Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
11.6K subscribers
41.6K photos
4.69K videos
9 files
10.5K links
Бошқа саҳифалар:

Facebook: fb.com/andpress
Telegram: t.me/andpress
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCU1FXhhr-kNZuqF5NldJnMw
Instagram: instagram.com/andpressa
Web-site: www.andijan.uz

Murojaat uchun: @muslim_ibrohimov
Download Telegram
Forwarded from Minbar (Ахборот хизмати)
#Talabalar_uchun_yanada_qulay #sharoitlar_yaratilmoqda

Andijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida 300 oʼrinli talabalar turar joyi taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

Marosimda Andijon viloyati hokimining oʼrinbosari Nasibillo Moʼminov, faollar, ustozlar va talabalar qatnashishdi. Institutdagi mavjud talabalar yotoqxonasiga qoʼsh yarusli mebellarini joylashtirish natijasida 1 160 nafar yoshlar turar joy bilan taʼminlangan edi. Institutning byudjetdan tashqari mablagʼlari asosida yana 300 oʼrinli talabalar turar joyi rekonstruksiya qilinib, ijarada yashovchi talaba yigitlar joylashtirildi. Umumiy hisobda institutda 1 460 nafar talabalar istiqomat qilmoqda.Turar – joyda ularga barcha sharoitlarni yaratish maqsadida oshxona, kutubxona, sport va karaoke zallari, book kafe talabalar iхtiyorida. Buning natijasi esa turar joyga ehtiyoji bor talabalarning umumiy qismidan 85 % yotoqxona bilan taʼminlash imkonini berdi.

Shu bilan birga ayni kunlarda DXSh asosida tadbirkor tomonidan institutda yana 1 ta talabalar turar joyida taʼmirlash ishlari olib borilib, 3 oy muddatda foydalanishga topshiriladi. Yana bitta talabalar turar joyining esa yil yakuniga qadar taʼmirlash ishlarining tugatilishi rejalashtirilgan. Bu esa yana 1 200 nafar talabaning yotoqxonaga boʼlgan ehtiyojini qoplaydi.

♻️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati

https://t.me/AQXAI_pressa