Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Forwarded from Hudud Inform
“Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази” давлат муассасасининг айрим дорихоналарда қалбаки дориларнинг сотилаётгани билан боғлиқ ҳолат юзасидан мурожаати:

Хабарингиз бор, Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Чортоқ туман тез ёрдам бўлими фельдшери томонидан яширин цех шароитида тайёрланган «Зодак», «Анаферон», “Хилак Форте” ва “Витамин B6” номли қалбаки дори воситалари Андижон, Фарғона ва Тошкент шаҳарларидаги дорихоналарда сотувга чиқарилганлиги аниқланди.

Ушбу хабар юзасидан, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Ўзбекистон Республикаси ҳудудида дори воситалари ва тиббиёт буюмларнинг чакана савдоси билан шуғулланувчи (идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъий назар) барча ташкилотларни огоҳликка чақириб, қуйидагиларни маълум қилади.

Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти тўғрисидаги қонун ва қонуности ҳужжатларига, шунингдек дори воситалари ва тиббий буюмлар муомаласини техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги норматив ҳужжатлар талабларига мажбурий риоя этиш фармацевтика соҳасида лицензия талаблари ва шартлари этиб белгиланган.

“Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти” тўғрисидаги қонуннинг 20-моддасига мувофиқ, сифатсиз, қалбакилаштирилган, Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилмаган дори воситаларини ва тиббий буюмларни, шунингдек Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилган дори воситаларининг ғайриқонуний нусхаларини харид қилиш, чакана реализация қилиш ҳамда улардан фойдаланиш тақиқланади.

Шу ўринда, Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги 80-сон қарори билан тасдиқланган “Махсус электрон тизим орқали айрим фаолият турларини лицензиялаш тартиби тўғрисида ягона низом”га мувофиқ, Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилмаган, сифатсиз, қалбакилаштирилган дори воситаларини ва тиббий буюмларни, шунингдек Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилган дори воситаларининг ғайриқонуний нусхаларини сақлаш ва (ёки) реализация қилиш лицензия талаблари ва шартларини қўпол равишда бузилиши ҳисобланиб, лицензиянинг амал қилишини белгиланган тартибда тўхтатилишига олиб келишини эслатиб ўтамиз.

Юқоридагиларга асосан, мазкур лицензия талаблари ва шартларини бузган дори воситалари ва тиббий буюмларнинг улгуржи ва чакана савдоси билан шуғулланувчи (идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъий назар) барча ташкилотларни фаолият учун берилган лицензияси бекор қилиниб, қатъий чоралар кўрилиши тўғрисида огоҳлантирамиз!

https://t.me/hudud_inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📜 9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Mir Alisher Navoiy - o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va buyuk mutaffakiri bo‘lib, uning nomi dunyoning eng mashhur shoirlari, davlat va jamoat arboblari qatorida tilga olinadi. Buyuk olim, g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy barcha davrlarda turk dunyosi tomonidan “shams ul-millat” ya’ni “millat quyoshi” deb e’zozlangan.

Butun umrini turkiy til mavqeini yuksaltirish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir.

Bugun yurtimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahrida yangidan rekonstruksiya qilingan, zamonaviy qiyofa hamda buyuk bobokalonimizning ijodiy merosini o‘zida aks ettirgan Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda buyuk mutafakkir tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, buyuk bobokalonimiz yaratgan o‘lmas asarlari xalqimizning boy ma’naviy merosida, xususan, yoshlar tarbiyasida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

Madaniy tadbirda Alisher Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar kuylandi hamda "Alisher Navoiy" spektaklidan parcha namoyish etildi. Yakunda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ziyolilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1860

#Surxondaryo #AlisherNavoiy #583yilligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termizda g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlandi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Shveysariyaning «Globogate Concept AG» kompaniyasi biznesni rivojlantirish rahbari doktor Yoxannes Meyer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muzokaralar davomida surxondaryolik tajribali o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniyaga hamshiralik ishi va tibbiyot sohasidagi yuqori daromadli ishlarga jo‘natish masalalari muhokama qilindi. Termiz shahrida kompaniya filiali va nemis tiliga o'qitish kurslarini tashkil etish, keyinchalik tumanlarda ham kurslar faoliyatini yo'lga qo'yish, tanlab olingan nomzodlarni Germaniyada yashash sharoitlari hamda kafolatlangan ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va «Globogate Concept AG» kompaniyasi o‘rtasida dastlab, 100 nafar, keyingi bosiqlarda 500 nafardan o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga yuborish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1861

#Surxondaryo #Germaniya #GlobogateConceptAG #hamkorlik #memorandum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan kompleksga boruvchi yo‘llar qurilishi, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash ishlari hamda viloyat, shahar va tumanlar o‘tovlari, markaziy va qo‘shimcha sahnalar joylashuvi, transportlar to‘xtash joyi, mahalliy va xorijiy turistlarning kelib-ketishi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Tuman markazida xizmat ko‘rsatish sohasida, jumladan, umumiy ovqatlanish joylari hamda mehmonxonalar qurilishi, avtomobil yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish, xizmat ko‘rsatish sifatini belgilangan standart talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1862

#Surxondaryo #Boysunbahori #xalqaro #festival

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter