Andijon IIB | Rasmiy kanal
6.53K subscribers
16.6K photos
4.75K videos
6 files
9.53K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
Жорий йилнинг биринчи ярмидаги иқтисодий натижалар таҳлили ҳамда йил якунига қадар барқарор иқтисодий ўсишни таъминлаш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Биринчи ярим йилликда мамлакатимиз ялпи ички маҳсулоти 6,2 фоизга ўсгани, инфляция даражаси 10,9 фоизни ташкил этгани қайд этилди.
Ҳудудларда “драйвер” бўлган соҳаларни ривожлантириш, кичик ва ўрта корхоналарда ишлаб чиқаришни кенгайтириш зарурлиги таъкидланди.

Состоялось видеоселекторное совещание, посвященное анализу экономических результатов по итогам первого полугодия и мерам по обеспечению устойчивого экономического роста до конца текущего года.
Отмечалось, что в первом полугодии объем ВВП страны вырос на 6,2 процента, уровень инфляции составил 10,9 процента.
Указано на необходимость развития отраслей, являющихся «драйверами» в регионах, расширения производства на малых и средних предприятиях.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #sarhisob

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma va uning hududiy navbatchilik qismlarida joriy yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
———
Андижон вилояти ИИБ Ташкилий бошқарма ва унинг ҳудудий навбатчилик қисмларида жорий йилнинг 7 ойи давомида амалга оширилган ишлар муҳокама қилинди

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#Sarhisob

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi birga kurashamiz!

———
Joriy yilning 23-avgust kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatchilik sodir etilishini oldini olish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik" mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Komilov, viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Mamirjonov hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlarning mutasaddilari, shuningdek, milliy gvardiya inspektor-psixologlari ishtirok etdi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning ahvoli tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#sarhisob_yigʻilishi

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamda uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi.

Bo‘lib o‘tgan sarhisob yig‘ilishida Tergov bo‘linmalari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu bilan bir qatorda, yig‘ilishda xodimlar oʻrtasida qonunchilik va xizmat intizomiga qatʼiy amal qilish masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, zarur koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi.

Website
| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube