Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda aholining tomorqadan samarali foydalanish, gulchilik va qulupnay yetishtirish tajribasini ommalashtirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida politilen mahsulotlari ishlab chiqarish hamda pista qadoqlash korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Bozorlar majmuasi va boshqa bo‘sh yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, auksion savdolariga chiqarish hamda “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”ning Denov tumani “Ko‘zichoqli” massivida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1991

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #gulchilik #korxonalar #taqdimotlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Oripov Anvar Hamidovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Rajabov Sherzod Abdimuratovich tayinlandi.

Sh.Rajabov 1984-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Termiz davlat universitetini, 2014-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligi guruh rahbari, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 18 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Oripov Anvar Xomitovich Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.

A.Oripov 1985-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010-yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zagroeksport” AJ, Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan hamda mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Odamlarimizga tomorqadan samarali foydalanish va undan daromad olishni o‘rgatsak, ham kambag‘allik qisqaradi, ham oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi”

Kecha viloyat hokimi Denov tumanida bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholining tomorqadan samarali foydalanish, gulchilik va qulupnay yetishtirish tajribasi bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📱my.gov.uz – barcha davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin bo‘lgan Yagona interaktiv portal

📃 Avvallari odamlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vaqt sarflab, turli tashkilotlarga qatnashi, navbatlarda turib, sarson bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi.

Bugun ular my.gov.uz portali orqali keng turdagi raqamli xizmatlardan istalgan vaqtda va istalgan joyda, hatto uydan chiqmagan holda ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega.

💻 Portalning asosiy afzalliklari:

📁 Qulay va foydalanish imkoniyati keng;
Ayni vaqtda my.gov.uz portali orqali 590 dan ziyod davlat xizmatlaridan onlayn tarzda, tashkilotlarga qayta tashrif buyurmasdan, navbatlarda turmasdan foydalanish mumkin.

✔️ Xizmatlar xilma-xilligi;
my.gov.uz – aholi hamda tadbirkorlik subektlariga 18 ta soha bo‘yicha, xususan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, transport, kadastr, soliq va bojxona kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli davlat xizmatlarini taklif etadi.

💳 Elektron to‘lovlar;
Portal orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bu davlat xizmatlari uchun to‘lovni soddalashtiradi, banklarga borish zaruratini kamaytiradi.

📩 Ariza va murojaatlar holatini kuzatish;
Fuqarolar o‘z so‘rov va murojaatlari holatini portal orqali kuzatib borishlari mumkin. Bu ularga xizmatlarni ko‘rsatish jarayonidan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

🔎 Shaffoflikni oshirish;
my.gov.uz shaffoflikni oshirishga va korrupsiyani bartaraf etishga yordam beradi. Chunki davlat xizmatlarini onlayn olish lavozimdagilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qisqartiradi hamda tanish-bilishchilik ehtimolini yo‘qotadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi 31-sonli bog‘chada yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 17 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi tafsilotlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“BioTexnoEko” MCHJ quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qiladi:

👨‍💻 hisobchi (buxgalter); *
🚜 yuk ko‘taruvchi birikmali maxsus traktor haydovchisi; *
🚚 maxsus chiqindi tashish texnikasi (ISUZU, HOWO) haydovchisi; *
🦺 yuk ortuvchi ishchi.

* mazkur ish o‘rinlari uchun nomzodning ish staji hozirgi davr talabiga mos kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi talab etiladi.

🏢 Uzoqdan qatnab ishlovchilar barcha sharoitlar (oshxona, dush, Wi-fi, TV)ga ega yotoqxona bilan ta’minlanadi.

💵 Oylik ish haqi nomzod bilan suhbat jarayonida aniqlangan qobiliyatiga qarab belgilanadi.

📍Manzil: Termiz shahri, “Jo‘yjangal” MFY, Muqimiy ko‘chasi 77-uy.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998787708015
+998930770045

📲 Telegramm-bot:
t.me/bio_texno_eko

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter