Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosi faollar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvida ishtirok etdi. Unda yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o‘ylantirayotgan muammolari tinglanib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalarni belgilab berildi.

Iqtidorli yigit-qizlar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator taklif va tashabbuslar ham qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahridagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatdagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan 40 mln dollardan maqsadli va samarali foydalanish masalasini muhokama qildi.

#Prezident  #yoshlar #uchrashuv  #sanoatzona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi qabuldan so‘ng, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurdi. Hududlarda ishchi guruhi tomonidan agrar sohada o‘tkazilgan o‘rganish natijalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi hamda sanoat ipotekasi asosida tashkil etilayotgan “Yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonasi” bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2035

#Surxondaryo #agrarsoha #muhokama #qurilish #turarjoy #sanoatzona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik texnologiya instituti binosida vohamizda geologiya yo‘nalishida tashabbuskorlarga berilgan karerlar hamda mavjud noruda qazilmalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishilib, salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2072

#Surxondaryo #geologiya #norudaqazilmalar #sanoatzona #lotlar #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida investitsiya, eksport va sanoat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar, korxonalar hamda taqdimotlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahridagi “Tinchlik”, Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda ishlab chiqarish korxonalari, yangi bog‘ tashkil etish va yo‘l rekonstruksiyasi loyihalari taqdimoti bilan tanishildi hamda Jarqo‘rg‘onda gips ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida ishtirok etildi.

Shuningdek, viloyatda eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilinib, sanoat va eksportyor korxonalar rahbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2254

#Surxondaryo #investitsiya #loyihalar #taqdimot #Sanoatzona #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X