Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Dasturga ko‘ra Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlarida biznes forumda ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuvlar, loyihalar yuzasidan muzokaralar, kelishuvlarni imzolash tadbirlari, yirik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, logistika markazlari hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.

Bugun dasturga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chelyabinsk gubernatori Aleksey Tekslerning tomonlar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda qator kelishuvlarga erishildi.

Muloqot yakunida viloyatimiz hokimi Chelyabinsk gubernatori va tadbirkorlarni Surxondaryoga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #uchrashuv #muzokalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Chelyabinsk shahrida tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdi. Forumda Surxondaryoning investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlari haqida taqdimotlar qilindi.

Viloyatimiz rahbari rossiyalik tadbirkorlarni hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga taklif etib, bu borada barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidladi. Shuningdek, Chelyabinsk viloyati mutasaddilari ham kelgusida hamkorlik istiqbollari, o‘lkadagi mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan tanishtirishdi.

Forum doirasida ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida “B2B” formatidagi qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra mato, meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shundan so‘ng, delegatsiyamiz hududdagi tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi «Moy biznes» markazi faoliyati bilan tanishdi. Viloyat rahbari markaz tajribasini puxta o‘rganish va vohamizda joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish topshirig‘ini berdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #biznesforum #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Chelyabinsk shahridagi "Agromaksurala" kompaniyasida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribasi bilan tanishdi. Shuningdek, kompaniya rasmiylari va viloyatimiz tadbirkorlarining ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida Surxondaryo tomonidan "Pomir agro klaster" MChJ va Chelyabinsk tomonidan "Agromaksurala" kompaniyasi hamkorligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, kartoshka yetishtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loyiha doirasida vohamizning kartoshkaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida Chelyabinsk viloyatidan 20 ming gektar unumdor yer maydoni ajratiladi.

Yer maydoni bosqichma bosqich ajratib boriladi hamda kartoshka yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan mahsulotlar vohamiz ehtiyojiga qarab bozorlarimizga yo‘naltiriladi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Rossiya Federatsiyasiga tashrifini davom ettirayotgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Chelyabinsk shahridagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda mahsulotlar va xizmatlar turlari bilan tanishdi.

Jumladan, blok-modulli qozonxonalar, bug‘ va issiq suv qozonlari, burnerlar, turli xil uskunalar o‘rnatilgan texnologik blok qutilarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "Lantan" kompaniyasi, Rossiyadagi eng yirik po‘lat quvurlar ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Chelyabinsk quvur prokat zavodi (ChTPZ) hamda nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo bo‘ylab, materiallarga ishlov berish, turli uskunalar bilan ta’minlash xizmatini ko‘rsatuvchi “Uralkran” kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdi.

Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar turlari va sifati bilan tanishgan delegatsiyamiz a’zolari kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X