Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
10.3K subscribers
23.7K photos
2.6K videos
693 files
13.3K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Qutlov
#Xushxabar

🎗UNIVERSITET REKTORI OSIYO CHEMPIONI IBODAT AGAJANOVANI MUNOSIB KUTIB OLDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xitoyning Haunjau shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida sportning jangovar sambo turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

👩🏻‍🎓Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ibodat Agajanova universitet sha'nini himoya qildi.

🥇Quvonarlisi, talabamiz Ibodat Agajanova 57 kg vazn toifasida, barcha raqibini munosib yengib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

💐👏🏻G‘olib bo‘lgan talabamiz va unga saboq bergan ustozlarini ushbu yuksak g‘alaba bilan universitet rektori Akramjon Yuldashev qutlaydi va kelgusida bundanda yuqori cho‘qqilarni egallashida ulkan zafarlar tilaydi.

©️Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Andijon davlat universiteti bitiruvchisi uchta nufuzli xorijiy universitetlarga muddatdan oldin o‘qishga qabul qilindi

Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi, Ulug’bek va Prezident davlat stipendiyalari sohibi Shukrullo Foziljonov Xalqaro reytinglarda yuqori o’rinlarda turuvchi universitetlarning imtihonlaridan yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.

-University of Padua (QS=243); Padova, Italiya
-Sapienza University of Rome (QS=171); Rim, Italiya
-University of Leeds (QS=86). Leeds, Angliya

Talabamiz Shukrullo Foziljonovni universitet jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlari va o'quv faoliyatida omad tilab qolamiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Ilm yo'lida izlanish olib borayotgan yoshlarimiz e'tirofda

Xabaringiz bor, bugun, poytaxtimiz Toshkentda «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu tanlovda Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi Shukrullo Foziljonov o'zining "PlatCare" loyihasi bilan ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Universitetimiz sharafini yuqori cho'qqilarga ko'tarishda va ilm ortidan izlanishda hech qachon to'xtamagan talabamiz Shukrulloni jamoamiz nomidan qutlaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Avval xabar bergan edik, poytaxtimiz Toshkentda «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovda Andijon davlat universiteti sirtqi bo‘limi Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti 3-bosqich talabasi Ikromjon Mo'ydinjonov ham ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Talabamiz Ikromjon Mo‘ydinovni erishgan ushbu gʻalabasi bilan universitetimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Azizbek Aliyev "Eng yaxshi ma'ruzachi" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi

Xabaringiz bor, 24-26-may kunlari Buxoro shahrida “Central Asia–2023: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi hamda “Kitob va mutolaa jamiyat taraqqiyotidagi  strategik manbaa sifatida” II Hamdo‘stlik forumi o'tkazildi.

Xalqaro konferensiya doirasida 400 ga yaqin mahalliy, 9 ta xorijiy davlat vakillari qatorida Andijon davlat universiteti Axborot-resurs markazi bo'lim mudiri Azizbek Aliyev o'zining "Telegram messenjerida elektron axborot-resurslari bilan xizmat ko'rsatuvchi robotlar" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etib, konferensiyaning "Eng yaxshi ma'ruzachisi"  nominatsiyasi g'olibiga aylandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar

⚡️2023-yil 1-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan “THE Impact Rankings” reytingi eʼlon qilindi.

“THE Impact Rankings” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining 47 ta oliy taʼlim muassasalari qayd etildi. Jumladan, mazkur roʻyxatda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 601–800-oʻrin, Toshkent davlat agrar universiteti – 801–1000-oʻrin, Toshkent davlat yuridik universiteti – 801–1000-oʻrinni egalladi.

2021-yilda “Times Higher Education” agentligi tomonidan eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida yurtimizning 10 ta, 2022-yilda esa 30 ta oliy taʼlim muassasalari oʻrin egallagan.

—————————————

⚡️Британское рейтинговое агентство Times Higher Education (THE) опубликовало результаты международного рейтинга вузов THE Impact Rankings 2023.

47 высших образовательных учреждений Республики Узбекистан
были отмечены в рейтинге “THE Impact Rankings”. В частности, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои занял 601-800 место, Ташкентский государственный аграрный университет - 801-1000 место, Ташкентский государственный юридический университет - 801-1000 место.

В 2021 году в рейтинг “THE Impact Rankings” вошли 10 высших образовательных учреждений нашей страны, а в 2022 году — 30.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qutlov
#Xushxabar

Rektor Jahon chempionati sovrindori So’g’diyona Jaloldinovani samimiy qutladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-18-iyun kunlari Qozog’istonning Astana shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida sportning qo’l jangi turi bo‘yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi So’g’diyona Jaloldinova universitet sha'nini himoya qilib, 58 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Talabamiz So’g’diyonani va unga saboq bergan ustozlarini universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev erishgan natijasi bilan qutlab, kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori cho‘qqilarni egallashida ulkan zafarlar tiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Universitet talabasi 10 million so’mlik vaucherni qo’lga kiritdi

Bugun, 26-iyun kuni poytaxtimiz toshkentda talaba-yoshlarning muhandislik-texnologiyalari sohasiga doir g‘oya va tashabbuslarini namoyon etishga qaratilgan “Texnofest” tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Axliddin Shermatov o’zining “ttj_ijara_bot” loyihasi bilan ishtirok etib, tanlov g’olibi bo’ldi.

Tanlov sovrindori Axliddin Shermatovga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’n million so’mlik vaucher tantanali topshrildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

Murodjon Temirov “Eng ulugʻ, eng aziz” ko'rik tanlovining viloyat boshqichida g'oliblikni qo'lga kiritdi

Oʻzbekiston Prezidenti qarori bilan Mustaqillikning 32 yilligini munosib nishonlash dasturiga asosan joriy yilning 21-avgust kuni kuni Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat ijodkorlari: yozuvchi va shoir, jurnalist, rassom, dizaynerlar oʻrtasidagi “Eng ulugʻ, eng aziz” ijodiy tanlovining viloyat bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi, ijodkor rassom-pedagog Murodjon Temirov "Tasviriy sanʼat, foto asarlar va dizayn ishlari" nominatsiyasida munosib ishtirok etib, tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Jamoamiz nomidan Murodjon Temirovni samimiy qutlab, respublika bosqichida universitetimiz sharafini munosib himoya qilishida omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar
#Qutlov

Abdulaziz Abdurahmonov "Ahmat Qodirov" xotirasiga bag'ishlangan XV xalqaro turnir g'olibi bo'ldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-9-sentabr kunlari Checheniston Respublikasi Grozniy shahrida erkaklar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha an'anaviy "Ahmat Qodirov" xotirasiga bag'ishlangan XV xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Abdulaziz Abdurahmonov universitet sha'nini munosib himoya qilib, 92 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo’ldi.

Turnir chempioni Abdulaziz Abdurahmonov va unga saboq bergan ustozlarini birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev universitet jamoasi va yoshlar nomidan samimiy qutlab, kelgusi musobaqalardagi faoliyatlariga omad tiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Bugun, 28-aprel kuni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy yarim final bosqichida Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr jamoasi oʻzining “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan faxrli birinchi o'rinni egallab, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

“Humo” talabalar teatr jamoasining barcha a'zolari hamda mas'ullarini ushbu ga'laba bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikamizda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov bo'lib o'tdi.

Tanlovning kimyo fani bo'yicha Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professorlari Ibrohimjon Asqarov, Mirjalol Mo'minjonov hamda Kamoldin G'opirovlar tomonidan tayyorlangan "Organik kimyo asoslari"nomli darsligi eng yuqori natija bilan milliy tanlovda faxrli 1-o'rinni egaladi va ustozlar 100 million so'm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.

Universitetimiz professorlarini samarali mehnati, erishilgan yuksak natijalari bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

Oliygohimiz sizlar bilan faxrlanadi!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

🏆Badiiy gimnastika bo'yicha o'tkazilgan xalqaro olimpiadada universitetimiz talabalari yuqori shohsupani egalladi

Joriy yilning 4-5-may kunlari Andijon viloyati Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Badiiy gimnastika sport turi bo'yicha 15 ta yosh toifasida "A", "B", "C" kategoriyalar bo'yicha qizlar o'rtasida "Spring Holiday" Xalqaro turniri tashkil etildi.

Quvonarlisi, xalqaro turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining ikki nafar talabasi Dilroz Abduvaliyeva hamda Sarvinoz Abdullayevalar ham munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o'ringa loyiq deb topildi.

Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan xalqaro olimpiadada yuqori shohsupani egallagan sportchi talabalarimizni samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar

Joriy yilning 7-may kuni Qozog'iston poytaxti Astanada sportning boks turi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining ikki nafar talabasi Halimjon Mamasoliyev 92 kg vazn toifasida faxrli birinchi o'rinni, Muhammadaziz Ismoilov esa 67 kg vazn toifasida faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.

Sportchi talabalarimizni erishgan ushbu g'alabalari bilan samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda ham yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar

🥊Joriy yilning 17-may kuni Qozog'istonning Olma-ota shahrida aralash jang san'ati (MMA) bo'yicha Octagon 58 turniri bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalasi Mavlonbek Mirkomilov ham munosib ishtirok etib, 70 kg vazn toifasida faxrli birinchi o'rinni egalladi.

Sportchimiz erishgan g'alabasi bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar

Joriy yilning 12-19-may kunlari Qozog'istonning poytaxti Astana shahrida boks bo'yicha ''ELORDA CUP'' xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu xalqaro turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti boks yo'nalishi talabasi Saidaxon Rahmonova 48 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Musobaqada faxrli o'rinni egallagan talabamizni jamoamiz nomidan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Xushxabar

🎗Universitetimizning ikki nafar talabasi "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovi g'olibi bo'ldi

Joriy yilning 21-24-may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ushbu tanlovda Andijon davlat universitetining Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi va Matematika-informatika yo'nalishi talabalari Mo'ydinjonov Ikromjon hamda Robiya To'xtayevalar munosib ishtirok etib, sertifikat va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Universitetimiz jamoasi nomidan g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarimizni samimiy qutlab, istiqboldagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar

🏆Sportchi talabamiz muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritdi

Joriy yilning 26-may kuni Koreya davlatida Fight World turniri bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Fayozbek Dustmatov munosib ishtirok etib, raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi va yuqori pog'onaga ko'tarildi.

Yurtimiz bayrog'ini mana shunday yuqoriga ko'tarib kelayotgan sportchi talabamizni universitet jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarga omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar #Talabalar_ligasi

Ayni kunlarda talaba-yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Talabalar liga"sining mini futbol musobaqasi poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 26-may kuni universitetimiz jamoasi SamDuning O'zbekiston Finlandiya instituti jamoasiga qarshi maydonda shiddatli va murosasiz to'p surdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

👏Navbatdagi g'alaba bilan sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklab, yarim final uchrashuvlarida ham omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube