Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 658 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

🔷 Angor tumanidan 209 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 231 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 681 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 922 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 286 ta (ko'rish)
🔷 Oltinsoy tumanidan 321 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 289 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 566 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 230 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 372 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 486 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 501 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 472 ta (ko'rish)
🔷 Termiz shahridan 92 ta (ko'rish)

❗️Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son, 05.04.2024 -y.) asosida savdoga chiqarilgan.

☎️ +99899 203 00 30 (Surxondaryo viloyati vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Sariosiyo tumanida bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlari va ko‘chki mavjud hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan FVDqT xizmatlari ishtirokida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘quv mashqida dastlab Sariosiyo tumanida tashkil etilgan mexanizatsiya yig‘ma komandasining maxsus muhandislik texnikalari va shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigida jami 60 ta muhandislik texnikalari va 227 nafar shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Ayni vaqtda tumandagi soy va daryolar, sel yo‘llari qirg‘oqlarini mustahkamlash, o‘zanlarini tozalash ishlari amalga oshirilmoqda hamda chiqarilayotgan qum-shag‘allar ichki yo‘llarni ta’mirlashga sarflanmoqda.

Maxsus taktik o‘quv mashqlar va amaliy ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrifi davomida “Bo‘yrapo‘sh” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi va 65-son Dashnobod OShP “Bo‘yrapo‘sh” filialining 100 qatnovga mo‘ljallangan binosining foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, Sariosiyo jamoat salomatligi texnikumida ta’lim va amaliyot jarayonlarining borishi bilan tanishilib, bo‘lajak o‘rta tibbiyot xodimlari bilan suhbat qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2013

#Surxondaryo #poliklinika #OShP #texnikum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida 4,6 mlrd so‘mlik loyiha asosida yangidan qurilgan 180 o‘rinli bog‘cha binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan tumandagi 18-sonli maktab faoliyati bilan tanishib, “Otalar yig‘ilishi”da qatnashishdi.

Tashrif davomida “Anorzor” kichik sanoat zonasida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2014

#Surxondaryo #bogcha #yangibino #maktab #Otalaryigilishi #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter