Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Unda ijro intizomi, tashriflarda belgilab berilgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosi, yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan hududlar va sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1752

#Surxondaryo #hokimliksoati #ijrointizomi #sarhisob

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab olish, berilgan topshiriqlar va dasturlar ijrosi, murojaatlarning hal etilishi hamda daraxtlar parvarishi borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hududlar, tarmoq va sohalar mutasaddilarining axborotlari tinglanib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Shunda so'ng, o'tkazilgan “Tadbirkorlar qabuli”da hududiy studiyalar orqali tadbirkorlarning muammo, murojaatlari hamda takliflari tinglandi hamda ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1767

#Surxondaryo #hokimliksoati #tadbirkorlarqabuli

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun navbatdagi “Hokimlik soati” muhokamasi o‘tkazildi. Unda topshiriqlar va dasturlar ijrosi, murojaatlarning hal etilishi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, “IT” sohasida korxonalar faoliyati va dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, budjet tushumlarini ta’minlash hamda Termiz shahridagi ko‘chalar bo‘ylab daraxt ko‘chatlari ekish ishlarining borishi masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan hududlar va sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/uz/blog/1783

#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama #ijrointizomi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi, tanlab olingan mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi, kunlik ko‘rsatkichlar tahlili ko‘rib chiqildi.

Hudud va sohalar rahbarlari olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdi. Mutasaddilarga ishlarni jonlantirish, tadbirlarni tizimli ravishda, bosqichma-bosqich amalga oshirish, viloyatda o‘z idorasiga ega bo‘lmagan 100 ta mahallada qurilish ishlarini davom ettirish vazifasi topshirildi.

Ayrim rahbarlarga faoliyatida o‘zgarish yasashi lozimligi ko‘rsatilib, oxirgi ogohlantirish berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1871

#Surxondaryo #hokimliksoati #mahalla #infratuzilma #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida joriy hafta avvalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi videoselektor tarzida o‘tkazildi.

Viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar hamda aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari, topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi tahlili ko‘rib chiqildi.

Masalalar yuzasidan sohalar, tarmoqlar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1925

#Surxondaryo #hokimliksoati #Ramazonoyi #Navruzbayrami

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ijro intizomi, tashriflar davomida berilgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosi, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish, “Hokim bog‘i” va “Yashil bog‘”lar tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” o‘tkazildi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokamada kun tartibidagi masalalar tahlil qilinib, markaziy va hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari, sohalar va tarmoqlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Hudud va tarmoqlar rahbarlariga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1963

#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Shahar va tumanlar kesimida sohalar bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar bajarilishi tahlili yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir tarmoqda amalga oshirilgan ishlar natijalari jamlanib, mas’ullar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlanib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi “Hokimlik soati”da ushbu ko‘rsatkichlarning aprel oyidagi ijrosi muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra oy davomida samarali faoliyat yuritgan mutasaddilarni rag‘batlantirish, “qizil” toifaga tushgan, oy davomida yomon ko‘rsatkichlarni muntazzam qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlar rahbarlariga qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, nogironligi bo‘lgan, uyda yotib qolgan keksalar hamda ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

#Surxondaryo #Hokimliksoati #tahlil #9may

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X