O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
3.19K subscribers
19.9K photos
2.09K videos
140 files
3.39K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Download Telegram
#anons

❗️18-May - Xalqaro muzeylar kuni!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi sizlarni muzeyda kutib qoladi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

Joriy yilning 18-24 may kunlari Korea Respublikasi Tegu shahri Chungu tumani meri Xa Yu Kyu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi munosobati bilan poytaxtimizda Janubiy Koreya rassomlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

Janubiy Koreya rassomlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi 20-may kuni soat 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons

O‘zbekiston Badiiy ijodjkorlar uyushmasining anjumanlar zalida 23-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi, Davlat mukofoti laureati O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi hamda davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Sanʼat ixlosmandlarini, muxlislarni ushbu tadbirga taklif etamiz!

Manzil: Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, badiiy fotorassom Zafar Ro‘ziqulov navbatdagi IV “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasini taqdim etadi.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2024-yil 28-may kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar galereyasida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Nukus shahri, Berdaq guzari ko‘chasi, 52a-uy


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida “O‘zbekiston tasviriy san'atida rus rassomlari” nomli xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

❇️ Ko‘rgazmada Rossiyada tug'ilgan, ijodi va hayot yo‘li O‘zbekiston bilan bog‘langan, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan rus rassomlar tomonidan yaratilgan, ayni paytda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanayotgan asarlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma 25-may kuni soat 10:00 da ochiladi.

-

Международная выставка «Русские художники в искусстве Узбекистана» проходит в галерее «Академия» Академии художеств Узбекистана

❇️ Выставка представит произведения из фондов Дирекции художественных выставок, созданные русскими художниками – членами Союза художников Узбекистана, родившиеся в России, но связавшие свой творческий и жизненный путь с Узбекистаном.

Открытие выставки состоится 25 мая в 10:00


🌐Локация


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, rassom Zebiniso Sharipova san'at shaydolarini "Tasavvur va tasavvuf" nomli navbatdagi shaxsiy ko‘rgazmasiga chorlaydi.

📍Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 27-may kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons

Joriy yilning 30-may kuni soat 17:00 da Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida grafik rassom Aleksey Dmitriyevning “Katta kitoblar” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dotsenti Chori Bekmirov va shogirdlarining "Ijodiy izdoshlar" nomli ijodiy asarlari ko‘rgazmasiga taklif etamiz.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 28-may kuni soat 18:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ofarin” mukofoti sovrindori, fotojurnalist Ravil Albekovning "Baxtli bolalik" nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasiga taklif etamiz.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 4-iyun kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

🟢 Kamoliddin Behzod nomidagi sharq miniatyura sanʼati muzeyi hamda Toyyiba Art School maktabi ustozlari A.Abduqayyumov va N.Shermatova hamkorligida "Xat ishqi" deb nomlangan xattotlik ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

🟢 Ko‘rgazmaning ochilish marosimi joriy yil 12-iyun kuni soat 10:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida bo‘lib o‘tadi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM