Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Janubiy Koreyaning IKC Construction korxonasi rahbari Seog Gi Sonni qabul qildi.

Mazkur korxona vakillari bilan o‘tkazilgan oldingi uchrashuvlarda vohamizda qurilish materiallari va polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga kelishilib olingan edi. Bugungi uchrashuvda ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi mahalliy kompaniyani tashkil etish, xorijiy sarmoyani jalb qilish orqali investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Umumiy maydoni 9,8 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming tonna mahsulot bo‘lib, qurilish ishlarini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.

Muzokara yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikda ishlashdan mamnunligini qayd etishdi.

#Surxondaryo #JabuniyKoreya #IKCConstruction #loyihalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter