Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Termiz shahrida yangidan rekonstruksiya qilingan, zamonaviy qiyofa hamda buyuk bobokalonimizning ijodiy merosini o‘zida aks ettirgan Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda buyuk mutafakkir tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, buyuk bobokalonimiz yaratgan o‘lmas asarlari xalqimizning boy ma’naviy merosida, xususan, yoshlar tarbiyasida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

Madaniy tadbirda Alisher Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar kuylandi hamda "Alisher Navoiy" spektaklidan parcha namoyish etildi. Yakunda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ziyolilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1860

#Surxondaryo #AlisherNavoiy #583yilligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter