🇺🇿BALIQCHI10👍
1.9K subscribers
2.09K photos
3.53K videos
7.19K files
5.1K links
Бешикдан қабргача илм изла.
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#maslahat #internet

Ijtimoiy tarmoqda siz yo‘l qo‘yadigan 5 xato 😵

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlar sizga hayotda muvaffaqiyat qozonishda yordam beradigan muhim vositaga aylanishi mumkin. Agarda ulardan to‘g‘ri foydalansangiz, albatta. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishning o‘zi yetarli emas, boisi shovqin solgan bilan diqqatni qozonish emas, nafratni qo‘zg‘ash mumkin.

Shu sababli, quyidagi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli emas.

👉🏻 Batafsil...
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #operatsion_tizim #internet

Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz 📱📶🖥

Smartfon orqali internetni boshqa qurilmalarga – kompyuter, noutbuk, netbuk yoki planshetlarga uzatish ehtiyoji keyingi paytlarda zaruratga aylanib borayotir. Ayniqsa, tegishli hududda uyali aloqa operatorining 3G, 4G (LTE) tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lsa-yu, ammo simli internet hali yetib kelmagan bo‘lsa. Masalan, dala hovliga chiqib olib, toza havoda oyoq uzatib o‘tirgancha noutbukingiz yordamida ayrim ishlaringizni qilib kelmoqchisiz. Shunda birdan internetga ulanish kerak bo‘lib qolsa…

Bu kabi hollarda smartfoningizdan modem sifatida foydalanib, noutbukdan internetga ulanishingiz mumkin. Faqat buning uchun tarifingizda internet nisbatan arzon bo‘lishi yoki internet-to‘plam xarid qilgan bo‘lishingiz lozim, aks holda telefoningiz hisobidan anchagina mablag‘ ketib qolishi aniq.

Xullas, Windows tizimidagi kompyuter yoki noutbukka smartfondan internet uzatishning uchta usuli bor: USB-kabel yordamida, Bluetooth yoki Wi-Fi tarmog‘i orqali. Bular orasidan Bluetooth-ulanish nisbatan eskirganligi, ko‘pchilik kompyuter/noutbuklarda mazkur interfeys yo‘qligi hamda tezligi ancha pastligi sababli, quyida qolgan ikki usulni ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 Batafsil...

📌 P.S.: Siz smartfoningizdagi internetni kompyuteringizga asosan qanday usulda uzatasiz, simli usuldami - 🖥 yoki simsiz - 💻?

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Foydali mobil ilovalar;
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YouTube dan video yuklash
#videodars / #internet

ℹ️ YouTube dan videolarni yuklashni bir qancha usullari mavjud bo'lib, ulardan eng qulayi to'g'ridan to'g'ri brauzer orqali yuklashdir. Bugun shunday qilishni o'rganamiz!

🌐 Videoda foydalanilgan manzil:
https://savefrom.net/userjs-tm-setup.php?status=success

▶️ YouTube da ko'rish

: 02:55 💾: 6.8Mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
TeamViewerPortable (@kompyuter_akademiyasi).zip
34.6 MB
TeamViewer 15.16.8 Portable (x64/x86)
#dastur / #internet

ℹ️ Kompyuterni masofadan boshqarish uchun qulay va mashhur dasturlardan biri hisoblanadi. O'rnatish shart emas, aktivatsiya talab etilmaydi.

📲 Smartfonlar uchun yuklash:
Android I iOS

💾: 34.6 mb (.zip)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
AnyDesk 6.2.3 (@kompyuter_akademiyasi).exe
3.6 MB
AnyDesk 6.2.3 Portable (x64/x86)
#dastur / #internet

ℹ️ Kompyuterni masofadan boshqarish uchun qulay va mashhur dasturlardan biri hisoblanadi. O'rnatish shart emas, aktivatsiya talab etilmaydi.

📲 Smartfonlar uchun yuklash:
Android I iOS

💾: 3.5 mb (.zip)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterni masofadan AnyDesk va TeamViewer dasturlar orqali (smartfon yoki kompyuterdan) boshqarish
#videodars / #internet

ℹ️ Bugungi darsimizda AnyDesk va TeamViewer dasturlar orqali, smartfon yoki kompyuterdan foydalangan holda boshqa kompyuterni boshqarishni o'rganamiz. Buning uchun bizga internet, yuqoridagi dasturning birortasi va ushbu videoni oxirigacha ko'rish kerak bo'ladi.

Masofadan boshqarish nega kerak?
Aytaylik kompyuteringizda birorta muammo mavjud, uni ustaga olib bormasdan masofadan ustaga ko'rsatishingiz va tuzattirishingiz mumkin.

🔽 Dasturni yuklash:
AnyDesk: Windows I Android I iOS
TeamViewer: Windows I Android I iOS

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 06:34 💾: 17.2 mb (360p)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Forwarded from Sadulla Zikrillaxojayov
@WINDOWSUZPROGRAMM_Google_Chrome_83_0_4103_106_Stable_+_Enterprise.rar
239 MB
💾 Google Chrome 83.0.4103.106 Stable + Enterprise ☑️
🖥 Windows 7|8|8.1|10 (32/64-bit)

#Browser #Brauzer #Браузер #Internet #Интернет
🔝 https://t.me/windowsuzprogramm 🔝
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
23 yil davomida katta texno-kompaniyalarda qanday o'zgarishlar bo'lgan?
#infografika / #internet

ℹ️ Mashhurlik ham o'z-o'zidan kelavermaydi. Shu sababli ham har bir kompaniyaning ham rivojlanish va pasayish davrlari bo'ladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Forwarded from Foydali LINK
#internet

Ushbu sayt orqali turli rusumdagi telefonlarni, turli mobil operatorlarida va albatta dunyoning istalgan davlatida qanday tarmoq (2G, 3G, 4G va 5G) kutib turganini bilib olishingiz mumkin.

LINK 👉 willmyphonework.net

👉 @foydali_link
Forwarded from IT specialist
📋 “IT specialist” kanalida shu kunga qadar ulashilgan foydali maqolalardan iborat #mundarija'larimiz ushbu postimizda jamlangan:

1. #operatsion_tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
2. #word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.
3. #excel rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post
4. #security rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
5. #internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
6. 🖥 Foydali kompyuter dasturlari ro‘yxati keltirilgan postimiz.
7. 📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati keltirilgan postimiz.
8. #smartfon, #android, #iOS va #iPhone ruknlari ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
9. #rasm_bilan_ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz: 1-post
10. #learn_english_with_software: rukni ostidagi postlarimiz: 1-qism
11. #telegram, #telegramda_kanal_yuritish ruknlari ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postlar: 1-post | 2-post
12. #mulohaza_uchun rukni ostida Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija: 1-qism

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatlarimiz muntazam ravishda yangilanib boradi, bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli postlar hali oldinda! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz
VPN nima o‘zi?
#info / #atama / #internet

ℹ️ O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.

VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi.

Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin.

Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi mumkin.

VPN qanday ishlaydi?

Uyingizda Wi-Fi-router bo‘lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o‘zaro ma’lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o‘zingizning xususiy tarmog‘ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo‘lishingiz talab etiladi.

VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin.

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.

VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.

Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.

VPN nega kerak?

VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir.

VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.

Albatta, sizning e’tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi tushunishingizga ham.

@algomax
Forwarded from 🌐 AKT_Official 🌐

𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘

@Official_AKT
▬ ▬▬ ▬▬ ▬▬ ▬
🌐 AKT_Official 🌐
TELEGRAM KANALI
https://t.me/joinchat/Ub_pUEYtVYKrsO_X
#tarmoq #internet #operatsion_tizim

Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish 📶

Qurilmangizdagi Wi-Fi ulanishining signal darajasini bilish, tarmoq yoki Internetga ulanishning sustligi – sizning Internet-provayderingiz yoki simsiz ulanish nuqtangiz bilan bog‘liq muammo emas, balki signal bilan bog‘liq muammo ekanligini aniqlashga ko‘mak berishi mumkin.

Signalni aniqlash uchun alohida dasturlardan foydalanishingiz mumkin bo‘lsa-da, Windows'da konsol orqali signal kuchini tekshirish usuli mavjud.

Buyruq satri (Командная строка) orqali quyidagi buyruqni ishga tushiring: netsh wlan show interfaces.

Signal sifatini aniqlash uchun Сигнал maydoniga ahamiyat bering. Agar qiymat 80ga teng yoki undan yuroqi bo‘lsa, demak signal darajasi yaxshi.

𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘

@Official_AKT
▬ ▬▬ ▬▬ ▬▬ ▬
🌐 AKT_Official 🌐
TELEGRAM KANALI
https://t.me/joinchat/Ub_pUIRweLp3Y-Cm
Torrent yuklamalar haqida
#info / #internet

ℹ️ Hozirda yuklamalar omborining keng tarqalgan turi bu torrent saytlardir. Torrent saytlardan kichik fayllardan tortib eng katta fayllargacha muammosiz yuklab olishingiz mumkin. Lekin u qanday ishlaydi, aslida? Keling, bugungi maqolada shu haqida gaplashamiz.

Torrent saytlarning eng muhim jihatlaridan biri bu yirik fayllarni yuklashda muammo bo‘lmasligidir. Brauzerdan birorta kichikroq fayl yuklayotganingizda internet o‘chib qolsayu, qayta yonganida yuklash yana boshidan boshlanib asabingiz buzilganmi hech? U holda bemalol torrentdan foydalanishingiz mumkin.

❗️Torrent bu aslida juda katta xotiraga ega vebsayt emas, yirik fayllarning mayda bo‘laklari qaysi manzillarda joylashgani haqida maʼlumotlar to‘plangan ulkan bazadir. Torrent dasturi esa ana shu bo‘laklarni yuklab, birlashtirib beradi. G‘alati, a?

🤔 Siz torrent orqali birgina kino yuklab olayotgan vaqtingizda yuklab bo‘lingan qismlarni boshqalar bilan ham baham ko‘rayotgan bo‘lasiz.

Pir (Peer) - o‘zida yo‘q faylni yuklab olayotgan va ayni damda o‘zida bor qismlarni baham ko‘rayotgan foydalanuvchi.

Sid (Seed) - faylni to‘lig‘icha yuklab olgan va uning qismlarini baham ko‘radigan foydalanuvchi.

Liche (Leecher) - o‘zida yo‘q faylni yuklab olishi bilanoq servisni to‘xtatib, o‘zidagi bo‘laklarni boshqalar bilan bo‘lishmaydigan foydalanuvchi.

🌐 Hozirda tarmoqda ommalashgan torrent dasturlariga misollar: uTorrent, MyTorrent, BitTorrent va hokazo. Torrent saytlardan o‘zim foydalanadiganlarimga misollar esa: YTS.ag - eng kichik hajmdagi HD sifatli kinolar uchun(inglizcha), torrent-igruha.org - bepul kompyuter o‘yinlari uchun, thepirate-bay.org - hamma-hammasi.

© Techno Ali

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetdan istalgan musiqa,rasm va kinoni tezkor topish.
#videodars / #internet / #media

ℹ️ Biz doimiy tarzda internetdan turli formatdagi multimedia fayllarini yuklab boramiz. Ba'zan shunday holatlar ham bo'ladiki, o'zimizni qiziqtirgan musiqa, rasm yoki kinoni izlash va yuklash uchun ularning nomini bilolmaymiz.

Shunday holatlarda ushbu videoda ko'rsatilgan usul orqali musiqa, rasm va kinolarni osonlik bilan topishingiz mumkin.

🎶 Musiqalarni topish uchun:
• Shazam Android I iOS
• SoundHunter Android I iOS
https://www.midomi.com

🖼 Rasm yoki videoni topish uchun Google.com yoki Yandex.ru ga "поиск по картинке" so'rovini jo'natamiz va berilgan sahifaga rasm yoki videodagi kalit kadrni joylab qidiruv beramiz.

Lightshot (skrinshot dasturi)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 04:45 💾: 11.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from IT & KOMPYUTER
Telegram Desktop uchun barcha tezkor klaviaturalar ro’yxati
#hotkeys / #internet

ℹ️ Kompyuterdagi Telegram dasturidan tezkor va qulay foydalanish uchun bir qancha klaviatura kombinatsiyalari mavjud.

🗂 Umumiy:
Alt + 🔼 (yuqoriga tugmasi) — yuqoridagi chatga o'tish.
Alt+🔽 (pastga tugmasi) — pastdagi chatga o'tish.
Ctrl + F — ochiq chat bo'yicha izlash.
Ctrl + O — Telegramdan fayl jo'natish uchun fayl tanlash oynasini ochish.
Esc — Chat yoki qidiruvlardan chiqish.
Ctrl + M — Telegram dasturini pastga tushirib qo'yish (свернуть).
Ctrl + W — dasturni topshiriqlar paneli (панель задач) ga tushirib qo’yish (свернуть)/ dasturdan chiqib ketish.
Ctrl + L — Telegram dasturini bloklash (agar parol o'rnatilgan bo'lsa).
Ctrl + Q — dasturni to'liq yopish.
Ctrl + 🔼 va Ctrl + 🔽 — tezkor javob berish uchun xabarni tanlash.
Ctrl + 🔽 — javobni bekor qilish.
🔼 (yuqoriga tugmasi) — oxirgi xabarni tahrirlash.
Delete — belgilangan xabarni o'chirish.
Ctrl + 0 — “Избранное” ga o'tish (Saqlangan xabarlar).
Ctrl + R — joriy chatni o'qilgan deb belgilash.
Alt + Shift + sichqonchaning o’ng tugmasi — barcha chatlarni o'qilgan deb belgilash (kursorni menyuda akkauntga o'tkazib, tugmalar birikmasini bosish kerak).
Ctrl + J — Kontaktlar (Контакты) ni ochish.

📃 Matnni formatlash uchun:
Ctrl + B — belgilangan matnni qalin qilish.
Ctrl + I — belgilangan matnni kursiv (qiyshiq) qilish.
Ctrl + U — belgilangan matnni ostiga chizish.
Ctrl + Shift + X — belgilangan matnni o'chirish.
Ctrl + Shift + M — belgilangan matnni mono kenglikdagi matn qilish.
Ctrl + Kgiperhavola yaratish.
Ctrl + Shift + N — formatlashni bekor qilish.

📂 Papkalar bilan ishlash:
Ctrl + Shift + 🔼 va Ctrl + Shift + 🔽 — papkalar bo'ylab ko'chish.
Ctrl + 1 — Barcha chatlar ro’yxatiga o'tish.
Ctrl + 2 — 1-papkaga o'tish.
Ctrl + 3 — 2-papkaga o'tish.
Ctrl + 4 — 3-papkaga o'tish.
Ctrl + 5 — 4-papkaga o'tish.
Ctrl + 6 — 5-papkaga o'tish.
Ctrl + 7 — 6-papkaga o'tish.
Ctrl + 8 — Oxirgi papkaga o'tish.
Ctrl + 9 — Arxiv (Архив) ga o'tish.

Kanalga obuna bo'lamiz
👉@IT_va_KOMPYUTER

👉
https://t.me/IT_0rganamiz
Google Chrome'dagi qaynoq tugmalar
#hotkeys / #internet

ℹ️ Eng mashhur va barqaror brauzerlardan biri bo'lmish Chrome bilan ishlash paytida ham klaviatura kombinatsiyalarini qo'llash ishlash jarayonimizni osonlashtiradi.

📃 Bugun bir nechta "qaynoq tugmalar" bilan tanishamiz:

Ctrl + N - yangi oyna ochish.
Ctrl + T - yangi "вкладкa" ochish.
Ctrl + Shift + N - maxfiylik (инкогнито) rejimida yangi oyna ochish.
Ctrl + W - mavjud vkladkani yopish.
Ctrl + Shift + O - zakladkalar dispecherini ochish.
Ctrl + J - "Скачанные файлы" (yuklangan fayllar) ni ochish.
Ctrl + F - sahifa bo'ylab izlash.
Ctrl + D - mavjud sahifani zakladkaga saqlash.
F5 - sahifani yangilash.
F11 - to'liq ekran rejimini yoqish/o'chirish.
Ctrl va + - sahifa masshtabini kattaytirish.
Ctrl va - - sahifa masshtabini kichraytirish.
Ctrl + 0 - odatiy sahifa masshtabini tiklash.

📌 Bundan tashqari yana bir qancha klaviatura kombinatsiyalarini bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
https://t.me/IT_0rganamiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi reklamalarni o'chirish!
#videodars / #internet

Kompyuterda ishlash davomida chiqadigan turli reklamalar jonga tegdimi? Bugun shulardan oson qutulishni o'rganamiz!

Bu reklamalar aslida bildirishnomalar bo'lib, ko'pincha brauzerdan keladi va kompyuterga internet ulaganimizda ko'rina boshlaydi.