir bola ming soʻm pul soʻrab mashhurga aylandi, toʻylarda xizmat qila boshladi. Bir qizni "how are you?" deyishi hatto ingliz tilini bilmaydiganlarni ham gapirtirib…
Ha aytgancha, Xayrulla Asatovni kuzatmayla, xavfli odam. Kitob oʻqishga targʻib qilib, ongizni zaharlavolishi mumkin. Keyin siz kitob oʻqib, fikrlashiz oʻsib ketsa, baʼzi siz oʻylagan "haqiqatlar" yolgʻon ekanini tushunib yetasiz))
KANBAN usuli

Vaqtni boshqarish – bu eng qisqa vaqt ichida maqsadli natijadir.
Buni tushungan va zamonaviy taym-menejmentning tamoyillarini
o‘rgangan Toyota kompaniyasi mutaxassislari eng yaxshi
variantni ishlab chiqdilar.

Yapon tilida “Kanban” so‘zi “reklama
taxtasi”
degan ma’noni anglatadi.

Ish sxemasini tasvirlaydigan
yaponcha yondashuv uchta ustundan iborat. Ustunlar “Bajarish
kerak”, “Bajarilmoqda” va “Bajarildi”
deb nomlanadi. Ushbu usul
vazifalarning qanday bajarilishini kuzatishga imkon beradi.
Natijada, har bir kishi shaxsiy faoliyatni rejalashtirishni aniq
bajaradi, muhim vazifalarni birinchi navbatda va har doim o‘z
vaqtida bajara oladi.
Kanbanning samaradorligi uning vizualligida.

ZakoWiki+
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu parcha "Saodat asri qissalari"da ham uchraydi. Juda taʼsirli hikoya😢
#voqea

Yaman voliysi Abraha Ashram xristian edi va unga arablarning Ka'bani tavof etishlari, ziyorat qilishlari yoqmaydi. U "Ka'badan ko'ra koʻrkamroq" cherkov qurdirib, arablarni haj yoʻlini shu tomonga burishni niyat qiladi. Ammo hech kim bu binoga kelmaganidan keyin g'azablangan Abraha Habash sultoniga maktub yoʻllab, undan Mahmud laqabli haybatli filni soʻraydi.U Ka'baga buzishga otlanadi. Ayg'oqchilar arablarni mol-mulkini tortib oladi, ular orasida Paygʻambarimizning bobosi Abdulmuttalibning 200 tuyasi ham bor edi. Abraha Makkaga elchi yuboradi:"Men bu yerga faqatgina o'sha baytni buzish uchun keldim! Agar menga qarshi chimasangiz, qoningizni toʻkishga asos koʻrmayapman" deydi. Shunda Abdulmuttalib:"Biz ham urushishni istamaymiz, kuchimiz ham yetmaydi. Ammo bu Allohning uyidir. Uni vayronlikdan yolgʻiz Alloh himoya qila oladi" deb javob beradi. Abrahadan tuyasini olgan Abdulmutalibning harakatiga hayron boʻlgach, soʻroqqa tutadi va "Men faqatgina tuyalarnining egasiman, Baytning ham oʻz egasi bor! Uni himoya qila oladigan Udir!" degan javob oladi. Baytni buzish uchun yoʻlga chiqqan fil toʻxtab qoladi, u haryoqqa yurardi: faqat Makka tomonga emas.Uni yurgizish uchun kaltakladilar, boshiga urdilar, uchli yogʻoch suqib burnini qonatdilar, ammo fil joyidan qoʻzgʻalmadi.To'satdan ular tomonga tumshugʻi va oyogʻi tosh olib uchib kelishardi. Ular toshlarni tashlay boshladilar, shu ondayoq tosh tekkan askar vafot etardi. Abraha esa askarlariga oʻxshab tezda oʻlim topmadi. Tanasi parcha-parcha boʻlgan, undan faqatgina yuragi joylashgan kichik jism qolgandi. Sekin-sekin yuragi ham parchalandi... Odamlar jasaddan qolgan parchalarni dafn etishdi. Faqatgina Mahmudga hech nima qilmagan edi. Filbon esa koʻzlari ojiz, oyogʻi shol boʻlib qashshoq va muhtojlikda vafot etadi. Janobi Haq bu voqeadan soʻng bir sel yubordi. Sel habashiylarning jasadlarini yuvib ketdi, dengizga toʻkdi.
Forwarded from любовь это :
рухшона'с блог обуначилари 🤍🤍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#thoughts

Yoshligimda shunaqa kinolar boʻlardi: asosiy qahramon yetim bo'ladi, kambagʻal yoki qandaydir nogironligi boʻladi. Oʻrtoqlari uni mazax qilib, ustidan kulib ajratib qoʻyishadi, u bilan oʻynashmaydi. Chetdan olib qaraganda kulgili holat. Bolalar - koʻp narsani tushunishmaydi va bunga normal qaraladi. Oʻylab qarasam, kattalar orasida ham xuddi shunga oʻxshash "yosh bolacha" qiliqlar haligacha bor. Vaholanki, kattalar bolalarga nisbatan koʻp narsani biladi, tushunadi... 35-40 yoshdagi kishilarda ham shuni kuzatish mumkin va bu achinarli.
Insonni kamchiligini aytib, uni yerga urish - pastkashlik. Koʻzoynak taqadiganlarni - toʻrtkoʻz, koʻp oʻqiydiganlarni - botanik deyish ularni kamsitishmi yo haqoratlash? Kimnidir kamchiligini yoxud xatosini ustidan kulishga juda ustamiz biz oʻzbek xalqi. Ingliz yo rus tilida xato gapirsangiz, ular kulishmaydi, balki xatoingizni toʻgʻirlashadi. Biz oʻzbek tugul bir xorijlik adashsa, xumorimizdan chiqquncha kulamiz.
Meni bir savol qiynaydi: oʻsha kishilarda yoʻqmi kamchilik? Ular avliyomi? Nimani eplab qoʻyishdiki, bu kimnidir ustidan kulishga imkon beradi? Ular ojiz, hech nima qilolishmaydida a? Xohlagancha ezg'ilash mumkinda.?! Insoniylikni yo'qotmaylik, dunyo oʻtkinchi. Ular ham shunday tugʻilay yo shunday kasalga chalinay deb niyat qilishmagan-ku.
Endi odamlardan soʻrab orzu qilish kerak ekan. "Shashlik" yeyish, charxpalakda uchish, kiyinish... Meniyam orzuim bor: 3-4ta oʻzim xohlagan kitoblarni sotib olish, hozir shunga harakat qilyapman. O'sha kulganlar olib bermaydi kitoblarni. Sizga ziyoni tegmagan kishiga sizniyam ziyoniz tegmasin. Kimnidir koʻnglini og'ritish - yomon narsa. Xato qildimi, yaxshilik bilan tushuntiring, oʻrgating. Odammiz, tushunadi. Ustidan kulib, hammani oldida izza qilmasdan.
17/30 bugungi matematika DTM testidan. Oʻsish bor, har holda birincha marotaba kelganimdek 6ta emas))