Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.8K photos
3.06K videos
1 file
13.5K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri Manguzar mahallasida bo‘lib, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlarining borishi hamda infratuzilma holati bilan tanishdi.

Hududda infratuzilmani yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish hamda jinoyatchilikdan holi mahallaga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” axborot berdi.

Viloyat rahbari bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish lozimligini ta’kidlab, hududdagi ko‘p qavatli turar joylar atrofi tartibga keltirilmaganligi, BSKlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganligini tanqid qildi.

Shahar hokimi va mutasaddilarga qisqa muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etib, BSKlar faoliyatini tashkil etish vazifasi topshirildi.

#Surxondaryo #Manguzar #jinoyatchilikdanholihudud #BSK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan topshiriqlarga asosan vohamizning har bir hududidan tanlab olingan og‘ir toifadagi mahallalarda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish, tumanlarda energiya tejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda turar joylar massivlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.

Xususan, ushbu tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda tajriba tariqasida tashkil etilgan BSK faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, hududlarda elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutasaddilarining energotejamkorlik masalasida olib borayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2132

#Suxondaryo #massivlar #turarjoylar #BSK #qurilish #energotejamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrifini Majnuntol va Dehqonariq mahallalarida davom ettirdi.

Xususan, avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatish faoliyati, aholi xonadonlarida “Sayxunobod” tajribasi asosidagi ishlar hamda boshqaruv servis kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha qilingan ishlar taqdimoti bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2142

#Surxondaryo #avtoservis #tadbirkorlik #BSK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X