Andijon IIB | Rasmiy kanal
11.9K subscribers
26K photos
7.31K videos
7 files
14.1K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OGOH_BO‘LING!

Korrupsiya shunchaki jinoyat emas. Bu — otaning izzatini, farzandning kelajagini va yaqinlarning ishonchini sotishdir!
——————
Коррупция шунчаки жиноят эмас. Бу — отанинг иззатини, фарзанднинг келажагини ва яқинларнинг ишончини сотишдир!

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🎉⚔️Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansambli tomonidan tayyorlangan betakror konsert dasturlari sizga ko‘tarinki kayfiyat, iliq xotira va unutilmas onlarni hadya etadi.🎆

🗓12-may | soat 18:00 Andijon shahri — “A.Navoiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i amfiteatrida📍

🗓13-may | soat 18:00 Xonobod shahri markazida📍

📣Milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, maftunkor raqslar, jonli ijro va yuraklarga iliqlik ulashuvchi chiqishlar bilan boyitilgan ushbu konsert kechalari barcha uchun haqiqiy bayramona kayfiyat ulashadi.⚡️

⚠️Barchangizni ushbu fayzli va ko‘tarinki madaniy tadbirlarga taklif etamiz!✔️

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JINOYAT_MUHOKAMASI

Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, firibgarlik hamda kiberjinoyatlarni oldini olishga qaratilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi
—————
Андижон вилояти ИИБ бошлиғи томонидан оғир ва ўта оғир турдаги жиноятлар, фирибгарлик ҳамда кибержиноятларни олдини олишга қаратилган жиноят муҳокамаси ўтказилди


🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat_darsi

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Ma’naviyat va ma’rifat" darsi tashkil etildi
————
Андижон вилояти ИИБ аппарати шахсий таркиби учун навбатдаги "Маънавият ва маърифат" дарси ташкил этилди

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kiberogohlik

⚠️ Ogoh bo‘ling! So‘nggi paytlarda avj olgan firibgarlikning yana bir turi mashhur insonlarning foto va videolariga sun’iy intellekt orqali ishlov berib, odamlarni aldash bo‘lyapti.

Har bir xabarni ko‘rganingizda yaxshilab tekshiring, darrov ishonib qolmang!
—————
⚠️ Огоҳ бўлинг! Сўнгги пайтларда авж олган фирибгарликнинг яна бир тури машҳур инсонларнинг фото ва видеоларига сунъий интеллект орқали ишлов бериб, одамларни алдаш бўляпти.

Ҳар бир хабарни кўрганингизда яхшилаб текширинг, дарров ишониб қолманг!

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi!

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 2-mart kunidagi 114-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar va ayollar;

- doimiy yashash joyi bo‘yicha Andijon viloyati hududida ro‘yxatda turishi;

- nomzodlar ishga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi;

- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

- bo‘yining uzunligi 175 (bir yuz yetmish besh)  santimetrdan, ayol nomzodlar uchun 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmasligi;

- ma’lumoti jihatdan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.


 O‘tkaziladigan tanlov tadbirlari:

- dastlabki o‘rganish (bo‘y uzunligi va hujjatlarning muvofiqligi o‘rganiladi);

- intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;

- test sinovi (nomzodlarning O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarini baholash);

- Jismoniy tayyorgarlik holatini baholash;

- Tibbiy ko‘rik va maxsus tekshiruv;


Lavozim faoliyatining asosiy yo‘nalishi va vazifalari:

Qo‘riqlanadigan obyektlar, hududlar va mol-mulklarni noqonuniy tajovuzlardan ishonchli himoya qilish, qo‘zg‘almas postlar va belgilangan yonalishlar bo‘yicha xizmat o‘tab, obyekt hududida nazorat-o‘tkazish tartibini ta’minlash, kirish-chiqishni hamda ichki rejim qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va sodir etilgan holatlarga tezkor choralar ko‘rishni ta’minlash, shuningdek, tabiiy yoki texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor xabar berish, odamlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish hamda obyekt xavfsizligini ta’minlash ishlarida ishtirok etishdan iborat.

Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2026-yilning 12-may kunidan 22-may kuniga qadar.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni kb.iiv.uz sayti, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Andijon viloyati IIBning rasmiy (https://t.me/andviliib) kanali yoki 74-299-11-88 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Tergov bilan bogʻliq masalalar bo‘yicha qabul o‘tkaziladi

Joriy yilning 12-may kuni soat 10:00 dan boshlab Andijon viloyati IIB binosida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Damir Sultonov tomonidan tergovga oid masalalar boʻyicha shaxsiy qabul o‘tkaziladi.

📍Manzil: Andijon shahar A.Navoiy shox ko‘chasi 26-uy
—————
Тергов билан боғлиқ масалалар бўйича қабул ўтказилади

Жорий йилнинг 12 май куни соат 10:00 дан бошлаб Андижон вилояти ИИБ биносида Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари, подполковник Дамир Султонов томонидан терговга оид масалалар бўйича шахсий қабул ўтказилади.

📍Манзил: Андижон шаҳар А.Навоий шох кўчаси 26-уй

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
D I Q Q A T  T A N L O V !!!
                                                                                                          
Andijon viloyati  IIB tarkibiy tuzilmalari  va hududiy bo‘linmalarida  bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar uchun navbatdagi tanlov e’lon qilinadi!

Tanlov  tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.  

Xizmatga  tanlov  asosida,  sog‘lig‘ining  holati  va  jismoniy  tayyorgarligi bo‘yicha  xodimning  xizmat  majburiyatlarini  bajarishga  qodir  bo‘lgan  shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:

 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;

 - doimiy yashash joyi bo‘yicha Andijon viloyati hududida ro‘yxatda turgan;

- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);

- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;

 -  bo‘yi   165  (erkaklar)  santimetrdan  past   bo‘lmagan;  (175  smdan   past bo‘lmaganlar uchun patrul-post xizmatiga)

 - Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;

 - Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida

oxirgi  bir  yilda  g‘olib  va  sovrindor  (1-3  o‘rinlar) bo‘lganlar  va  sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;

- "Bir  million  dasturchi"  loyihasi  doirasida  dasturni  muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olganlar;

Tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 12-may kunidan 22-may kuniga qadar imtiyoz beruvchi hujjatlaringiz bilan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: +99874-299-11-88

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 13-may kuni Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda mamlakatimiz qatorida, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston ichki ishlar vazirliklari hamda MDH hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish Byurosi delegatsiyalari qatnashadilar.

Yigʻilish kun tartibiga koʻra xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash jarayonida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Hamdoʻstlik davlatlarida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash sohasidagi ilgʻor tajriba va innovatsion yechimlarni amaliyotga tadbiq etish hamda sohaga oid boshqa masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

IIV Axborot xizmati

———
Жорий йилнинг 13 май куни Тошкентда Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги иштирокчи-давлатлар ички ишлар вазирликларининг жиноятчиликка қарши курашиш тузилмалари раҳбарларининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтади. 

Тадбирда мамлакатимиз қаторида, Озарбайжон, Беларусь, Қозоғистон, Қирғизистон, Россия, Тожикистон, Туркманистон ички ишлар вазирликлари ҳамда МДҲ ҳудудида уюшган жиноятчилик ва бошқа хавфли жиноятларга қарши курашишни мувофиқлаштириш Бюроси делегациялари қатнашадилар.
 
Йиғилиш кун тартибига кўра халқаро ва минтақавий хавфсизликни таъминлаш жараёнида ҳамкорликни янада ривожлантириш, Ҳамдўстлик давлатларида гиёҳванд моддаларнинг ноқонуний айланмасига қарши кураш соҳасидаги илғор тажриба ва инновацион ечимларни амалиётга тадбиқ этиш ҳамда соҳага оид бошқа масалалар муҳокама этилиши режалаштирилган.
 
