Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrif buyurib, “Bandixon agroklaster” MChJning umumiy loyihasi 26 mlrd so‘m bo‘lgan, jami 150 ta ish o‘rni yaratilgan, paxtani dastlabki qayta ishlab, tola olish korxonasini ishga tushirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, “Obod turmush shifo klinikasi” MChJ tomonidan 5 mlrd so‘mlik loyiha evaziga bunyod etilayotgan xususiy klinika qurilishi bilan tanishdi. Xususiy klinikada 35 ta ish o‘rni yaratish, kunlik 200 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish hamda 25 ta statsionar o‘rinlar tashkil etish loyihalangan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1859

#Surxondaryo #yangikorxona #taqdimot #klinika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif dasturiga ko‘ra mahalla “yettiligi”, korxonalar faoliyati, yangi loyihalar taqdimoti, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, ikkita mahalla “yettiligi”, tikuvchilik korxonasi, xususiy klinika hamda eshik va romlar ishlab chiqaruvchi “Imzo” franshiza fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, avtoshohbekat qurish loyihasi taqdimot qilindi.

Tashrif yakunida “Yangi O‘zbekiston” massivida ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari ko‘zdan kechirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1921

#Surxondaryo #mahallayettiligi #klinika #aeroport #Imzo #qurilish #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, yaxna ichimliklar, sport kiyimlari ishlab chiqarish, chorvachilik kompleksi, xususiy tibbiyot klinikasi hamda Denov nogironligi bo‘lgan erkaklar muruvvat uyi faoliyati bilan tanishildi. Xususiy maktab va tikuvchilik sexi loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvda ularning mavjud muammolari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2116

#Surxondaryo #yirikloyihalar #ishlabchiqarish #klinika #muruvvatuyi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlar faoliyati hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Xususan, M41 xalqaro avtomagistral va temiryo‘l ustidan barpo etilayotgan yo‘l o‘tkazgich qurilishi, “Yevro Med” xususiy klinikasi, 10-sonli bog‘cha, “Ibrohim Behruz” MChJning temir va qurilish materiallari hamda “Denov Baron” MChJning mebel mahsulotlari tayyorlash korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2246

#Surxondaryo #yulotkazgich #klinika #bogcha #korxonalar #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X