O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
3.13K subscribers
19.5K photos
2.06K videos
133 files
3.26K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Download Telegram
#korgazma

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida "Dastgohli rangtasvir rassomi" yo'nalishi o‘qitivchisi Sulton Mamadiyevning "Ijod sari yo'l" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Кo'rgazmani maktab-internati direktori N.Xolmuradova ochib berdi.

Ko'rgazmada rassomning 30 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.

Tadbirda rassomning ustoz va shogirdlari so'zga chiqib,namoyish etilayotgan asarlar haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Alimurod Mamadaminov Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan "Qonimdasan, sport!" nomli 2-shaxsiy fotoko‘rgazmasini taqdim etdi.

Ushbu fotoko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, Jarqo‘rg‘on tuman hokimiyati hamkorligida tashkil qilindi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, badiiy fotorassom Zafar Ro‘ziqulov navbatdagi IV “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasini taqdim etadi.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2024-yil 28-may kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar galereyasida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Nukus shahri, Berdaq guzari ko‘chasi, 52a-uy


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#korgazma

23-may kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi badiiy galereyasida O‘zBIU Farg‘ona viloyati bo‘limi aʼzo rassomlarning “Farg‘ona ranglar jilosida” mavzusida ijodiy asarlari ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari B.Nuriddinov, O‘zBIU Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i Lyubov Semizorova, O‘zBIU Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i R.Ismanov hamda ikki viloyatning bir guruh mo‘yqalam sohiblari, taʼlim muassasalari o‘quvchi, talaba va o‘qituvchi ijodkorlari qatnashdi.

Ko‘rgazmada farg‘onalik 15 nafar rassomning 60 ga yaqin ijodiy asarlari namoyish qilindi.

Barchaga manzur bo‘lgan ushbu ko‘rgazmada Farg‘ona rassomlari O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirdan so‘ng, mehmonlar Namangan shahrida o‘tayotgan 63-xalqaro gullar festivaliga taklif qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#korgazma

Bugun, 25-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida “O‘zbekiston tasviriy san'atida rus rassomlari” nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi.
#korgazma

“O‘zbekiston tasviriy san'atida rus rassomlari” nomli xalqaro ko‘rgazma.

📍O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#korgazma

24-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Professional ta’lim: dastgohli rangtasvir” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alisher Urazovning “Shovqin” nomli ilk shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.

A.Urazov “Mazok” nomli guruhli ko‘rgazma hamda respublika miqyosidagi bir qator ko‘rgazmalar ishtirokchisi.

Uning “Shovqin” nomli ko‘rgazmasida talabalik yillarida ishlagan 40 ga yaqin etyud, natyurmort va kompozitsion rangtasvir ishlari namoyish etilmoqda.

Rassom asarlarida Vatan va onaga muhabbat, yurtimiz manzaralari, yoshlik hissiyotlari aks etgan bo‘lib tomoshabinga estetik zavq bag‘ishlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, rassom Zebiniso Sharipova san'at shaydolarini "Tasavvur va tasavvuf" nomli navbatdagi shaxsiy ko‘rgazmasiga chorlaydi.

📍Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 27-may kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dotsenti Chori Bekmirov va shogirdlarining "Ijodiy izdoshlar" nomli ijodiy asarlari ko‘rgazmasiga taklif etamiz.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 28-may kuni soat 18:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website