O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
3.1K subscribers
19.2K photos
2.04K videos
129 files
3.18K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Download Telegram
#seminar

Respublika seminari doirasida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, badiiy fotorassom Zafar Ro‘ziqulovning “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ekspozisiyaga muallifning O‘zbekiston viloyatlarida suratga olgan 100 ga yaqin badiiy fotosuratlari qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#seminar

Respublika seminari doirasida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida mazkur taʼlim muassasasining mutaxassislik fani o‘qituvchisi H.Nurboboyevning "Art-zamonaviy sanʼat" mavzusida seminar darsi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#seminar

Respublika seminarining ikkinchi kuni Shahrisabz shahar Madaniyat markazi ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Shahrisabz bo‘limiga aʼzo rassomlarning ijodiy ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Shundan so‘ng, Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Oqsaroy, Ko‘kgumbaz va Chorsu majmualariga sayohat uyushtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#seminar

Shu bilan Qashqadaryo ISMIda Shahrisabz rangtasvir san‘ati maktabiga bag‘ishlangan Respublika seminari nihoyasiga yetdi.

Yakuniy tadbirda so‘z olganlar seminar ko‘tarinki ruhda o‘tgani, ishtirokchi va mehmonlar ikki kun davomida ko‘rgazma, mahorat darslari, ochiq mashg‘ulotlar, plenerlar orqali Shahrisabz rangtasvir san'ati maktabining o‘ziga xos uslubi,rivoji bilan tanishgani, kerakli ma'lumotga ega bo‘lishganini qayd etishdi.

Navbatdagi seminar joriy yilning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘istonda tashkil etilishi ma'lum qilindi va estafetani Qoraqalpog‘iston ISMI qabul qilib oldi.

Yana bir yangilik-yurtimiz tasviriy va amaliy san'atini targ‘ib etuvchi mazkur seminarning maxsus ramzi yaratildi.

Tadbir so‘ngida Shahrisabz seminari mezboni-Qashqadaryo ISMI direktori N.Xolmurodova Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston ISMI direktori J.Dosbergenovga Respublika seminari ramzini tantanali topshirib, omad tilab qoldi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Tabriklaymiz!

Joriy yil 3-5-may kunlari Buxoro shahrida Il Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (RIDM) ham faol ishtirok etdi.

Natijalarga ko‘ra, RIDM “Eng yaxshi zargarlik va zardo‘zlik maktabi” -“The Youngest Experienced Gold Embroider”  nominatsiyasida III o‘rin g‘olibi, deb topildi.

RIDMning oliy toifali maxsus fan ustozlari Feruza Abduraxmonova, Bobur Muhamedov va 10-sinf o‘quvchisi Kamron Ashiraliyev Il Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali sertifikati bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, ganch o‘ymakori Yusufjon Adilovning "Naqshlar tilga kirganda" nomli shaxsiy ko‘rgazmasiga marhamat!

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi bugun, 6-may kuni soat 17:00 da Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida bo‘lib o‘tadi.

🌐Lokatsiya

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Website