Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Ozarbayjon davlatidan vohamizga tashrif buyurgan “Tobus Bashtiyan Ltd” kompaniyasi rahbari Naig Mammadxasanov va “Kaspian kapital group” kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adalat Axunovni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmonlarga vohamizning investison salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilindi. Xususan, uzumchilik va vinochilik, “Omonoxona” va “Sangardak” hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya usulida hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.

Ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor va mamnun ekanliklarini qayd etishdi.

#Surxondaryo #Ozarbayjon #hamkorlik #TobusBashtiyanLtd #Kaspiankapitalgroup

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan yo‘l qurilishi loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Dastlab, avvalgi uchrashuvlarda kelishilgan loyihalarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilganligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.

#Surxondaryo  #Ozarbayjon  #uchrashuv  #muzokara  #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X