Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan manzilli ishlash, aholi salomatligini asrash hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, topshiriqlar va murojaatlar ijrosi hamda ijro intizomi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Prezidentimizning viloyatimizga tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar hamda hududlarda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar ijrosi hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilindi. Shuningdek, AYOQShlarda avtobenzinning markasini qimmatiga almashtirib sotish holatlari aniqlanganligi tanqib qilinib, tegishli choralar ko‘rish topshirig‘i berildi va savdoga chiqarilayotgan avtobenzinlar hajmi hamda markalari to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish vazifasi qo‘yildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1771

#Surxondaryo #yoshlar #tibbiyot #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida jurnalist va blogerlar hamda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaatlar, muammoli masalalarning hal etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Masalalar ijrochilar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, yaratilgan sharoitlar hamda vohamizdagi geologik izlanishlar, mavjud salohiyatlar yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Shuningdek, institut binosida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari va oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish, targ‘ibot ishlarining borishi muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1886

#Surxondaryo #murojaatlar #institut #Manaviyatsektor

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter