Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy va Denov tumanlariga tashrif buyurib, “Xo‘jaipok” tumanlararo ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish korxonasi, “Hazarbog‘-Oqqapchig‘ay” kanallar tizimini qayta tiklash loyihasi, “Denov yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” hamda “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”ni tashkil etish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida Denov tumani “Navbahor” mahallasi “yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1907

#Surxondaryo #Xujaipok #HazarbogOqqapchigay #sanoatzonalari #mahallayettiligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif dasturiga ko‘ra mahalla “yettiligi”, korxonalar faoliyati, yangi loyihalar taqdimoti, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, ikkita mahalla “yettiligi”, tikuvchilik korxonasi, xususiy klinika hamda eshik va romlar ishlab chiqaruvchi “Imzo” franshiza fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, avtoshohbekat qurish loyihasi taqdimot qilindi.

Tashrif yakunida “Yangi O‘zbekiston” massivida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari ko‘zdan kechirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1921

#Surxondaryo #mahallayettiligi #klinika #aeroport #Imzo #qurilish #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari Qiziriq tumanida mahalla “yettiligi” faoliyati va aholining dehqonchilik tajribasi bilan tanishdi hamda yoshlar bilan uchrashib, ularga yer maydonlari ajratish tadbirida ishtirok etdi.

Tumanning “Navro‘z” va “Yangikent” mahallasida aholi xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarda mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1927

#Surxondaryo #mahallayettiligi #yoshlar #yerajratish #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun Sho‘rchi tumanida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida 89-sonli oilaviy poliklinikaning “Yorug‘lik” filiali uchun yangidan qurilgan bino foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tibbiyot maskaniga 10 ta elektroskuter, 10 ta planshet hamda kompyuter jamlanmalari, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ham berildi.

Viloyat rahbari “Elbayon” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi hamda xonadonlarda bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasini ko‘zdan kechirdi.

Tumanda, shuningdek, maktab-internatining 120 o‘rinli yotoqxonasi va sport zali hamda 150 o‘rinli bog‘cha binosi ham foydalanishga topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1981

#Surxondaryo #poliklinika #ochilishi #mahallayettiligi #maktabinternat #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter