Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida bo‘lib, “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari hamda saylda o‘tkaziladigan tadbirlar, hududlar va boshqarmalar o‘tovlarining joylashuv joylari, asosiy va qo‘shimcha sahnalar chizmalari bilan tanishdi.

Shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, boshqarma hamda tashkilotlar mutasaddilari bilan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, ajratilgan maydonda obodonlashtirish ishlarini olib borish, daraxt ko‘chatlari ekish, hududning o‘ziga xos urf-odatlari, an’analari bilan bezash, gastronomik turizm salohiyatini namoyish etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Sahna va o‘tovlarni bezashda ishlatiladigan milliy liboslar, ko‘rgazmalar, sahna va o‘tovlar joylashuvi taqdimot qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1882

#Surxondaryo #Navruz #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun investitsiyalar, sanoat va savdo sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Uzun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kichik sanoat zonasi, quvvati 2 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi, 18 gektar maydonda qiymati 5 mln dollar bo‘lgan issiqxona, refkontiner, manzarali bog‘, vino mahsulotlari qadoqlash, 50 o‘rinli mehmonxona va restoranni o‘z ichiga olgan loyiha taqdimoti hamda yiliga 3 ming dona turli xil mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishildi.

Uzun tumani markazida do‘kon va binolar egalari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, Sariosiyo tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilishi hamda tuman markazida kanalizatsiya quvurlarini tortish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1893

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Aholi daromadlarini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda eksport imkoniyatlarini oshirish loyihalari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash va qadoqlash, yaxna ichimliklar hamda un ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishildi. Zamonaviy issiqxona, muzlatkichli omborxona hamda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1984

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #korxonalar #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda aholining tomorqadan samarali foydalanish, gulchilik va qulupnay yetishtirish tajribasini ommalashtirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida politilen mahsulotlari ishlab chiqarish hamda pista qadoqlash korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Bozorlar majmuasi va boshqa bo‘sh yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, auksion savdolariga chiqarish hamda “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”ning Denov tumani “Ko‘zichoqli” massivida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1991

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #gulchilik #korxonalar #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida videokonferensaloqa orqali migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar hamda Qiziriq tumani Xalqobod mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2041

#Surxondaryo #migratsiya #uchrashuv #taqdimotlar #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida og‘ir hudud toifasidagi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq mahallalarida BSKlar faoliyatini tashkil etish taqdimotlari bilan tanishdi.

Tumandagi “Xangaronsoy” sel-suv ombori, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi, “Manguzar–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 111 km qismida semento-beton qoplamasi yotqizish hamda “Kemping” xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshlarga uy-joy kalitlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2117

#Surxondaryo #yirikloyihalar #taqdimotlar #uyjoytopshirish #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X