Axror Rahmonov | Blog
222 subscribers
110 photos
26 videos
3 files
172 links
Bir yoshning Ilm olish va tarqatish yo’lidagi harakatlari.

- O’rganaman, amal qilaman, yozaman, o’rgataman.
Download Telegram
Erta uylanish kerak(mi)?

Uylanish bu , Payg'ambarlar sunnati.

“Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”.

— Imom Buxoriy, Muslim rivoyati

Bu hadisda “yoshlikda uylanish” targ‘ib qilinmoqda.

Chunki:

- Yoshlikda shahvat kuchli bo‘ladi;

- Fasodga yo‘l ochilishi ehtimoli yuqori;

- Yoshlikda mas'uliyat olishga o‘rganiladi;


1. Ijobiy tomonlari:

- Gunohdan saqlaydi;

- Havas, shahvat va harom ko‘zlardan saqlaydi;

- Mas’uliyatni erta o‘rgatadi;

- Yosh turmush egasi boshqaruv, sabr, moliyaviy rejani o‘z vaqtida o‘rganadi;

- Ruhiy tayanch va yolg‘izlikdan chiqish;

- Hayotga erta kirib, uzoq muddatli reja tuzish imkoniyati

- Sog‘lom farzand - 20-30 yosh oralig‘i farzand ko‘rish uchun eng maqbul davr.


2. Salbiy tomonlari (agar tayyor bo‘lmasa):

- Moliyaviy muammolar (Ish yoki daromad manbasi bo‘lmasa, nikoh inqirozga yuz tutadi);

- Emotsional pishmaganlik (G‘azab, sabrsizlik, noto‘g‘ri qarorlar);

- Shaxsiy rivojlanish to‘xtashi mumkin (O‘qish, o‘z ustida ishlash orqaga surilishi mumkin);

- Ijtimoiy bosim (Yosh oilalar katta avloddan doimiy aralashuvga uchrashi mumkin);


3. Erta uylanish odamga nima beradi?


1. Nafsni nazorat qilish vositasi
Nikoh — dinining yarmi,

2. Qaror qabul qilish va mas’uliyatni erta o‘zlashtirish
Erta uylanganlar orasida yetakchilik qobiliyati yuqoriroq bo‘lishi kuzatilgan

3. Ruhiy barqarorlik va o‘zini topshiriq bilan band qilish
Yolg‘izlik, bekorchilik, fitna — yoshlikdagi eng katta xavf. Uylanish bunga qarshi qalqondir.

Xulosa:
Erta uylanish foydali bo‘lishi uchun 3 narsa muhim:

- Ruhiy va emotsional tayyorgarlik;

- Moliyaviy mustahkamlik (kamida asosiy ehtiyojlar);

- Hayotiy mas’uliyatni his qilish;

Kimga uylanish haqida esa keyingi postda ko'rishamiz...)
Forwarded from Cheksizlik
40 yoshimizdan keyin hammamiz barobar bo'lamiz , chiroyimiz so'nib qariymiz va shunda qalblar muhim ro'l o'ynashni boshlaydi chiroy ostida berkingan chirkin qalblar fosh bo'ladi shuning uchun o'ylaymanki tashqi ko'rinish aslida vaqtinchalik - qalbimiz esa abadiy muhabbatga saba bo'ladi - qalblarga ishlov beraylik husni hulq orttiraylik .

Sen bo'lmagan so'ngi dars – Allohga qaytish .
Eng yaxshi maktab

Ustozim, bir darslarida farzand tarbiyasi uchun eng yaxshi maktab haqida gapirib qoldilar.

Ayollari mana shu maktabda ishlar ekanlar. Bepulga.

Bu maktabda ishlashlari uchun boshida arzimagan investitsiyadan boshlangan(kurs, kitob, community, oliy ta’lim).

Bu uy maktabi.

Buni uddalay olmaganlar esa, maktabga berishadi, undan yaxshirog’ida tarbiyalansin deb xususiy maktabda, lekin hech o’ylab ko’rishmaydi uy maktabi eng yaxshisi ekanligini.

To’g’ri bunda, bolani umuman ommadan cheklab qo’yish haqida gap ketmayabti.

Uyda ayolingiz farzandingizga beradigan bilim, tarbiya haqida gap ketayabti.

No schhool< public school< private< home schooling.

Albatta, bu ham o’zidan o’zi bo’lib qolmaydi, avvaliga ayolingizga kurs, kitob, oliy ta’lim, muhit yaratib berganingizdan so’ng bo’ladi.

«Зато», ertaga «farzandim xususiy maktabda yaxshiroq bilim olsin» deb 500$ oyiga berib o’tirmaysiz.

@axror_rahmonov_blog

Bu ayolimiz haqida edi, farzandim yetuk inson bo’lsin desangiz, unga o’zingizni eng muhim loyihangizday qarang.
Aniq fanlar muhimliligi

Aniq fanlarni o’rganish kerak. Biologiya, fizika, kimyo, matematika…

Hovlimizdagi daraxtni qurt-qumursqalardan himoya qilmoqchi edim. Oxak bilan bo‘yash kerak edi. Bilimimga tayanib, gips va suvni aralashtirdim. Reaksiya sodir bo‘ldi. Oxak eridi... va qo‘limni kuydirdi.

Nega?

Kimyo va fizikadagi kichik bir bilim yetishmasligi sababli.

Shunda tushundim: bu fanlar faqat dars uchun emas, hayotimiz uchun kerak.

Suvning harorati, moddalar aralashganda nima bo‘lishi, issiqlik qanday hosil bo‘lishi — bularni o‘rganish kerak!

Maktabda bu fanlar zerikarli ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Lekin aslida ular juda qiziqarli. Ayniqsa, hayotda ishlatishga to‘g‘ri kelganda.

Aniq fanlarni o‘rganing.

Aks holda, aniq kuyasiz

@axror_rahmonov_blog
Knowledge Base/ Bilimlar bazasi

Bilganlaringizni yozishni foydali bir tarafi uni tezda topa olishdir.

Qayta qayta bilganlaringizni ko’raversangiz uni yaxshiroq tushinishga olib keladi.

Yaxshiroq tushinishingiz uchun esa, tezroq shu ma’lumotni topa bilishingiz kerak.

Qadimda bu og’izdan og’ziga o’tgan, keyin qoyalarga yozishgan, keyin papirusga yozish boshlangan, keyinchalik qog’zo, bloknot, kartoteka, va hozirga kelib elektron bloknotlar(notion, obsidian…)

Sekin asta ovoz orqali yozishlar, keyinchalik fikrlarni o’zi yetarli bo’lsa kerak.

Hullas, gap unda emas, gap bu ma’lumotlarni saqlash uchun muhit yaratishingiz kerak.

Ma’lumot kerak bo’lganda qayta kurs, kitob, va katta maqolalarni o’qib chiqmasligingiz uchun.

To’g’ri o’qish yaxshi, lekin olingan ma’lumotni qayta yana o’qib vaqt ketqazish kerak degani emas. Umr qisqa, boshqa ilmlarni olishda davom etishimiz kerak.

Yodimizdan ko’tariladi, shu payti osongina bu bilimni topib olish ishimizni ancha yengillashtiradi.

@axror_rahmonov_blog
Sehirli so’zlar bor, bilasizmi?

Ha, lug’atimizda bor-u, lekin doimiy hayotimizdan chiqib qolganday go’yo.

Shunday chiroyli iboralar borki, so’zimizni to’liq, odobimizni go’zal qiladi.

Ulardan ba’zilari:

- Labbay?! )
- Rahmat )
- Ho’p bo’ladi )
- Kechirasiz )
- Iltimos )
- Osh bo’lsin )
- Barakalla )
- Yordam kerakmi? )

Faqat tabassum va halimlik bilan aytsak bo’lgani.

@axror_rahmonov_blog

Ro’yxatdan qolib ketganlari bo’lsa, davom ettiring.
Qonimizni ko’paytiramiz

Ko’pchilikda bosh og’rig’i, boshi aylanishi bezovta qilsa, bu sabablaridan biri qon kamligidan bo’lar ekan.

