Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va topshiriqlar ijrosi, ta’lim, tibbiyot maskanlari faoliyati hamda aholining dehqonchilik tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida chigit ekish ishlari, maktab, bog‘cha va “Muruvvat” uyi hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishildi. Aholining issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi. Oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tumanga tashrif yakunida “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1939

#Surxondaryo #chigitekish #maktab #bogcha #poliklinika #Muruvvatuyi #Zakovat

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun Sho‘rchi tumanida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida 89-sonli oilaviy poliklinikaning “Yorug‘lik” filiali uchun yangidan qurilgan bino foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tibbiyot maskaniga 10 ta elektroskuter, 10 ta planshet hamda kompyuter jamlanmalari, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ham berildi.

Viloyat rahbari “Elbayon” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi hamda xonadonlarda bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasini ko‘zdan kechirdi.

Tumanda, shuningdek, maktab-internatining 120 o‘rinli yotoqxonasi va sport zali hamda 150 o‘rinli bog‘cha binosi ham foydalanishga topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1981

#Surxondaryo #poliklinika #ochilishi #mahallayettiligi #maktabinternat #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrifi davomida “Bo‘yrapo‘sh” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi va 65-son Dashnobod OShP “Bo‘yrapo‘sh” filialining 100 qatnovga mo‘ljallangan binosining foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, Sariosiyo jamoat salomatligi texnikumida ta’lim va amaliyot jarayonlarining borishi bilan tanishilib, bo‘lajak o‘rta tibbiyot xodimlari bilan suhbat qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2013

#Surxondaryo #poliklinika #OShP #texnikum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘tgan yili Bandixon tumani Birdamlik mahallasiga tashrifida berilgan topshiriqqa asosan hududdagi tibbiyot maskanini yangidan qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Bosh vazirning Surxondaryoga tashrifida taqdimot qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 2,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi.

Bugun zamonaviy tipda qad rostlagan tibbiyot maskani yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi, nuroniylar, tibbiyot xodimlari, soha mas’ullari hamda faollar ishtirok etdi. So‘z olganlar Prezidentimizning aholi salomatligini ta’minlashga qaratayotgan e’tibori sabab Birdamlik mahallasi aholisi ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ta’kidlab, buning uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Tadbirda, shuningdek, tibbiyot maskanida “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish uchun kompyuter jamlanmalari, patronaj hamshiralariga elektroskuterlar va tibbiyot sumkalari ham topshirildi. Viloyat rahbari bu kabi yaratilgan sharoitlardan so‘ng, aholining tibbiy xizmatdan roziligini ta’minlash uchun shifokor va patronaj hamshiralari sidqidildan xizmat qilishlari lozimligini ta’kidladi.

#Surxondaryo #tibbiyot #poliklinika #yangibino

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida stomatologiya va oilaviy poliklinika binolarining ochilishi hamda ishsiz yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirish tadbirlarida ishtirok etdi.

Yoshlar ishlari agentligi shahar va tumanlar bo‘lim boshliqlarining faoliyati yuzasidan taqdimotlar bilan tanishildi. Shuningdek, tumandagi 36-sonli maktab sharoitlari ko‘zdan kechirilib, o‘quv binosini ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Hududlarga tashrif yakunida Bandixon tumanidagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Polvontosh mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sektor rahbarlari hamda “yettilik”ning hisobotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2115

#Surxondaryo #poliklinika #subsidiya #taqdimot #maktab #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X