Avazbek Tulovov | Blog
509 subscribers
171 photos
33 videos
1 file
69 links
✔️Registon ta‘lim loyihasi asoschisi

▪️Ta'lim tizimi
▪️Shaxsiy rivojlanish

🖊 @tulovov_avazbek
Download Telegram
Qog‘ozga yozilishi mumkin bo‘lgan jumlalardan biri...

Kurashmoq... qanchalik ajoyib so‘z.
Hayot tinimsiz maqsadlar yo'lidagi kurashdan iborat. Umringni tikishga arzirli oliy maqsading bo‘lsa, uning uchun butun vujuding bilan kurashsang. Hayotning zavqini shundan chiqarsang... Bu hayotdan qachon, qanday ketishingdan qat‘iy nazar besamar yashamagan bo‘lasan...
9👍8🤝4
Kecha, bugun, ertaga.
23.08. 24.08. 25.08

Butun hayotimiz shu uchlik orasida o'tadi. Kecha Samarqandda edim. 2025-yilda ochilajak maktabimiz lokasiyasini aniqlash maqsadida bordim. Bugun Farg'onaga u yerdagi maktabga oid masalalar bilan boraman. Ertaga qayerda bo'laman, rejam bor, lekin o‘zim bilmayman.

Xullas, hayotimiz tarix, hozir va kelajak orasida o‘tadi. Men butun kuchni, menda nimaiki bo‘lsa barchasini hozirga ya'ni bugunga tashlash tarafdoriman. Bugunni qanchalik yaxshi o‘tkazsak, tariximiz ham, kelajagimiz ham orzumizdagidek bo‘ladi. Zero, biz faqat hozir, ayni o'tayotgan vaqtdagina nimadir qila olamiz, boshqa vaqtga ta'sir qila olmaymiz.
👍225👏2
Yo‘l...

Hozir yo‘ldaman. Kecha 4 soat yo‘l yurdim (Toshkent - Samarqand yo‘li), bugun 5 soat vaqtim yo'l (Toshkent - Farg‘ona)da o‘tadi.

Yo'l uchun ketgan vaqtim shunchaki o‘tadimi? Yo‘q, bu vaqtda men, odatda, butun rejalarimni qayta ko‘rib chiqaman, qilingan va qilinayotgan ishlarni tahlil qilaman. Xato va kamchiliklarni tuzatish yo'llarini izlayman.

Yo'lda bir o‘zim bo'laman. O‘zim bilan yolg'iz qolganda, ko‘p masalalar oydinlashadi. Voqelikka tepadan qarab, fikrlayman. Juda ko‘p qarorlar aynan yo'lda, tezlik 100+ holatda, qabul qilingan.

Hayotimiz ham yo‘l kabidir. To‘g‘ri yo‘lni tanlay olish va maqsad tamon tizimli harakat qilish juda muhim...
👍17👏6❤‍🔥32💯2
O‘gut

Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.

Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!

Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!

Fitrat.

P.S. 25 yil davomida har safar shu she'rni o‘qisam yo eshitsam ko'zlarim yonadi, g‘ayratga to‘laman.
👍16👏42
Assalomu alaykum

Avaz aka man 2018-2019 Registonda o’qiganman. Registon jamoasi ikkinchi oilam edi.

Shuhrat, Yakkasaroy filiallariga har kuni ertalab borib kechqurungacha tayyorlanar edik. Barno opa( rus tili) Rustam aka (tarix) Zulfizar opa (ingliz tili) Temur aka ( ona tili) ustozlarim bo’lishgan. Undan tashqari, Islom aka, Botir aka, Alisher aka, Atham aka menejerlaga katta rahmat aytaman. Xayotimning eng yaxshi davrlaridan biri Registonda shu insonlar bilan o’tgan.

2018 yildan beri Registonning ambasadoriman desa ham bo’ladi😅 hammaga tavsiya qilaman, chunki rostan ham eng zo’ri.

