Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, “Surxon” suv omborida vohamizdagi mavjud suv omborlari, o‘rmon xo‘jaliklari va davlat qo‘riqxonalari hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuskorlarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, “To‘maris” to‘yxonasida lider tadbirkor ayollar va ularning onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, “Mashhura” o‘quv markazida xotin-qizlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish masalalari muhokama qilindi. Yakunda g‘alla o‘rim-yig‘imi tadbirlarining borishi bilan ham tanishilib, sektorlar va otryad rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/2096

#Surxondaryo #ekoturizm #taqdimot #lidertadbirkorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X