Axror Rahmonov | Blog
222 subscribers
110 photos
26 videos
3 files
172 links
Bir yoshning Ilm olish va tarqatish yo’lidagi harakatlari.

- O’rganaman, amal qilaman, yozaman, o’rgataman.
Download Telegram
Forwarded from Cheksizlik
Hayotda endi , nima ham deymiz 😅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Aziz Rahimov
6 yoshida boyish haqida YouTubeda videolar ko’ra boshlaydi.

7 yoshida quyon boqishni boshlab, fermaga aylantiradi.

8 yoshida daromadiga qo’shnisining mashinasini sotib oladi.

9 yoshida o’z puliga 40 sotix yer sotib olib, fermasiga echkilarni ham qo’shadi.

10 yoshida eski uy sotib oladi. YouTubedan o’rganib o’zi ta’mirlab chiqadi. To’rt barobar qimmatiga xaridor chiqadi.

12 yoshida qishlog’idagi suv yo’qolib borish muammosini hal qilishga kirishadi.

14 yoshida kitob yozadi. O’qib tugatdim. Qiziqarli.

Bu yutuqlarga asosiy sabab qilib, ota-onasinig puli yo’q nogironlar bo’lgani va qiladigan ishlarida unga ishonishganini aytib o’tadi.

Bu Cole Summers hikoyasi edi.

Oladigan darsimiz:

Ota-onaning ishonchi qanot bo’ladi. Har qanday cheklovlarni kesib chiqishga yordam beradi.
Forwarded from Tajribalar daftari
Hozir foydalan, keyin to’la.

Xabarim bor. Bu kapitalizmning bir qismi. Rivojlanish belgisi.

Lekin, kredit, bo’lib to’lash va qarzga “o’tirish” bilan inson hech qachon moliyaviy erkinlikni his qila olmaydi.

Oxirgi payt onlayn marketpleyslar, bo’lib to’lashlar, kreditlarga bo’layotgan propaganda avjiga chiqdi.

Shaxsan menda “Iste’mol madaniyati” yaxshi shakillanmagan.

Oldin mashina olib “status”ni ko’tarishning yagona yo’li bu ishlab pul yig’ish va mashaqqat edi.

Hozir ID bilan borib, 30 yilga bo’lib to’lashga olsa bo’ladi.

Oldin iphone olish uchun yaxshi pul topishing kerak edi.

Hozir borsang bo’ldi. Berib yuborishadi. Bo’lib to’layverasan.

Oldin birdaniga kattaroq pul kerak bo’lib qolsa, qarz so’rab yalinar eding.

Hozir 5 daqiqada $1000 mikro qarz olish muammo emas.

Oldin kiyim olishing, qorin to’ydirishing uchun mehnat qilishing kerak edi.

Hozir ovqatni yeb olib puling bo’lganda to’lab qo’yaverasan.

Bularni oldin ko’rmagan men nima qilyapman?

Ko’zim to’yguncha iste’mol qilyapman. Bu dunyoga bir marta kelaman, men ham odamlarga o’xshab yeb olish haqida o’ylayapman.

Eng yomon harajat, qo’lingda bo’lmagan pul uchun qilingan harajat.

“Iste’mol madaniyati”ni shakillantirmas ekanman, qarzdan qarzga yashashda davom etaman.
Axror Rahmonov | Blog
Kalloriya tanqisligi (Davomi) Ozish uchun: Suv ko‘p ichish kerak, Foydali ovqatlar yeyish kerak, Protein yetarli bo‘lishi kerak, Sport qilish kerak, Kam ovqat yeyish kerak. Lekin, hammasi foydasiz, agar kaloriyaviy tanqislik bo‘lmasa! [1] Avval kaloriyani…
5 kg tarvuz ~ 1500 kkal(30kkal 100gramga)

5 kg yong’oq ~ 32 500 kkal( 650kkal 100gramga)

Yong’oq 21,5 karra kalloriyaviyroq.

Birinchisi 1 kunlik kalloriya ketqazishga to’g’ri kelmasa,

Ikkinchisi esa 2 hafta bemalol to’ydiradi.
Ishlarimizni networking hal qilolmaydi

Qiziqarli va kerakli inson bo’lsangiz tanish-bilish o’zi kelaveradi. Sizga hozircha qoladigani o’zingizni ustingizda ishlash.

Qizqarli bo’lish uchun ko’proq o’rganish kerak > kitoblar, kurslar, sohadan tashqari bo’lgan yo’nalishlar.

Kerakli bo’lish uchun kasbingizda mutahassisi bo’ling, kasbingizni atrofidagi yo’nalishlarni ham tushuning.

To’g’ri networking muhim, lekin unga erishish yo’lida hamma narsaga tayyor bo’lish yomon.

Networking orqali ishlarni hal qilaman deyish yomon, ishlarimizni Alloh hal qiladi.

Networkingga intilish kerak emas, networking o’zi hosil bo’lgani yaxshi. [1]

Shunchaki yaxshi suhbatdosh bo’ling.

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Elyorbek Muhammad
Raqib

Boshqalar bilan chidamli bo’l, o’zingga esa chidamsiz.

Boshqalardan hech nima kutma, o’zingdan esa har narsani kut.

Boshqalardan emas, eng ko’p o’zingdan ehtiyot bo’l.

Chunki senga eng ko’p nohaqlik, dushmanlik o’zingdan - nafsingdan keladi.

Boshqalarning vaziyatini, imkoniyatlarini bilmaysan. Lekin o’zingniki o’zingga ma’lum.

Demak raqobat qilishga eng munosib inson bu faqat o’zing.
Nimagadur erishish uchun nimadandur kechish kerak.

Jon kuydurmasang jonona qayda.

Mehnat - mehnatni tagi rohat.

Erkak sevilish uchun doim to’laydi:

Umri, vaqti, asabi, kuchi, uyqusizlik, rohatdan kechish, mehnati.


@axror_rahmonov_blog
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Ramazon hayiti muborak bo’lsin, Azizlarim😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Aziz Rahimov
Ramazon hayiti boshqacha kun.

Bu kun siz albatta yoshlikni eslaysiz. Necha yosh bo’lsangiz ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, kelin-salom, hamma hammasi yoshlikni eslatadi.

Bu kun siz kunni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o’tkazasiz.

Bu kun sizga yaqin va uzoq insonlarni ajratib olasiz. Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi.

Bu kun siz aslida qancha qarindoshingiz borligini bilib oladigan kun.

Bu kun sizni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko’rmaysiz.

Bu kun biron narsa yeyishdan oldin, har safar ikkilanib, o’zingizdan "Ro'zamasmidim o'zi? " deb so'raydigan kun. 😊

Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Ramazon hayitini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do’stlar!
Eshitma!

E’tibor beirng. Ramzonda nafaqat taomlanish, yomon gap, so’z, g’iybatlardan, balki kerak bo’lmagan narsalarni eshitishdan ham tarbiyalanamiz.

G’iyabt eshitdingizmi, uni gapirishga moyil ham bo’laverasiz.

Ikki inson sirini eshitdingizmi, sir boy berasiz.

Yolg’onchini yolg’onini eshitib yuravering, siz ham yolg’on gapiradigan bo’p qolasiz.

Sokinuvchi insonni gaplarini oson eshitavering, oson so’kinadigan bo’lib qolasiz.

Chunki oson eshitgan, oson gapiradi.

Bu shunday qonun, va hamma joyda hammaga ishlaydi.

O’zimizni eshitishga qo’yib berdikmi, eshitganimizga o’xshab qolamiz.

Faqat ramazonda quloqlarni tiymang, buni hayotiy tamoyillingizga aylantiring.

@axror_rahmonov_blog
Turmush qurishdan oldin ikki ko’zingni katta och, turmush qurganingdan so’ng bittasini yum.

@axror_mini
Halolda ham pul ko’p
Halollik

Halolda halovat bor,

Halol foydadan ustun,

Halolda ham pul ko’p,

Halollik Yaratganni buyrug’i,

Halol inson — og‘ir paytda ham tik turadi,

Halol mehnat kech bo‘lsa ham, barakali bo‘ladi,

Halol odamga ishonch baland bo‘ladi,

Halollik bu — oriyat, vijdon, imon nuri,

Halol rizq — farzandga tarbiya, qalbga nur bo‘ladi,

Halollik — eng katta boylik.

2:168

@axror_rahmonov_blog
Asabni asrang, shakarni kamaytiring

Oxirgi 1-2 yildan buyon shakarli mahsulotlardan maksimal tiyilishga harakat qilaman.

Istisnolar va intizomsizliklar bo’ladi albatta. Ba’zida hohlab, ba’zida hohlamay.

Lekin bir narsani o’zimda angladimki, asabiylashsam shirinlikni ongsiz ravishta yer ekanman.

Asab buzilishi = stress.

Shirinlik yeyish → organizmda dopamin va serotonin kabi "baxt gormonlari" ajraladi. Bu moddalar vaqtincha kayfiyatni ko‘taradi, stressni bosadi.

Hulosa shuki, ko’p asabiylashadigan odamlar, shu sababdan balki tezroq semirib ketar, balki boshqalarga qaraganda qandli diabet kasaliga uchrash ehtimoli ortib ketar.

Shunchaki yozgim keldi, shunchaki kuzatuv.

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Ali Kasimov
Не смогли мы стать тем, как нас видят люди на самом деле.

Ps: Речь и обо мне и всех!
Forwarded from I Love Supersport Tashkent (Владелец)
Azizlar, hammaga xayrli kech!

Ertaga bizni katta sport bayrami kutmoqda — Tashkent International Marathon 2025! 💪😃👍

Kimdir ilk bor 10 km yuguradi, kimdir birinchi yarim marafonini, kimdir esa to‘liq marafonni bosib o‘tadi. Kimdir esa bularning hammasini allaqachon o‘zlashtirgan. Sizlar bilan muhim maslahatlarimni bo‘lishmoqchiman — qanday tayyorlanish, nima yeyish va qanday yurish kerakligi haqida.



Startga tayyorgarlik
Yugurishga tayyor holda keling, ortiqcha kiyimlarsiz.
Saqlash kamerasi oldida navbat bo‘ladi, vaqt yo‘qotasiz.
• Kechqurun, to‘liq marafonni yugurayotganlar, bitta shippuchiy aspirin iching — qon aylanishini yaxshilaydi va issiq havoga chidashga yordam beradi.



Ovqatlanish 2-3 soat oldin.
Oddiy nonushta qiling, ko‘proq uglevodlarga e’tibor bering.
Startgacha hojatxonaga kiring, bu ishni oxirga qoldirmang.
• O‘zingiz bilan oling:
Izotonik gel (energiya geli emas!),
Tuzli tabletka (1000 mg — har soatda),
Ibuprofen (kapsula holida — og‘riq bo‘lsa),
Bir necha chimdim tuz, agar tabletkangiz bo‘lmasa,
Nam salfetkalar. ( xojat uchun)



Yugurish vaqtida
Birinchi 60 daqiqa hech narsa yemang.
• Bir soatdan keyin — 1 gel + 1 tuzli tabletka.
• Keyin — har 20–30 daqiqada 1 ta gel, suvni esa alohida iching.
• Izotonik ichimlikni — suv bilan navbatma-navbat iching.
35 km dan keyinkofeinli gel yoki espresso ichishingiz mumkin — oxirgi bosqichda kuch beradi.
Aerob zonada yuguring (yurak urishi 145–155, maksimum 160). Tez boshlamang! 2- va 3-zonada yugurish eng maqbul.



Jihozlar
Yangi hech narsa kiymang! Faqat tekshirilgan poyabzal, kiyim va paypoq.
Ko‘krak uchini plaster bilsn yopishtiring va oyoq orasini — shilinishga qarshi krem antichamous krem bilan suring.



Finishdan keyin
• Shakerga — suv + BCAA + oqsil (ortiqcha stimulyatorsiz) soling.
• Tiklanish juda muhim!



Hammaga a’lo kayfiyat tilayman!
Ertalab start oldida uchrashamiz, birgalikda mashq qilamiz va umumiy suratga tushamiz.
Savollar bo‘lsa — bemalol yozing, mamnuniyat bilan javob beraman.

Keyingi haftaning rejasini kechroq yuboraman.

Faqat olgʻa, I Love Supersport! 💪😃👍🏃🏻‍♂️🎉🥳
Ertaga Toshkent Marafoni!

O’zimga 21km yuguraman deb va’da qilgan edim, bu birinchi marotaba, ertag Alloh fazli ila buni ham ortda qoldiramiz, in shaa Allah.

Tepada qoldirgan ma’lumot,10km, 21km,42km yugurayotkan bo’lsangiz sizga albatta yordam beradi.

Marafonda ko’rishguncha.
Birinchi 21

Bugun, umridagi birinchi yarim marafon(21km), Alloh fazli ila bosib o’tdim.

Ustozlar, jamoadoshlar, do’sltar, tanishlar, barcha barchalarini ko’rishga imkon bo’ldi.

Yarim marafonni, 3 soat-u 15 daqiqada yugurib o’tdim, zo’r natija emas, lekin o’zim uchun bu eng zo’ri.

Avvallari 12km dan ko’p yugura olmasdim, mahsus yugurish mashg’ulotlarini boshlagunimcha.

Bu natijani endi, har marafon musobaqalarida yaxshilab boramiz )

@axror_rahmonov_blog

13.04.25
Forwarded from Aziz Rahimov
“ChatGPT savollarimga javob berib tursa, tarjimalar qilib bersa, nega ingliz tilini o‘rganishim kerak?” so‘rab qoldi 10 yashar qizcha.

Otalari nima deb javob berishni bilmabdilar.

Kalkulyator sotuvga chiqqaniga yuz yildan oshdi. Matematika o‘qishni to‘xtatmadik. Faqat kuchaytirdik.

Matematika kalkulyator o‘rnini bosish uchun o‘rganilmaydi. Matematika fikrlashni charxlaydi.

Til ham tarjima uchun o‘rganilmaydi.

1. Tilni o‘rganish o‘sha muhitga tushish degani. O‘sha til egalaridek o‘ylay olish degani. Ya’ni yangi dunyoqarash.

2. Mehnati bilan til sertifikati olgan, boshqa ishlarni ham qilishi osonlashadi. Universitetlar bekorga shu sertifikatlarga qarab grantlar bermaydi.

3. Til biladigan odam o‘sha chatni bir necha barobar yaxshiroq ishlata oladi. Matematikani bilgan kalkulyatorni yaxshiroq ishlatgani kabi.

Kunning oxirida hassa bilan yoki o‘zi yurish hammaning shaxsiy tanlovi. Faqat hassa bilan qanchalik uzoqqa borsa bo'ladi?

Yana ustiga Gyote ham aytgandi: birorta chet tilini bilmagan, o‘z tilini ham bilmabdi.