Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, yangi loyihalar taqdimoti, ekoturizm maskani, qishloq xo‘jaligi yerlarini shudgorlash va ariqlarni betonlash, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish ishlarining borishi, “Yangi O‘zbekiston” massivida uy-joylar qurilishi va xonadonlarning isitilishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida tuman sektor rahbarlarining sohalarni raqamlashtirish, “IT” xizmatlar eksporti va boshqa masalalar yuzasidan hisobotlari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Mutasaddilarga tarmoq va sohalarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi vazifalar topshirildi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/blog/1768

#Surxondaryo #taqdimot #loyihalar #Manaviyatsektori #kommunal

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim muassasalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish konsepsiyasi loyihasi, uni amalga oshirish mexanizmlari va chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi.

“Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishning maqsad va vazifalari, uni oila va mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda yo‘lga qo‘yishning tashkiliy va uslubiy masalalari, amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilib, tegishli vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1844

#Surxondaryo #Manaviyatsektori #konsepsiya #mexanizmlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Termiz shahrida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, onlayn tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1999

#Surxondaryo #Seminar #Manaviyatsektori #Suxondaryotajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Maktablar uchun 100 ming dona kitoblar karvoni hududlarga yo‘l oldi

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan vohamizdagi maktablarga jami 100 ming dona kitoblar jamlanmalari ajratildi.

Yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, maktablarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan kitoblar bugun hududlarga yo‘ldi. Har bir maktabga berilayotgan jamlanmalardan ilmiy va badiiy kitoblar o‘rin olgan.

#Surxondaryo #kitoblarkarvoni #Manaviyatsektori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Kakaydi” qo‘rg‘onidagi harbiy qismda “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishib, viloyatdagi barcha mahallalarning Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, Qoraqursoq mahallasida avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2106

#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv #manaviyatsektori

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X