Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryoda o‘qituvchi va shifokorlar hamda ehtiyojmand oilalar uchun 100 ta uy-joy foydalanishga topshirildi

Xabar berilganidek, Sherobod tumanida saxovatpesha tadbirkor ko‘magida yosh avlod ta’lim-tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar hamda aholi salomatligini mustahkamlashda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘makka muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 100 ta xonadonli zamonaviy turar joy qurilishiga start berilgan edi.

Bugun mazkur xonadonlar qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘qituvchi va shifokorlarga hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga ushbu xonadonlar kalitlarini topshirdi. Saxovatpesha tadbirkorga minnatdorchilik bildirildi.

Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida "Sherobod tekstil invest" MCHJning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasidagi muammolarni o‘rgandi. Mas’ullarga tadbirkor bilan ishlab, korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlarini tiklash bo‘yicha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan takliflarni ishlab chiqish hamda taqdimotga kiritish topshirildi.

Shuningdek, "Pomir agro klaster" MCHJning chorvachilik kompleksi qurilishi hamda shu yerning o‘zida 100 gektar maydonda anorchilikni tashkil etish loyihasi taqdimoti bilan tanishilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat rahbari Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, issiqxonalar, kichik va erkin iqtisodiy zonalardagi loyihalar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi, shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish, ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash hamda ko‘chatchilik ishlarini jonlantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1994

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #bogdorchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | O‘qituvchi, shifokor va ehtiyojmand oilalarga uy sovg‘a qilindi

Sherobod tumanidagi Taroqli mahallasida yuz oilaga mo‘ljallangan besh qavatli zamonaviy turarjoy binolari foydalanishga topshirildi.

Yangi xonadonlar tanlov asosida saralab olingan eng faol o‘qituvchi va shifokorlarga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan hamda kam ta’minlangan oilalarga muborak Ramazon tuhfasi sifatida bepul berildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/588433

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
"Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-153-son, 05.04.2023 y.) bilan:

tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga beriladi;

ushbu yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi;

yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi;

auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi muddati

☝️ Joriy yildan siz to‘laydigan soliqlar hisobiga “Mahalla budjeti” shakllanadi.

🔰 "Mahalla budjeti" mablag'lari mahallangiz ravnaqi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Shunday ekan, burchimizga mas’uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 16 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish, ularning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Har bir hududdan yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli shartlarda kredit mablag‘lari ajratish, bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lsada ishlar talab darajasida tashkil etilmayotganligi qayd etildi. Ajratilgan resurslarni manzilli yo‘naltirish, loyihalarni amalga oshirish borasida hududlar hamda tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ayrim mas’ullarning faoliyati tanqid qilindi.

Tadbirkorlar bilan bevosita ishlash, muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish hamda kredit mablag‘larining manzilli ajratilishi, maqsadli ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish uchun tashkil etilgan telegram bot faoliyatini takomillashtirish, samarali yo‘lga qo‘yish, kelib tushayotgan har bir murojaat va uning ijrosi bilan shaxsan viloyat hokimining o‘zi tanishib boradigan tizim qilishni topshirdi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telefon raqamlari hamda telegram botga murojaat qilishlari mumkin:

☎️ (76) 223-18-32;
☎️ (76) 223-18-33;
☎️ (76) 223-18-34;
☎️ (76) 223-18-35.

@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter