Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
29.5K photos
2.94K videos
1 file
13.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrifini Majnuntol va Dehqonariq mahallalarida davom ettirdi.

Xususan, avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatish faoliyati, aholi xonadonlarida “Sayxunobod” tajribasi asosidagi ishlar hamda boshqaruv servis kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha qilingan ishlar taqdimoti bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2142

#Surxondaryo #avtoservis #tadbirkorlik #BSK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Mehnat ulug‘laydi insonni, mehnat qilsa hech kim kam bo‘lmaydi!”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#cybermonth

Onlayn firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Ushbu videolavha orqali palstik kartangiz va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash bo‘yicha layfhaklar bilan tanishing!

Hurmatli fuqarolar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!

#stop_feyk_kiberjinoyatlar
〰️〰️〰️

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Muzrabot tumanida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Onlayn firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parij-2024: Olimpiada va paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan surxondaryolik sportchilar bilan tanishing!

Sportchilarimizga dunyoning eng nufuzli musobaqasida omadlar tilaymiz. Yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, Vatanga yorug‘ yuz bilan qaytishlariga tilakdoshmiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo bo‘ylab “Budda tur” turistik marshruti ishlab chiqildi

Surxon vohasi buddizmning ilk o‘choqlaridan sanaladi. Shu boisdan ko‘plab xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiyadan tashrif buyuruvchi turistlar aynan buddizm obidalari bilan tanishish maqsadida viloyatimizga sayohat qilishadi.

Xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish hamda ushbu yo‘nalishda turistlarni keng jalb qilish maqsadida Surxondaryodagi buddizm manzillari bo‘ylab “Budda tur – Buddha tour” turistik marshruti ishlab chiqildi.

Marshrutga kiritilgan obyektlar va yo‘nalish bilan ilova qilingan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanidagi qator obyektlar hamda taqdimotlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahrida maktab binosini mukammal ta’mirlash jarayonlari, zamonaviy chiqindi yig‘ish punkti faoliyati, At-Termiziy shoh ko‘chasining 2,7 km qismini to‘liq ta’mirlash hamda 300 o‘rinli tibbiyot klasterini tashkil etish ishlarining borishi o‘rganildi. “Zoom” platformasi orqali shahar va tumanlarda og‘ir hudud sifatida tanlab olingan 15 ta mahalla foydalanishga topshirildi.

Jarqo‘rg‘on tumanida avtoshohbekatda yangidan yo‘lga qo‘yilayotgan avtobus yo‘nalishlari taqdimoti hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2143

#Surxondaryo #qurilish #maktab #taqdimot #mahalla #jamoattransporti

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Olimpiyada va Paralimpiyada o‘yinlari ishtirokchilari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan 2024-yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilar bilan onlayn muloqot qildi.

Ayni damda yurtimizning turli hududlari va xorijiy davlatlarda o‘quv mashg‘ulotlarida bo‘lib turgan sportchilarimiz bilan o‘tkazilgan onlayn muloqot davomida viloyat rahbari tayyorgarlik jarayonlarining borishi haqida suhbatlashdi. Sportchilarimizga dunyoning eng nufuzli musobaqasida omadlar tiladi.

Ma’lumot uchun, Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida 5 nafar, XVII Paralimpiya o‘yinlarida 6 nafar surxondaryolik sportchilar ishtirok etishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X