Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Shveysariyaning «Globogate Concept AG» kompaniyasi biznesni rivojlantirish rahbari doktor Yoxannes Meyer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muzokaralar davomida surxondaryolik tajribali o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniyaga hamshiralik ishi va tibbiyot sohasidagi yuqori daromadli ishlarga jo‘natish masalalari muhokama qilindi. Termiz shahrida kompaniya filiali va nemis tiliga o'qitish kurslarini tashkil etish, keyinchalik tumanlarda ham kurslar faoliyatini yo'lga qo'yish, tanlab olingan nomzodlarni Germaniyada yashash sharoitlari hamda kafolatlangan ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va «Globogate Concept AG» kompaniyasi o‘rtasida dastlab, 100 nafar, keyingi bosiqlarda 500 nafardan o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga yuborish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1861
#Surxondaryo #Germaniya #GlobogateConceptAG #hamkorlik #memorandum
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter