Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
29.5K photos
2.94K videos
1 file
13.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi mavjud konlar, geologiya qidiruv ishlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Angor tumanida “Stone City Energe B.V” kompaniyasi tomonidan 1500-1600 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi, “Durdona Asila Angor” MChJning polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihasi hamda “Tanovar Surxon” MChJning 13,5 gektarlik issiqxonasida mahsulot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2039

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #IES #ishlabchiqarish #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Denov ravnaq kamoli” MChJning poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar sifati bilan tanishgan viloyat rahbari tadbirkorga korxona faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida temirni qayta ishlash orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilindi. Mas’ullarga tadbirkorning faoliyati va tashubbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi topshirildi.

Shundan so‘ng, Istiqlol yulduzi mahallasida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ishlar bilan tanishildi hamda “yettilik”ning bu boradagi axborotlari tinglandi. Aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish, asalarichilik va issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mahalla guzarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishilib, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida tikuvchilik dastgohi hamda motokultivator topshirildi.

#Surxondaryo #ishlabchiqarish #aholibandligi #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov korxonalar faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tekstil va ip-kalava, ofis va oshxona mebellari, un va un mahsulotlari hamda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2107

#Surxondaryo #korxonalar #ishlabchiqarish #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, yaxna ichimliklar, sport kiyimlari ishlab chiqarish, chorvachilik kompleksi, xususiy tibbiyot klinikasi hamda Denov nogironligi bo‘lgan erkaklar muruvvat uyi faoliyati bilan tanishildi. Xususiy maktab va tikuvchilik sexi loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvda ularning mavjud muammolari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2116

#Surxondaryo #yirikloyihalar #ishlabchiqarish #klinika #muruvvatuyi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifida xususiy klinika tashkil etish, yuk tashish texnika xizmati ko‘rsatish, sement va boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodi hamda isitish kotyollari, MDF eshik romlari va yumshoq mebellari tayyorlash korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2122

#Surxondaryo #sanoat #ishlabchiqarish #ishorinlari #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishlab chiqarish obyektlari, ularda yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda hududdagi yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat rahbari “Muzrabot parranda” xususiy korxonasi va “Movarounnahr” MCHJning parradanchilik komplekslari, “Otabek-Og‘abek-E’zoza” oilaviy korxonasining temirchilik sexi, “Hafizullo Hamidullo” xususiy korxonasining non mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2124

#Surxondaryo #parrandachilik #temirchilik #ishlabchiqarish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, ishlab chiqarish korxonalari, parrandachilik fabrikasi hamda yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularda yaratilgan ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2130

#Surxondaryo #ishlabchiqarish #parrandachilik #innovatsion #yoshlararzonasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar hamda aholi xonadonlari bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari “Imron gold fayz” MCHJning mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi orqali olingan imtiyozli kredit mablag‘i evaziga tashkil etilgan oilaviy bog‘cha faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, xonadonlarda bo‘lib, “Sayxunobod” tajribasi asosida qilingan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2141

#Surxondaryo #tadbirkorlik #ishlabchiqarish #bogcha #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X