Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
30.4K photos
3.02K videos
1 file
13.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yosh tadbirkorlar bilan videokonfrensaloqa tarzida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Markaziy va hududiy studiyalar orqali uch mingdan ortiq yosh tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda kredit olish, imtiyoz va imkoniyatlar, soliq to‘lovlari tartiblari va boshqa masalalar yuzasidan markaziy va tijorat banklari mutasaddilari, Soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbarlari tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1858

#Surxondaryo #davrasuhbati #yoshtadbirkorlar #muloqot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan videokonfrensaloqa shaklida onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda ikki viloyat hududlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yetkazib berish, tog‘-kon, yengil sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Muloqot yakunida mutasaddi vakillar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma dastur va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

#Surxondaryo #Novosibirsk #muloqot #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X