Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Koreyaliklar Oltinsoyda yangi loyihalarni amalga oshiradi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyiha menedjeri Kim Chon Bin va loyiha ijrochisi, sotib oluvchi “BJ Agro” korxonasi ijrochi direktorini qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani va Koreyaning Damyang tumani o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida hamkorlik, xususan, tumanda 6 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga investisiya kiritish, loyiha doirasida 250 nafar yoshni Koreyaga mavsumiy ishga yuborish, brokkoli karami yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, 100 nafar oltinsoylik fermerlarni Koreyada o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

Loyihani tomonlar mutasaddilari ishtirokida joyida ko‘rib, texnik va iqtisodiy tomonlarini puxta ishlab chiqishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Koreya #KOICA #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X