Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
29.5K photos
2.94K videos
1 file
13.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida maktab, yo‘l, mahalla va tibbiyot klasteri qurilishi, Jarqo‘rg‘onda jamoat transporti va “Yangi O‘zbekiston” massividagi ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Uchta tumanda g‘o‘za parvarishi ishlarining borishi muhokama qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Sherobod va Bandixon tumanlarida bo‘lib, ishchi guruhlar tomonidan g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qildi.

Muhokamalar sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi. Hududlardagi ayrim dalalarda ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligi, o‘g‘itlash hamda agrotexnik tadbirlar muddatida bajarilmaganligi qayd etilib, mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslar bilan tavsiyalar berildi.

Viloyat rahbari har bir tumanda agrotexnik tadbirlar va o‘g‘itlash ishlarini muddatida bajarish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ishlarni sifatli tashkil etish vazifasini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Muzrabot, Sherobod va Bandixon tumanlarida g‘o‘za parvarishi ishlari o‘rganildi va fermerlar bilan muloqot qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov

Urunov Bahodir Ibatovich – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B. Urunov 1974-yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – kimyo.

Mehnat faoliyati davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda Tabiat resurslari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Manfaatli hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

Surxondaryoda Vengriyalik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🔓 Telegram profillaringizni himoyalang

Hozirgi kunda telegram profillarini har xil usullar orqali buzib kirish holatlari uchramoqda. Telegram profillaringizga kirib, sizda mavjud barcha kontaktlar va guruhlaringizga turli xildagi yolg‘on xabarlar ommaviy yuborilmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga amal qiling, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang.

❗️Mutaxassis tavsiyasi
〰️〰️〰️

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi - Cyber month Surkhandarya" doirasida Muzrabot va Boysun tumanlarida korxona tashkilotlar, savdo nuqtalari, jamoat joylari hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Targ‘ibotlar davomida onlayn firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilarga turli yo‘riqnomalar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📢 Hurmatli abituriyentlar, aziz ota-onalar!

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha alohida iqtidor talab qiluvchi taʼlim yoʻnalishlariga o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilib borilmoqda.

Imtihon natijalari shu kunning o‘zida 🔗 @terdu340 telegram kanali orqali e‘lon qilinmoqda.

❗️Firibgarlardan ogoh boʻling
Hurmatli abituriyent va ota-onalar pul evaziga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qiluvchi firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmang, ularga ishonmang!

📹 Imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn kuzatish uchun havola: http://imtihon.tersu.uz

🔍 Imtihon natijalarini kunlik bilib borish uchun havola: https://t.me/terdu340

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X