Axror Rahmonov | Blog
226 subscribers
110 photos
26 videos
3 files
172 links
Bir yoshning Ilm olish va tarqatish yo’lidagi harakatlari.

- O’rganaman, amal qilaman, yozaman, o’rgataman.
Download Telegram
Yer odatdagian biroz tezroq aylansa ham sekinroq aylansa ham yer yuzi vayron bo’ladi.

Hammasini o’z meyorida va muvozanatida qilib qo’ygan Al-Musavvir ga hamd va sanolar bo’lsin.
Gapdonlar bor yerda, bilimdonlar eshitilmagan.
Miyani bo’shat

Miyamiz mayda-chuyda narsalarni eslab qolish uchun emas, bizga miyamiz tafakkur qilishga berilgan. - David Allen

Shu sababdan, deep think, yozish juda muhim.

Deep think orqali, o’zingizni qiynayotkan narsalarni o’ylab maromiga yetqazsangiz.

Yozish orqali miyangizdan chiqarib yuborasiz.

Aytgancha, bir inson: « Yozib olish mumkun bo’lgan joyda, eslab qolish umuman kerak emas», degan edi.

Ma’lumotlarni hammasi, doimiy xotirada emas, operativ xotirada saqlanadi. Bir vaqtni o’zida bu xotira 5-7 topshiriqni eslab turar ekan. Undan oshib ketadigan bo’lsa, stress chaqirishni boshlaydi.

Aslida miyaga yuk berib turish kerak, lekin eslab qolish orqali emas, balki o’ylash, tafakkur qilish, kitob o’qish, kurs ko’rish, intellektual chidamliylik orqali(marafon, hiking…).

Ma’lumot oson topiladigan zamonda uni eslab qolish uchun vaqt ketqazadiganlar umuman tushunmayman, 2 sekundda buni topish mumkun bo’lganda, eslayman deb daqiqalarni yo’qotayabmiz.

Miyani tafakkur qilishga o’rgataylik, miyani bo’shataylik.

@axror_rahmonov_blog

Batafsil
Hammasi tomom deganingda, boshqattan boshla.
Pulimiz kam bo’lishi bu yomon emas, yomoni barakasi bo’lmasligi.

Pulingiz ko’p bo’lmasligi bu sizga yaxshi bir darak bo’lishi mumkun - Alloh haddingizdan oshib ketmasligingizni hohlayabti. Shuro, 27.

U O’zi hohlaganida va siz tayyor bo’lganingizda rizqingnizni keng qilur yoki boriga yanada ko’proq baraka berur, in shaa Allah.

@axror_rahmonov_blog
Tavba qilinsa va u ish Shirk bo’lmasa, barcha gunohlar kechiriladi degan kayfiyatda bo’lish bizga yarashadi.

Yaxshiliklar esa yomonliklarni ketqazadi, gunohlarni yuvadi.

Dunyoni yomonliklarga to’ldirib tashlab, Undan tavba qilib so’rang, Uning O’zi o’ta mag’firatlidir, o’ta rahmlidir. Noumid bo’lish shaytondan.

Istig’for aytaylik.

Niso, 110; Oli Imron, 135-136; Zumar, 53; Hud, 114, Tavba, 102.
Shijoat qiyinchiliklarga, iffat shahvatlarga, halimlik esa achchiqni chiqaruvchi ko’pgina narsalarga sabr qilishdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Elyorbek Muhammad
Qalb o’zgaruvchan, hayot bir tekis ketmaydi. Ba’zida dangasalik, g’aflat insonni qamrab oladi, ishtiyoq kamayadi.

Oxirgi paytlar anglab yetayotganim shunaqa paytlarda u qanchalik tez o’zini tiklab oladi, yoki bu g’aflat qancha uzoqqa cho’ziladi.

Demak, asl kuch, iroda ham shunda bilinsa kerak. Maqsad xato qilmaslik emas, undan qanchalik tez qaytishda…

Ma'lum bir xatoni qilishdan to’xtash, g’aflatdan chiqishni eng tez usullari esa duo, zikr, tilovat, yolg'izlikda tafakkur ekan.
Har qanday vaziyatda seni qora ro’yxatga qo’shmaydigan inson- ota-onang.

Boymisan, kambag’almisan?

Egrimisan, to’g’rimisan?

Balandmisan, pasdmisan?

Ularga, dilbandsan.
Ashyo - nazarimiz olguvchi ko’zgu,
Asmo zikri ertak tinglamoqdir bu.
Barchasi insondan qochirar yiroq,
Asli inson bo’lmoq o’zni bilmoq-ku!

-Bedil.
Forwarded from Premium fikrlar
“Inson go‘zalligining yarmi tilida, yarmi esa aqlidadir”

@premiumfikrlar
Forwarded from Axror Rahmonov | Blog
Ayb o’zimda

Kechirim so’rash va kechirimli bo’lish bu juda qiyin va muhim bo’lgan ko’nikma deb yurar edim.

Aslida undan ham muhimi aybini tan ola bilish ekan.

Inson kechirim so’rab, lekin aybini tan olmagan bo’lishi mumkun. Kechirim so’rashi mumkun, shunchaki bir insonni hafa qilib qo’ymaslik uchun, o’ziga ozor yetmaslik uchun.

Lekin o’zi ayb qilib olganini tan olish bu ham bir ko’nikma.

Aybdor inson, bir necha daqiqa oldin, o’zi to’g’ri deb turgan narsaga qarshi chiqishiga to’g’ri keladi. Buni tushunishi uchun esa tafakkur, tahlil, kibrni sindirish kerak bo’larkan.

Buni tushunishimga bir ustoz inson turtki bo’ldi. Boshqalardan emas doim o’zidan xato qidiradi:

- Kelgandim, boshqa filiallar ham bormi?

-Ming bor uzr … aka, lokatsia tashlamagan ekanman, boshqa filiallari ham bor edi.

- Ha ayb o’zimda guruhda yozilgan ekanku.


Shu joyda «sen lokatsia tashlaganingda, men o’z vaqtiga aytilgan joyga yetib borar edim», deyishi ham mumkun edi.

Xotiniga barvaqt turg’azmaganlikda baqirib ketdi. Ayb o’zi kabi uhlab qolgan xotindami? Yoki budilnik qo’ymay uhlab qolgan yoki erta uhlamagan o’zidami?

Aybni birovdan emas, o’zingdan qidir.

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Abdulaziz Jalilov | Blog
Qaysi qimmatroq?

Qarindoshimiz korxonada ishlaydi, yillik aylanmasi ~2 mln €

Korxona egasining bo’sh vaqti yo’q. O’nlab qo’ng’iroqlar suhbatni tuzuk-quruq qilmaydi.

5 yil oldin yuragiga stent qo’ydirgan. O’tgan yili almashtiribdi.

Oldingi hafta og’rib, yotib qolgan. Shifokorlar ishni kamaytirishni qattiq ta’kidlashibdi.

Ammo, kechagi tun ham kompaniyaning oxirgi chiroqlarini boshliq o’chirgan.

“Ishlarni hodimlarga aytgandan ko’ra o’zim qilaman” deyish uning odati. Sababi pulni tejash ekan.

Shu ishga sarflagan har soatiga hodimga 25-30€ to’lashdan qochib, o’zining +50€ turadigan soatlarini qurbon qilishini bilmaydi deysizmi?

Yana ba’zi nemislar o’nlab ming yevro oyiga topsa ham, sartaroshdan pulni tejab, bormay qo’yaqolarkan.

Har 5taning 1tasi farzandsiz bo’lgan Olmoniyada, bola menga qimmatga tushadi deydiganlarni eshitib hayron ham qolasiz.

Umrni ishga tikib yuborish o’ta arzondir.

Boshqalarga qoldirib ketadigan mol-dunyo uchun barcha narsadan kechish arzimasdir.

Sog’liq, oila, ish, do’stlar va maqsadlar orasida balansni ushlash mazmunliroq hayotga qadamlardan.

@Abdulaziz_myBlog
Муҳаббатсиз ва маҳоратсиз қилаётган ишингиз – наридан бери иш.

Муҳаббат билан, аммо етарли маҳоратга эга бўлмай қилаётган ишингиз – шунчаки хобби, кўнгил учун бир юмуш.

Муҳаббатсиз, аммо етарлича маҳорат билан қилаётган ишингиз – тирикчилик ғамидаги иш.

Муҳаббат ва маҳорат билан қилаётган ишингиз – асл санъатдир.
Noshukurlik

O’zim hechqachon hohlamagan yo’lda yurishga majbur qildi Hayot, deydi bir inson.

Yashagani uyi, uzog’ini yaqin qiladigan avtomabili, yeganini noni, sevuvchi oilasi, eng asosiysi to’rt muchasi sog’ bir inson.

Yanada ko’prog’ini hohlar balki, lekin hozirgi boriga qanoat qilmaslik - noshukurlik bo’lsa kerak.

Hayotning qaysi etapida bunday holga kelib qoldik?

O’ylamanki, buni hammasi solishtiruvlardan bo’lsa kerak.

Solishtirish juda oson bo’lib qoldi, buning uchun instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga boqib qo’ysangiz bo’lgani. Hamma baxtli.

Baxtli insonlar aslida baxtini ko’rsatmaydiganlar, ularga buni ko’rsatish shart emas, vaqti ham yo’q. Soxta baxtini ko’rsatayotkanlar esa buni hammasini prosmotr, pul topish uchun qilishsa kerak, samimiyat yo’q.

Solishtirish kerak bo’lgan soha faqat ilm bo’lishi kerak aslida.

Qolgani shunchaki noshukurlik.

@axror_rahmonov_blog
«Albatta, amallar niyatlarga bog’liqdir».

«Birortangiz toki o’zi yaxshi ko’rgan narsani birodariga ham yaxshi ko’rmaguncha mo’min bo’la olmaydi».

«Kishi Islomning husni o’zi uchun behuda narsalarni tarq qilishidadir».

«Albatta, halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir».

Shu to’rtta hadis inson dini uchun kifoya ekan.
+1

Kimdur turmush qursa -1?

Aslida +1 emasmi?

Yana bir iymonini to’liqlagan,

ma’suliyat olgan,

sunnatga ergashgan,

hayollarini joyiga qo’yib olgan inson…

- ko’rolmadim. Aslida uyalanmaganlar - da😅.

@axror_rahmonov_blog
To’g’ri savol

Nima uchun savoli muhim. Qanday keyin keladi. Nima eng oxirida.

Nima uchun - Ishonch, orzu, istaklar.

Qanday - Istaklaringizni amalga oshirish uchun harakatlar.

Nima - harakatlaringiz mahsuli.

Nima uchun bilmasangiz katta ishlar qila olmaysiz.

SpaceX’dagi mashhur voqealardan biri. Farroshdan so‘rashadi:
"Siz bu yerda nima qilasiz?"

Javobi:
"Men odamlarni Marsga uchirishga yordam beryapman."

Simon Sinekaning «Начни с зачем» kitobidan parcha:

Apple:

Что бы мы ни делали, мы бросаем вызов привычному. Мы предлагаем другой образ мысли. Мы бросаем вызов, создавая красивые, простые и удобные продукты. И мы делаем прекрасные компьютеры. Не желаете купить один из них?

То, ЧТО они делают – любые продукты, от компьютеров до мелкой электроники, – больше не самоцель, а материальное воплощение их убеждений.

@axror_rahmonov_blog
Forwarded from Aziz Rahimov
Ishga yondashuvda ikki xil odamni koʻrdim.

Birinchi toifa qabul qiluvchi rozi boʻladigan darajada ishini bitiradi. Qabul qiluvchi menejer, rahbar, mijoz, xalq boʻlishi mumkin.

Ikkinchi toifa oʻz vijdoni rozi boʻladigan darajada ishini bitiradi. Bu perfektionism emas. Qila oladiganining maksimumini qilish. Istagining emas.

Birinchi toifa ishni yuzaki bajaradi. Gap eshitmaydigan darajada qiladi. Haydalmaslik darajasida topshiradi.

Ikkinchi toifaning qabul qiluvchidan uncha qoʻrqmaydi. Chunki oʻz vijdoni koʻproq qiynaydi. Uning belgisi – ishdan tashqarida ham rivojlanayotgan, izlanayotgan boʻladi.

Birinchi toifaning ancha vaqti ortib qoladi. Faqat, oʻsha vaqtini serial, reels va oʻyinlarga sarf qilib yuboradi baribir.

Mayli. Ozgina vaqt oʻtadi.

Ikkinchi toifa sohasidagi eng kerakli odamga aylanadi. Oʻzi mutaxassislar kam. Vijdonlisi esa qishdagi qulupnay kabi boʻladi. Qidirib topa olmaymiz. Topsak ham, pulimiz yetmaydi.