Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahridagi 7-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserida bo‘linib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1892

#Surxondaryo #taqdimot #KPI #universitet #maktab #dispanser

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi – ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash raisi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 19-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni va maktab sharoitlari bilan tanishdi. Mutasaddilarning Termiz shahridagi 26 ta maktabda Termiz davlat universiteti tajribasi asosida “KPI” tizimini joriy etish, ta’lim maskanlarini to‘liq kameralashtirish ishlarining borishi yuzasidan axborotlari tinglandi.

Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash maqsadida maktab direktori va o‘rinbosarlari bilan mahalla “yettiligi” hamda Milliy gvardiyaning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bunda ta’lim jarayonlari maktab tomonidan, o‘quvchilarni ta’limga jalb qilish mahalla “yettiligi” va Milliy gvardiya tomonidan amalga oshirilishi qayd etildi.

Shundan so‘ng, “Alpomish” mahallasidagi ko‘chalar bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga “yashil hudud”larni kengaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududda “AyTi” markazi tashkil etish vazifalari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1902

#Surxondaryo #maktabtalim #KPI #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter