Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida bo‘lib, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etish, ko‘chatchilik va sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ushbu sohada aholini o‘qitish, 2024-yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratiladigan 1 353 gektar yer maydoni, shuningdek, “Leto” korxonasiga ajratish uchun taklif etilgan 100 gektar maydon taqdimoti bilan tanishdi.

Sohada katta tajribaga ega tadbirkorlar bilan suhbat qilinib, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, unda aholi bandligi, mahsulotlar yetishtirish yechimlari yuzasidan tavsiyalar olindi.

Shuningdek, Angor tumanida suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 14,1 gektar yer maydoni ko‘zdan kechrilib, yangi suv nasosi o‘rnatish uchun zarur mablag‘ ajratish topshirildi. Jarqo‘rg‘on tumanida 318 gektar yer maydonini o‘zlashtirish va kooperativlar tashkil etish loyihasi bilan ham tanishildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan aholi xonadonlaridagi issiqxonalar, ko‘chatchilik faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1870

#Surxondaryo #issiqxona #taqdimot #LETO #kooperativ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter