Axror Rahmonov | Blog
222 subscribers
110 photos
26 videos
3 files
172 links
Bir yoshning Ilm olish va tarqatish yo’lidagi harakatlari.

- O’rganaman, amal qilaman, yozaman, o’rgataman.
Download Telegram
Inson huquqlari haqida gaplashaylik.

Islomda inson huquqlari yuqori o’rinda turadi.

«Inson mehnati orqali rivojlanib qolgan maymundir» deganlar, o’ziga yarasha huquqlar berishga urinadilar.

Islomda esa, «sen maymundan tarqalgansan», deyishni o’zi insonlik huquqini poymol qilishning oliy nuqtasi deb qaraladi.

Sajda, 9.

Musulmon oilalarida qiz bola tug’ulsa , o’g’il bola tug’ilgandan ko’ra ko’proq xursand bo’lish joriy qilindi.

«Rasululloh sallolohu alayhi vassalam: «Kimning uchta qizi bo’lsayu, u ularning xarxashalariga, og’irliklariga sabr qilsa, Alloh uni ularga ko’rsatgan rahmi tufayli jannatga kiritur», dedilar.

Bir sahoba: «Ikkita qizi bo’lsachi, ey Allohning Rasuli?» deb so’radi.
«Ikkita qizi bo’lsa ham», dedilar.

Bir kishi:
«Bitta bo’lsachi, ey Allohning Rasuli» deb so’radi.
«Bitta bo’lsa ham», dedilar.
Yana bir rivoyatda: «yoki uch singlisi bo’lsayu», deb kelgan. (Abu Hurayra r.a.)

Islom ayol kishiga ta’lim olish va madaniy saviyasini oshirish haqqini berdi va erkaklarni bu ishga mas’ul qildi. E’tiboringiz uchun, 15 asr avval!

Ayol kishi faqat ta’lim olish emas, balki ta’lim berish, va boshqa ilmiy ishlar bilan shug’ullanish majburiyatida hamdir.

Bizga gender tengligini o’rgatishadi?

@axror_rahmonov_blog
Sabr - shikoyat qilmasdan yashashlik.
Din haqida gapirma, uni ko’rsat
Farzand tarbiyasi

Farzand tarbiyasi hech zamon oson ish bo'lmagan.

Bu dunyoviy hamda diniy tarbiani combinatsiasi.

Tarixdan bilish mumkunki, millatning krizisga yuz tutushi ikki narsa sababchi bo'ladi:

1. Bir millat boshqa millatni bosib olishi;

2. Yosh avlod aqliy va ilmiy salohiyatini barbod qilish.

Bularning farqi, agar kuch orqali bir millatga talofat yetkazilgan bo'lsa, lekin yoshlari ruxiy va aqlan sog'lom bo'lsa bu millatni tezda tiklab olish mumkun.

Lekin aksi, yoshlarni ruxini sindirib aqldan ozdirgan bo'lsa bu millat tiklanishi qiyin bo'ladi.

@axror_rahmonov_blog
One level higher

Tepalikka chiqaangiz manzara yaxshiroq ko'rinadi.

Hayotiy voqiyalarda ham bitta level(daraja) yuqoriga chiqish umuman dunyoga qarashingizni (perspektivani) o'zgartiradi.

Hodim bo’lsanigz Rahbar , farzand bo’lsangiz Ota-Ona, tadbirkor bo’lsangiz investor bo’lib ko’ring.

O’zingizni hayiotingizdagi muammolarni bitta yuqoriga chiqib ko'ring muammolaringiz hechnarsa emasligini ko’rasiz.

@axror_rahmonov_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Katta Chimyon zabd etildi

Alloh fazli ila, Katta Chimyon cho’qqisini zabd etdim. 3309 metr

Qilgan hikinglarim orasida eng qiyini bo’ldi. Juda qiyini. [1] [2]

Qiyin bo’lganini sabablari ham, buni tushinishim uchun juda katta turtki bo’ldi bu safargisi.

Bu hikingni o’tqazib yubormaslik uchun Zaamin Ultra marafondan kechishimga to’g’ri keldi. Va bu qarorim o’zim uchun to’g’ri ekan.

Bu safargi hikingdam oilamham ruhlandi, bugun birinchi oilaviy hiking bo’lib o’tdi - So’qoq o’rmoniga. Alhamduillah, bu ham bir yutug’im - Ibrat bo’lish ishlar ekan.

@axror_rahmonov_blog
Bo’lajak ayolingiz portretini tuzing, yozilgan narsa amalga oshish kuchiga ega.

Barch barchasini yozing, bo’yidan boshlab, qiziqishlarigacha.

@axror_rahmonov_blog
Qiziqarli inson bo’lsang sen bilan kelib tanishishadi. [1]

Qanday qiziqarli bo’lamiz?

Bilim > kitob, kurslar, traininglar, serendipity;

Tajriba > ustoz, deep work;

Pul > bilim, tajriba;

Tanishlar > bilim, tajriba, pul, natija.

@axror_rahmonov_blog
Duolarida bo’lish go’zal.
Sinov

Erkak kishi ayolining hastaligida sinovdan o‘tadi.

Ayol erining kambag‘alligidagi sinovdan o‘tadi.

Do‘st og‘ir kunlarda sinovdan o‘tadi.

Farzandlar esa ota-onasining qariligida sinovdan o‘tadi.

Aka-ukalar meros taqsimotida sinovdan o‘tadi.

Qarindoshlar g‘ariblikda sinovdan o‘tadi.

Haqiqiy muhabbat manfaat tugaganda sinovdan o‘tadi.

Sabr esa vaqt bilan sinovdan o‘tadi.

Yaxshi niyat amal bilan sinovdan o‘tadi.

Tavba vasvasa bilan sinovdan o‘tadi.

Ilm esa amal bilan sinovdan o‘tadi.

Ishonch sir bilan sinovdan o‘tadi.

Tarbiyachi esa o‘z farzandining xulqi bilan sinovdan o‘tadi.

Iymon esa vasvasali zamonda sobit turish bilan sinovdan o‘tadi.

Xodim esa — lavozim bo‘shaganida va foydasi qolmaganda qanday ketishi bilan sinovdan o‘tadi.
Kimdir duo bilan ketadi, kimdir dushmanlik bilan. Bu esa uning asl qadrini ko‘rsatadi.

Mo‘min kishi esa balolar ila sinovdan o‘tadi!!!
Arzimagan dunyoga umr zoye ketmasin.
Qutilishning bir yo’li, u ham bo’lsa - taslim bo’lmoq.
Aslida kitob qanday o’qilishi kerak?

Xurshid Maroziqovdan amaliy tavsiyalar:

1. Qiziqishlarni topish kerak. Har doim kitobni qiziqishlariz bo’yicha o’qing. Umrimiz davomida juda ko’p kitob o’qiy olmaymiz, keling, shu sabab o’zimizga qiziq bo’lganlarini o’qiymiz.

2. 10 daqiqa qoidasi. Bir kitobni o’qishni boshlashingiz bilan, 10 daqiqa ichida o’ziga qiziqtira olmadim, keling, o’qishda davom etmay qo’yavering, baribir foyda olmaysiz.

3. Kitobni o’qib bo’lgandan so’ng, yana qayta o’qishga kirishish. O’qilgandan so’ng, 3%gina bilim qolgani sabab.

Sinab ko’ring albatta )

@axror_rahmonov_blog
Erkaklik

Erkak bo’lish - kechagi haqoratni yutib, bugun non topishga chiqishdir.

Ishda xo’jayin baqiradi, mijoz baqiradi, lekin u jim. Chunki o’sha pul bilan bola bog’chaga boradi, oila yashaydi.

Erkak bo’lish - sog’liqni emas, uydagilarni o’ylashdir. Har kuni bel og’rib uyg’onsa ham ishdan qolmaydi. Chunki bir kunlik ishlamagan kun - dasturxonda kamlik demak.

Erkak bo’lish - har qanday vaziyatda, o’zini ustida ishlab, yanada yaxshiroq bo’lishga intilishdir.

Erkak bo’lish - Ota onasini qanday qilib rozi qilishi mumkunligini o’ylashdir.

Erkak bo’lish - kechasi uyquni emas, xayollarni quchoqlashdir. Qanday qilib qarzlarni to’layman? Balani qanday o’qitaman? Shu savollar bilan tong ottiradi.

Erkak bo’lish - bayramda sovg’a kutmaslikdir. Hamma quvonayotganida u faqat tomosha qiladi. Chunki unga sovg’a emas, boshqalarning baxti muhimroq.

Erkak bo’lish - ikki o’t orasida yonishni o’rganishdir. Haqiqatni aytsa - xafa bo’lishadi. Jim tursa - yuragi eziladi.

Erkak bo’lish - hurmat topish uchun avval pul topishga majbur bo’lishdir. Hammaga sening fe’ling emas, daromading ahamiyatli. So’zlaring emas, qanchalik cho’ntaging to’q - shuni eshitishadi. Erkak doim sevilish uchun to’laydi.

Erkak bo’lish - hayotining qanchalik o’gir ekanini aytmasdan, Alhamdulillah deb uni ko’tarishdir.

Erkak ba’zida devordek qaraladi tayanish uchun. Ammo kim o’ylaydi: bu devorning o’zi ham ichida qulab tushayotgan bo’lishi mumkunligini?

Erkak bo’lish - bu kam tan olinadigan, lekin eng og’ir rollardan biridir. Va u bu rolni bir umr jim va sobit yurak bilan bajaradi.

Erkaklik - bu faqat kuch emas. Bu - sabr, jimlik, fidoyilik va ko’zga ko’rinmas qahramonlikdir.

@axror_rahmonov_blog
Biz zikr qilayabmiz, bizda Alloh o’zini zikr uni yaratayabti.

Zikr qilishimizni oson qilib qo’yaybti.