Ha aytgacha, shuncha o’qib nima natija qildim? O’qishga byudjetga kirib, mana bitirib ham oldim. Hozir o’z kasbimning mutaxasisiman.

Registon oilasiga katta rahmat

Ha aytgancha, Registon bilan bog’liq yana bir orzuyim bor, nasib uni ham amalga oshiraman🤲 Orzuyim esa Registon jamoasi bilan bir safda ishlash🤲🤲🤲
👏16🔥8👍7
Registon maktabining Ideal bitiruvchisi kim? (Bitiruvchi potreti)

Bizning farzandlarimiz Registon maktabida 11 yil o‘qib bitirganda qanday "ko‘rinishda" bo‘ladi?

3 xil shaklda tushuntirishga harakat qilamiz.
1. Qisqa variantda: Axloqli, bilimli, sog'lom, vatanparvar, zamonaviy dunyoga tayyor.
2. Kengroq ma'noda:
- Umuminsoniy, qadriyatlarimizga mos axloqqa amal qiluvchi inson;
- Tanlagan sohasi bo’yicha dunyodagi eng yaxshi universitet talabasi
- Jismoniy sog’lom va to’g’ri yashash tarziga doim amal qiladigan farzand
- Vatanparvar – oilasini, ota-onasini, mahallasini, mamlakatini hurmat qiladigan va ularga xizmat qiluvchi farzand;
- Hayotga har tamonlama tayyor bo’lgan shaxs;
3. Juda keng ma‘noda: buning uchun alohida maqola yozishimiz kerak bo‘ladi.

t.me/avazbek_tulovov
👍13🤝41
Registon maktabining maqsadlari:

- sifatli ta’lim berish va bu ta’limning natijasini ko’rsata olish. Turli imtihonlar, olimpiadalar, zakovat, debatlar va shunga o’xshash turli aqlni charxlaydigan o’yinlarda;
- Tarbiyani amaliy tashkil etish, ya’ni ustozlar, menejerlarning shaxsiy namunasida, maxsus treninglarda, tarbiya darslarida milliy qadriyatlarimizga mos tadbirlarda;
- Jismonan sog’lom bo'lishga qaratilgan sport o’yinlarini tashkil etish;
- Vatanimiz tarixi, ayniqsa milliy qahramonlarimiz haqida mukammal ma‘lumot berish.

Qisqa qilib aytganda

Registon maktablarining maqsadi:
Aqlan, ruhan, jismonan barkamol avlodni yetishtirish...
13💯4👍2
Assalomu alaykum!

Mustaqillik bayramimiz muborak bo'lsin!

Xalqimizning mustaqillikka, erkinlikka intilishlari va nihoyat natijalangan sana biz uchun ulkan ahamiyatga ega. Buni his qilgan va qadrlagan Registon jamoasi nomidan barchamizga bayram muborak bo‘lsin!

Jadidlarimiz orzu qilgan, vatan ozodligi yo‘lida qanchadan qancha vatandoshlarimiz qoni to'kilgan mustaqillik davrida yashash bizga katta mas'uliyat yuklaydi. Biz buni chuqur his qilamiz va kelajak avlod uchun birlashib mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun kurashamiz!!!

Vatanimiz ozodlik kuni barchamizga qutlug' bo'lsin!
👍17🕊3
Forwarded from Registon xususiy maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o’quv yili ochilishi!

Bugun Registon maktabimizda yangi o‘quv yilining “Ochilish marosimi” muvaffaqiyatli o‘tdi!

🎉 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan bu tantanali tadbirda o‘quvchilarimiz va ularning oilalari bilan birgalikda yangi maqsadlar sari ilk qadamni qo‘ydik. Tadbirning yorqin lahzalarini sizlar bilan ham baham ko‘rmoqchimiz.

Videoni tomosha qiling va biz bilan birga yangi o‘quv yilini nishonlang! 🎥

Telegram | Instagram | YouTube
👍8🔥5👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Registon maktabining ochilish marosimi yuksak ko‘tarinki ruhda o'tdi

📚 Maktabimizda zamonaviy ta’lim tizimi va yuksak tajribaga ega o‘qituvchilarimiz bilan eng yaxshi bilimlarni berishga tayyormiz.

O‘quvchilarimizni rivojlantirishga, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlarini ta’minlashga xizmat qiladigan innovatsion yondashuvlarimizni rivojlantirishda davom etamiz.

Tadbirning yorqin lahzalarini sizlar bilan ham baham ko‘rmoqchimiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👏6👍1
Maktabimizda dars berishni boshladim...

7 yil avval o'quv markaz ishlarida yuklamalarim ko'payib dars bera olmay qolgandim. Hozir ham masalalarimiz ko'p. Lekin Registon bitiruvchilari bilan alohida shug'ullanish hammasidan eng muhimi deb bilib, ularga dars berishni boshladim.

2025-yil 35 nafar o'quvchi maktabimizni bitiradi. Ular shu vaqtgacha turli maktablarda o'qishgan, to'liq 11 yil bizda o'qimagan bo'lsa-da, so'nggi bitiruvchi yilida bizga ishonch bildirib kelishgan.

Yil davomida quyidagi mavzularda bitiruvchilarimiz bilan shug'ullanamiz:

- Maqsad qo'yish (kasb tanlab, shunga mos Universitet topish va unga tayyorlanish bo'yicha maxsus maslahatlar olish, tayyorlov jarayonini boshlash);
- Qadriyatlar (umuminsoniy, milliy, shaxsiy qadriyatlar);
- Qaror qabul qilish (tanlov va mas'uliyat);
- O'qish, o'rganishning abadiyligi (o'sishdan to'xtash yiqilish va yo'qolishga tengdir)
- Doimiy harakat (doimiy amaliyot bilan yashash);
- Hayot — kurashlardan iborat (hayot ko'tarilish va pastga shung'ishlardan tashkil topgan, bir tekis emas)
va boshqa shu kabi mavzularda yil davomida bitiruvchilarimizni hayotga tayyorlaymiz.

Bitiruvchilarimiz bilan o'quv yilini boshladik. Xudo xohlasa, yuzimiz yorug' bo'lib, yaxshi natijalarga erishamiz...
👍1811🤝4🫡4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Dono xalqimiz asrlar davomida, "Ustoz otangdan ulug'" deya ustozlarni e'zozlab kelishgan! Bugun hayotimizda ulkan ahamiyatga ega ustoz va murabbiylarning kasb bayramlari nishonlanmoqda.

"Registon" ta'lim loyihasi asoschisi Avazbek Tulovov yurtimizdagi va "Registon" ta'lim loyihasidagi barcha ustoz va murabbiylarni bayram munosabati bilan tabriklaydi.

😊 Hurmatli "Registon" ta'lim loyihasidagi ustozlar va jamoadoshlarimiz, biz oliy maqsadimizga faqat siz aziz o'qituvchilarimiz bilan erisha olamiz!

Telegram | Instagram | YouTube
❤‍🔥13👍74🔥4
Yangi maktablarimiz...

So'nggi ikki oy, sentabr va oktabr, yangi maktablarimiz joyini aniqlash va joy egalari bilan muzokaralar bilan o'tdi. Keyingi 2025-o'quv yilidan hozircha yangi ikkita maktabimiz manzilini aniqlab, shartnomasini tuzib qo'ydik.

Biri Toshkent shahri Yunusobod tumanida, ikkinchisi Samarqand shahrida faoliyat boshlaydi, xudo xohlasa. Toshkentda 1000 o'quvchi, Samarqanddagi 800 o'quvchiga mo'ljallangan.

Maktab qurilishi loyihasi tasdiqlandi va ishlar boshlandi. 2025-yil aprel oylarida qurilish bosqichini tugatib, mebellashtirib, iyun oylaridan qabulni tashkil qilish niyatidamiz.

t.me/avazbek_tulovov
🔥27👍2185❤‍🔥2🏆1🤝1🫡1
🎉 Registon Ta’lim Loyihasining 10 Yillik Premyerasiga Qo‘shiling!

Registon ta’lim loyihasi o‘zining 10 yillik faoliyatini nishonlaydi! Shu munosabat bilan maxsus Telegram kanalimizda noyob kontent va mukofotlar sizni kutmoqda.

🔍 Kanalimizda sizni nimalar kutadi?
• Registon loyihasining ilk qadamlaridan hozirgi yutuqlarigacha bo‘lgan sayohati.
• O‘quv markazlari, maktablar va texnikumlarning muvaffaqiyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar.
• Eksklyuziv videolar va motivatsion hikoyalar.
• Premyera kuni g‘oliblarni maxsus mukofotlar kutmoqda!

Premyeraga oz fursat qoldi – 14-dekabr, soat 11:00 da!

📲 Siz ham birinchi bo‘lib qo‘shiling va ta’limning ilhomlantiruvchi kuchini his qiling! Kanalga o‘tish uchun bu yerni bosing: https://t.me/+vFKlX-BIgZU3NGEy

Kanal 👉🏻 https://t.me/+vFKlX-BIgZU3NGEy
👍91
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Registon xususiy maktabidan ajoyib yangilik!

Kutib oling! Registon maktabidan kichkintoyingiz uchun bog‘cha dasturi!

🌟 Registon maktabining bog‘cha dasturi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
• Tajribali va mehribon tarbiyachilar jamoasi;
• 24/7 xavfsizlik xizmati;
• 4 mahal dietolog tomonidan tavsiya etilgan meva va sabzavotlarga boy taomnoma;
• Rus tili, ingliz tili, matematika va arab tili darslari;
• Suzish, gimnastika, taekwondo va shaxmat sport to‘garaklari;
• Alohida e’tibor berish uchun 15 tadan 20 tagacha kichik guruhlar;
• Logoped va defektolog xizmatlari.

🎈 Bu dastur birinchi bo‘lib Farg‘onadagi Registon xususiy maktabida dekabr oyidan ishga tushadi.

📞 Murojaat uchun: 91 1262700

Telegram | Instagram | YouTube
👍13❤‍🔥21
Forwarded from Registan LC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Registon”ning 10 yillik tarixini his etishga tayyormisiz?

2014-yilda oddiy orzular bilan boshlangan kichik loyiha bugun ta’lim olamidagi ulkan tizimga aylandi. Ushbu yo‘l yutuqlar, qiyinchiliklar va mehnatga boy edi.

🎥 10 yillik Yubileyga bag’ishlangan badiiy filmi treyleri tayyor!
Registonning o‘tgan 10 yillik sayohatini jonli kadrlar orqali tomosha qiling va o‘zingizni shu tarixning bir qismiga aylantiring.

Yuqoridagi treylerni ko’rib badiiy filmni ko’rish istagi uyg’ongan bo’lsa, quyidagi telegram kanalga azo bo’ling 👉🏻 @registan_10

📅 Premyera kuni: 14-dekabr

Premyera kuni maxsus shartlar orqali 10 ta insonga Registon o’quv markazida 3 oy bepul o’qish imkoniyatini beramiz.

Telegram kanal 👉🏻 @registan_10
❤‍🔥11🔥7👍5🫡3
🎬 PREMYERA BOSHLANDI!

Hozirda Registon ta’lim loyihasining 10 yillik video premyerasi boshlandi!

Ushbu video sizga:
• Loyihaning tarixini.
• Ilhomlantiruvchi hikoyalarini.
• Kelajakka intilishlarini ko‘rsatadi.

🎥 Videoni tomosha qilish uchun pastdagi havolaga o‘ting va Registonning 10 yillik hikoyasidan bahramand bo‘ling!

🌟 Premyera davomida o‘z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang!

Premyera: https://youtu.be/4Ik3QqtZB-g?si=smkHGic9XU422t7n
👍75❤‍🔥3