Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
30.4K photos
3.02K videos
1 file
13.4K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlar hokimliklaridagi studiyalar orqali 1 ming 500 nafar fuqaro bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Dastlab, viloyat rahbari ishtirokchilarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan tabriklab, o‘tgan bir yil davomida aholi murojaatlarini hal etish, turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

#Qosimov #qabul #murojaatlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida jurnalist va blogerlar hamda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaatlar, muammoli masalalarning hal etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Masalalar ijrochilar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, yaratilgan sharoitlar hamda vohamizdagi geologik izlanishlar, mavjud salohiyatlar yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Shuningdek, institut binosida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari va oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish, targ‘ibot ishlarining borishi muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1886

#Surxondaryo #murojaatlar #institut #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Hududiy studiyalar orqali tadbirkorlarning kredit ajratish, olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi murojaatlari qabul qilinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1888

#Surxondaryo #tadbirkorlar #qabul #murojaatlar #yechim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlarining shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabuli o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2125

#Surxondaryo #Onlaynqabul #murojaatlar #ijro

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X