Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
12.1K subscribers
39.8K photos
4.45K videos
9 files
10.4K links
Бошқа саҳифалар:

Facebook: fb.com/andpress
Telegram: t.me/andpress
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCU1FXhhr-kNZuqF5NldJnMw
Instagram: instagram.com/andpressa
Web-site: www.andijan.uz

Murojaat uchun: @muslim_ibrohimov
Download Telegram
Forwarded from ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
#andijon
#sayyor_qabul

Yaqin yillar ichida mamlakatimizda turizm sohasining yurtimiz iqtisodiyotidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Andijon shahridagi "Chinor" mehmonxonasida vazir o‘rinbosari N.Zikrillayevning sayyor qabuli o‘tkazildi.
Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan turistik kompaniyalar, mustaqil tadbirkorlar va muzeylar vakillari o'z muammolari va takliflari bilan ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida turizm sohasida qabul qilingan qator qonun hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha yig‘ilganlarga ma'lumot berildi va soha vakillari N.Zikrillayevga oʻz faoliyati davomida duch kelayotgan muammo, mehnat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflari bilan murojaat qildilar.
Qabulda ilgari surilgan muammo va takliflar yuzasidan vazir o'rinbosari tomonidan bosh boshqarma mas'ullariga topshiriqlar berilib, Turizm va madaniy meros vazirligiga takliflar kiritilishi aytib o‘tildi.

https://t.me/Andijon_Turizm_official