Qon kamligi organizmda temir moddasi yaxshi ishlamayotkanligi, yokida bu modda kamligidan.

Oilam a’zosi uchun izlandim va buni barataraf qilish yo’llari qiyin emas ekan, shunchaki to’g’ri ovqatlanish, hayot tarzini biroz o’zgartirish zarur ekan.

1. Qon ko’paytirish uchun shu mahsulotlar:

Temir moddasi ko’p mahsulotlar:

- Go’sht;
- Jigar;
- Anor;
- Svekla;
- Tuhim sarig’i;
- Shpinat, brokolli.

Temir moddasini tezroq organizmga singishiga yordam beruvchi mahsulatolar:

- Apelsin, limon, kivi (Aminokislotaga boy)
- Karam (To’g’ralgan, sho’r qilingan)

Temir moddasini organizmga singishiga to’sqinlik qiladigan mahsulotlar:

- Sutli mahsulotlar (kalsiy temir moddasini singishiga to’sqinlik qiladi) ( sut, pishloq, yogurt)
- Choy va kofe ( Tanin moddasi bor)
- Kakao va shokolad
- Non
- Yong’oqlar va pistalar

2. Qo’shimchalar:

- mahsus dorilar (vrach ko’rigidan so’ng);

- Foliyevaya kislota (Vitamin b 9) va Vitamin b 12 - yangi qon hujayralarini shakllantirishda juda muhim.

3. Hayot tarzi:

- Ko’proq toza havo ( kislorod eritosidlani ishlab chiqarishga yordam beradi);

- Kuchli bo’lmagan sport ( yurish, yengil mashqlar);

- Sifatli uyqu.

@axror_rahmonov_blog
Katta hayotga ilk qadam

Alloh fazli ila, turmush qurish baxti berildi. Alloh turmushimizni barakali qilsin.

Bu dunyoda o’zimizdan keyin solih va soliha zurriyotlar, ibrat va sadaqai joriya qoldirib ketish niyatimizga Ar-Rohmanni O’zi yetqazsin.

Sizlar bilan ham bo’lishib qo’ygim keldi. Haqqimizga duo qilib qo’ysangiz, Alloh sizdan rozi bo’lsin.

05.05.25.

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Axror Rahmonov | Blog (𝐀𝐤𝐡𝐫𝐨𝐫)
Ulamolar aytishicha o’g’il bolaning baxti 4 narsada:

1. Keng hovli;
2. Yaxshi qo’shni;
3. Yaxshi Foydali markab;
4. Soliha ayol.

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Aziz Rahimov
Qisqa yozish, uzun yozishdan qiyinroq.

Kam gapirish, ko'p gapirishdan qiyinroq.
Tavakkal juda muhim

Uzoq vaqt ish qidirishdan ko’ra, ko’proq ish o’rganishga sarflagan bo’lar edim.

Qilmoqchi bo’lgan ishingizga kerakli bo’lgan hard va soft ko’nikmalar.

Nafsimiz balo. Doim yaxshirog’ini hohlayveradi, lekin yaxshirog’i kelmasligi mumkun.

Hali siz ish tanlaydigan darajaga chiqmadingizmi, LinkedIn da o'tirib qaysi yaxshiroq taklif berar ekan deb kutmang. Vaqtingizni yo'qotayabsiz.

Hayotimizda tavakkal qilish juda muhim. Hattoki, juftingizni tanlayotkaningizda ham tavakkal qilasiz.

Hamma narsa ham siz hohlaganingizday bo'lavermaydi. Maqsad emas, yo'lga chiqish muhim, balki yo'lda maqsadingiz umuman o'zgarar. Bu yomon emas.

Korporativ olamda ham shunday, sizga taklif qilingan ishdan qochmang, yaxshirog'ini kutmang.

Sizga yaxshi ko’ringani, lekin sizga hayrlisi degani emas.

Oddiy bo’lsinu, lekin hayrliroq bo’lsin:

- Yaxshilik
- Ibodat
- O’sish va maqsad
- Halollik
- Rostgo’ylik

Mana shulardan to’smasin.

@axror_rahmonov_blog
Ilm iymonga da'vat qiladi

Safsata gaplar bor: ilmi ko'paygan insonda dinsizlik ortadi degan.

Aslida ilm hechqachon hudosizlikka olib bormagan.

Pastorshunday deydi: "Iymon hech qanday taraqqiyotga to'sqinlik qilmaydi, chunki har bir taraqqiyot xudoning yaratgan narsalaridagi ajoyibotlarni ochib beradi. Agar men bugun kechagidan ko'ra ilmliroq bo'lsam, Allohga bo'lgan ishonnchim ortib boradi.»

Kimyogar olim, Vitos: " Agar men iymonim biroz bo'lsada sustlashganini sezib qolsam, uni quvvatlash uchun Fanlar akademiyasiga shoshilaman"

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Hadid books | 📚 (Haytboy Iskandarov)
Ilmning qadri

Kim dunyoni istasa, tijorat qilsin,
Kim oxiratni istasa, zuhd qilsin,
Kim har ikkisini istasa, ilm o‘qisin.


📚|@hadid_books
Forwarded from Elyorbek Muhammad
Erkaklar doim shoshiladi:
“Oilam uchun jonimni ham beraman” deb aytishga,

Ammo savol boshqa…
Jon berishga tayyorsan — yashashga-chi?

— Ular uchun har kuni mashq qilarmiding?
— Ular uchun sog’lom ovqatlanarmiding?
— Ular uchun kechasi telefon o’rniga erta uxlab, erta uyg‘onarmiding?
— Ular uchun maqsadlaring ortidan quvarmiding?
— Ular uchun dangasalikni, zararli odatlaringni tashlarmiding?

Gap qurbon bo‘lishda emas.
Gap ular uchun tirik, sog‘lom, kerakli (suyanchiq) bo‘lib yashashda.
O’zgartimoqchi bo’lsak, o’zgaraylik

Bir ish o’zimda xatoligini bildim. Ijtimoiy tarmoqlarda ibratli videolar bo’lsa do’stimga, ukamga-singlimga, ayolimga tashlar ekanman.

Go’yoki, mana ko’r, shunga o’xsha, o’rnak ol, o’zgar deganday.

O’zimga ham tashlab turishar ekan. Sen ham shunday bo’lgin degan maqsadda.

Katta ehtimol bilan unday videolarni o’tqazib yuboraman, katta e’tibor qaratmayman.

Demak, men qilganda ham huddi shunday reaksiya bildirishsa kerak.

Lekin undan ham yomoni, bu bir insonni boshqa inson bilan taqqoslab qo’yganimiz bo’lsa kerak.

Bilib qo’ying, har qanday munosabatlarni buzadigan eng yomon narsa bu kimdur bilan uni taqqoslash bo’ladi. Hoh u ayolingiz, farzandingiz, ukangi, singlingiz yoki boshqalar bo’lsin.

Yana bir tarafdan esa, bir insondan shunday bo’lishini kutishimizga olib keladi. Ishoning kutuvlar insonni baxtsiz qiladi. Kutuvlarni minimallashtiring.

Qanday o’zgartiramiz? O’zimiz ko’rsatibgina, o’zimiz o’zgaribgina.

Video tashlab o’rnak bo’lsin demang, baribir u inson o’zgarmaydi, siz bilan munosabati yomonlashishi mumkun.

@axror_rahmonov_blog
Esiz-esiz bolalikni qoldirib ortda,
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
Qoldirib, qoldirmay iz bu hayotda,
Umr o‘tmoqdadir daryo misoli.

Keksalik mo‘ralab eshik qoqmoqda,
Bolalik boshqatdan qaytarilmoqda,
Bizdan erta kunga nelar qolmoqda?
Umr o‘tmoqdadir daryo misol.

Hayotimiz uchun nima qilmoqdamiz?
Asl qurbonlik - nafsni qurbon qilish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon Hayiti muborak, azizlar )

Alloh qilgan duolaringizni qabul qilsin, oilangizga tinchlik, hayotingizga baraka bersin. Har bir kuningiz hayitdek fayzli va iliq o‘tsin!