ИИВ Ахборот хизмати

———
13 мая этого года в Ташкенте состоится очередное Совещания руководителей подразделений криминального блока министерств внутренних дел государств – участников СНГ.

В мероприятии, наряду с нашей страной, примут участие делегации министерств внутренних дел Азербайджана, Беларуси, Казахстана, Кыргызстана, России, Таджикистана, Туркменистана, а также Бюро по координации борьбы с организованной преступностью и иными опасными видами преступлений на территории СНГ.
 
В соответствии с повесткой дня совещания планируется обсудить вопросы дальнейшего развития сотрудничества в обеспечении международной и региональной безопасности, внедрения в практику передового опыта и инновационных решений в сфере борьбы с незаконным оборотом наркотиков в странах Содружества, а также другие вопросы, касающиеся данной сферы.

Пресс-служба МВД


Website
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇧🇾 MDH ishtirokchi-davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlarining yigʻilishida ishtirok etish uchun Belarus Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari militsiya general-mayori Kazakevich Gennadiy Arkadyevich boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi
———
🇧🇾 МДҲ иштирокчи-давлатлар ички ишлар вазирликларининг жиноятчиликка қарши курашиш тузилмалари раҳбарларининг йиғилишида иштирок этиш учун Беларусь Ички ишлар вазирининг ўринбосари милиция генерал-майори Казакевич Геннадий Аркадьевич бошчилигидаги делегация мамлакатимизга келди
———
🇧🇾 Для участия в Совещании руководителей подразделений криминального блока министерств внутренних дел государств – участников СНГ в нашу страну прибыла делегация во главе с заместителем министра внутренних дел Беларуси генерал-майором милиции Казакевичем Геннадием Аркадьевичем

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿 MDH ishtirokchi-davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlarining yigʻilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Narkotiklarga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi politsiya general-mayori Gumbatov Islam Movsum oglu boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi
———
🇦🇿 МДҲ иштирокчи-давлатлар ички ишлар вазирликларининг жиноятчиликка қарши курашиш тузилмалари раҳбарларининг йиғилишида иштирок этиш учун Озарбайжон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Наркотикларга қарши курашиш бош бошқармаси бошлиғи полиция генерал-майори Гумбатов Ислам Мовсум оглу бошчилигидаги делегация мамлакатимизга келди
———
🇦🇿 Для участия в Совещании руководителей подразделений криминального блока министерств внутренних дел государств – участников СНГ в нашу страну прибыла делегация во главе с начальником Главного управления по борьбе с наркотиками Министерства внутренних дел Азербайджанской Республики генерал-майором полиции Гумбатовым Исламом Мовсум оглы

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport_mashg‘uloti

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi tomonidan bugun 12-may kuni boshqarma apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi ommaviy sport mashg‘ulotlari tashkil etildi
———
Андижон вилояти ИИБ Маънавий-маърифий ишлар ва  кадрлар билан таъминлаш  хизмати Жисмоний  ва  жанговар тайёргарлик бўлими томонидан бугун 12-май куни бошқарма аппарати шахсий таркиби учун навбатдаги оммавий спорт машғулотлари ташкил этилди

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
#Postda_96_yoshda

🗓 12-may — IIV Birlashgan tahririyatining "POSTDA — НА ПОСТУ — AT THE POST" gazetasi tashkil topgan kun!

⚡️1930-yil 12-may kuni mushtariylar va gazetxonlar qo‘liga yetib borgan gazetaning ilk soni bugun o‘zbek matbuoti tarixidagi muhim voqelikka aylandi.

💫 Bu oddiy gazeta emas, ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli va sharafli xizmatini keng jamoatchilikka yetkazib kelayotgan fidokorona mehnat ramzi!

IIV Birlashgan tahririyatida xizmat qilib kelayotgan barcha xodimlarga vatanparvarlik ruhi va mutolaa zavqi uchun tashakkur!


👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JINOYAT_MUHOKAMASI

Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Shahrixon tumanida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, firibgarlik, giyohvandlik hamda kiberjinoyatlarni oldini olishga qaratilgan keng jamoatchilik ishtirokida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

—————
Андижон вилояти ИИБ бошлиғи томонидан Шаҳрихон туманида оғир ва ўта оғир турдаги жиноятлар, фирибгарлик, гиёҳвандлик ҳамда кибержиноятларни олдини олишга қаратилган кенг жамоатчилик иштирокида жиноят муҳокамаси ўтказилди

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇲 MDH ishtirokchi-davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlarining yigʻilishida ishtirok etish uchun Turmaniston Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari politsiya mayori Xanov Axmet Kakabayevich boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi
———
🇹🇲 МДҲ иштирокчи-давлатлар ички ишлар вазирликларининг жиноятчиликка қарши курашиш тузилмалари раҳбарларининг йиғилишида иштирок этиш учун Турманистон Ички ишлар вазирининг ўринбосари полиция майори Ханов Ахмет Какабаевич бошчилигидаги делегация мамлакатимизга келди
———
🇹🇲 Для участия в Совещании руководителей подразделений криминального блока министерств внутренних дел государств – участников СНГ в нашу страну прибыла делегация во главе с заместителем министра внутренних дел Туркменистана майором полиции Ахметом Какабаевичем Хановым

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇯 MDH ishtirokchi-davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlarining yigʻilishida ishtirok etish uchun Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari militsiya general-polkovnigi Alamshozoda Aburaxmon Alamsho boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi
———
🇹🇯 МДҲ иштирокчи-давлатлар ички ишлар вазирликларининг жиноятчиликка қарши курашиш тузилмалари раҳбарларининг йиғилишида иштирок этиш учун Тожикистон Республикаси Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари милиция генерал-полковниги Аламшозода Абурахмон Аламшо бошчилигидаги делегация мамлакатимизга келди
———
🇹🇯 Для участия в Совещании руководителей подразделений криминального блока министерств внутренних дел государств – участников СНГ в нашу страну прибыла делегация во главе с первым заместителем министра внутренних дел Республики Таджикистан генерал-полковником милиции Аламшозода Абдурахмоном Аламшо

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT QIDIRUV!!!

Baliqchi tumani, Go‘ravon mahallasi, Ariq ichi ko‘chasi, 50-uyda yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan Yuldashev Abdurahmon Neʼmatovich shu yilning 23-aprel kuni soat 10:00 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan Baliqchi tumani, Eski markaz mahallasi hududida joylashgan fermadan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligi uchun qidirilmoqda!

Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan “102" qisqa raqamiga yoki Baliqchi tumani IIBning 74-323-22-20, 95-336-02-02, 50-200-49-02 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz!

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
D I Q Q A T T A N L O V !!!

Andijon viloyati ichki ishlar organlari Davolash-profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi poliklinikasida mavjud bo‘sh bo‘lgan “Tibbiyot bo‘limi poliklinika boshlig‘i-shifokori” hamda “Tibbiyot bo‘limi Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi katta shifokor-epidemiologi” (ofitserlik) lavozimlariga tibbiyot oliygohlarini magistr darajasiga
(yoshi 35 yoshgacha bo‘lgan) ega bo‘lgan fuqarolar:

Shuningdek, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan “Inspektor-psixolog” (ofitserlik) lavozimlariga oliy ta’lim muassasalarini “psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan fuqarolar uchun, xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi 18 (o‘n sakkiz)dan kichik va 30 (o‘ttiz)dan katta bo‘lmagan, (shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham) oliy ma’lumotli shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun joriy yilning 12-may kunidan 22-may kuniga qadar Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: +99874-299-11-88

🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shaxsiy_ qabul

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
—————
Андижон вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси раҳбарияти томонидан навбатдаги шахсий қабул ўтказилди


🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM