Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasiga davlat tashrifi davomida ko‘plab yo‘nalishlar qatori ta’lim sohasida ham hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Tataristonga hamda Tatariston delegatsiyasining viloyatimizga tashrifida ham maktabgacha va maktab ta’limi sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib olingan edi.

Ushbu kelishuvlar doirasida o‘tgan hafta viloyatimizning ta’lim sohasi mutasaddilari, direktorlar hamda malakali o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Tatariston Respublikasida bo‘lib qaytdi.

Delegatsiya a’zolari Yelabuga shahridagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishishdi.

“Alabuga Politex” o‘quv markazining ilg‘or tajribalarini o‘rganish chog‘ida ta’lim sifati va mashg‘ulotlar samaradorligi, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash masalalarida fikr almashilib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

#Surxondaryo #Tatariston #talim #alabuga

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

#Surxondaryo #Tatariston #Forum

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X