Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
10.9K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
698 files
13.6K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Songgi_qongiroq

🔔MAKTABLARDA SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ TADBIRLARI KO‘TARINKI KAYFIYATDA O‘TKAZILMOQDA

🗓Bugun, 25-may kuni Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining dekan o'rinbosarlari S. Ismoilov, R. Ergashev va fakultet professor-o'qituvchilari Andijon shahridagi 38-umumiy o'rta ta'lim maktabi va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 27-maktablarda bitiruv kechasi tadbirlarida bo'ldilar.

🔰Tadbirda Sarvarbek Ismoilov Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning bitiruvchi o'quvchi-yoshlarga yo‘llagan tabrigini o'qib eshittirdi va oliy ta'limga qadam qo'yish istagida bo'lgan yoshlarga kerakli maslahatlar berdi.

🎁"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari ko'tarinki kayfiyatda va yuqori saviyada o'tkazildi. Tadbir yakunida universitet ma'muriyati tomonidan hamda dekan Talantbek Madumarov tomonidan maktabni a'lo baholarga bitirgan, iqtidorli o'quvchi-yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#songgi_qongiroq

Jaranglayver, so'nggi qo'ng'iroq!

Joriy yilning 25-may kuni Andijon davlat universiteti professori M. Mamajonov Izboskan tumanidagi 18-maktab va o'zi tahsil olgan 17-umumta'lim maktablarining "So'nggi qo'ng'iroq" kechasida maktab bitiruvchilarini tabriklash uchun tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu marosimda universitet professori bitiruvchilarga o'z muallifligi asosida chop etilgan ''Andijon geografiyasi'' o'quv qo'llanmasini hamda shaxsiy kutubxonasidagi kitoblaridan sovg'a qildi va kelajakdagi maqsadlariga erishishida omad, muvaffaqiyat yor bo'lsin deya, iliq tabriklar yo'lladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube