Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi, Termiz va Angor tumanlarida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2112

#Surxondaryo #tibbiyotklaster #mahalla #turarjoylar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlarga asosan vohamizning har bir hududidan tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish, tumanlarda energiya tejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylar massivlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.

Xususan, ushbu tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda tajriba tariqasida tashkil etilgan BSK faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, hududlarda elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutasaddilarining energotejamkorlik masalasida olib borayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2132

#Suxondaryo #massivlar #turarjoylar #BSK #qurilish #energotejamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida barpo etilayotgan obyektlarga tashrif buyurdi.

Xususan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo viloyati filiali binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari hamda maktablar uchun qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi bilan tanishildi.

➡️Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2212

#Surxondaryo #qurilish #turarjoylar #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM