Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar va korxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida g‘alladan bo‘shagan maydondan otaliqqa olingan yoshlarga yer ajratish hamda ko‘makka muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, Rossiyaning “Leto” kompaniyasi tasischiligidagi “Bless S.R” MChJ  qo‘shma korxonasi tomonidan 200 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona, agrologistika markazi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Karam va piyoz mahsulotlari yetishtiruvchi yirik dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

"Navbahor" dehqon va chorva mollari bozoridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, majmuani zamonaviy ko‘rinishga keltirish, hududni obodonlashtirish, sotuv nuqtalarini zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqib taqdimot qilish vazifasi yuklandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2100

#Surxondaryo  #yoshlargayer  #LETO  #bozor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Qiziriq va Sherobod tumanlarida g‘alla o‘rimining borishi bilan tanishdi hamda ishsiz, otaliqqa olingan yoshlarga g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etdi.

Shuningdek, o‘rim-yig‘im tadbirlarida faol ishtirok etayotgan otryad rahbarlari va kombayn operatorlariga sovg‘alar topshrildi.

Tashrif yakunida “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2104

#Surxondaryo #galla2024 #yoshlargayer #chorvakompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi ishlarining borishi bilan tanishdi hamda ishsiz, daftarda turgan yoshlarga yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbirlarda g‘alla o‘rimida faol ishtirok etayotgan kombayn operatorlari va mexanizatorlarga viloyat hokimligining sovg‘alari ham topshirildi.

Tashrif yakunida Sho‘rchi tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Olatemir mahallasida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2113

#Surxondaryo #Galla2024 #yoshlargayer #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida g‘o‘za parvarishi, xususan, ozuqalash va sug‘orish hamda hozirgi issiq ob-havoda hosilni saqlab qolish, uni ko‘paytirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda hamda Qiziriq tumanida yoshlarga yer ajratish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2127

#Surxondaryo #seminar #Yoshlargayer #chorvachilikkompleks

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarining institut bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, “qizil” toifadagi yoshlarni mas’ullarga biriktirish va ular bilan amalga oshiriladigan kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Termiz tumanidagi “Asadbek Davlatov” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan maydonida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yoshlarga yer ajratish marosimi o‘tkazildi hamda onlayn shaklda tumanlar studiyalari orqali har bir hududdan 100 nafardan yoshga yer maydonlari ajratib berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2128

#Surxondaryo #Muhandislikinstitut #Korxonalar #hamkorlik #yoshlargayer

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X