Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
10.3K subscribers
23.7K photos
2.6K videos
693 files
13.3K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Davra_suhbati

🏛UNIVERSITET TALABALARIGA "KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI

📅 Joriy yilning 12-may kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Tabiiy fanlar hamda Pedagogika fakulteti talabalariga “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👨🏻‍🏫Davra suhbatida bo‘lim bosh mutaxassisi I.Mamajonov tomonidan universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini samaradorligini oshirish borasida ma'lumotlar berib o‘tdi.

🎓Universitetimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limining uchrashuvlari davom etadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Davra_suhbati

“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida
davra suhbatlari davom etmoqda

Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Filologiya, Jismoniy madaniyat va Fizika-matematika fakulteti talabalariga “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

✍🏻https://adu.uz/uz/news/article/2461

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Davra_suhbati

Yoshlar orasida "Giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 19-may kuni Andijon davlat universitetida viloyat narkologiya sud bosh eksperti, Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida "Giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

✍🏻https://adu.uz/uz/news/article/2462

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Davra_suhbati

Universitetning 38 nafar talabasiga IIBning maxsus ko'krak nishoni topshirildi

Bugun, 19-may kuni Andijon davlat universitetida Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida universitet talabalariga “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

✍🏻https://adu.uz/uz/news/article/2464

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Davra_suhbati

Universitetda "Ogohlik – davr talabi" mavzusida uchrashuv o'tkazildi

Bugun, 22-may kuni Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish", “Diniy ekstremistik g`oyalar girdobiga tushib qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

✍🏻https://adu.uz/uz/news/article/2467

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Live
#Davra_suhbati

Ayni daqiqalarda Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish", “Diniy ekstremistik g`oyalar girdobiga tushib qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Davra_suhbati

Universitetda "Ogohlik – davr talabi" mavzusidagi uchrashuvlar davom etmoqda

Bugun Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish", “Diniy ekstremistik g`oyalar girdobiga tushib qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.

✍🏻https://adu.uz/uz/news/article/2471

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Davra_suhbati

Korrupsiyaga qarshi barchamiz birga kurashamiz

Bugun, 25-may kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari universitet qoshidagi akademik litseyda o'qituvchilar, ishchi-xodimlar ishtirokida “Korrupsiya jamiyat kushandasi”, "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

✍🏻https://adu.uz/uz/news/article/2474

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

"Yoshlar OITSga qarshimiz" mavzusida
davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 18-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Filologiya fakulteti talabalariga viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan “Yoshlar OITSga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi shifokorlari Gulbahor Isaqova, Ikromjon O’ktamjonovlar OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, sanitariya-gigiуena madaniyatini yuksaltirish, OITS va uning ayanchli oqibatlari haqida ma’lumotlar berib, turli xil illatlardan yoshlarimizni himoya qilish uchun, avvalo, ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish kerakligi toʻgʻrisida so'z yuritdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va gender tengligi mavzusida
davra suhbati bo'lib o'tdi

Bugun, 22-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatining Mintaqaviy vakili tashabbusi bilan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va gender tengligi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

✍🏻Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2575

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

"Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish" mavzusida
davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 26-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shoʻbasi hamda Andijon viloyati IIB kiberxavfsizlik boʻlimi masʼul xodimlari hamkorligida “Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

✍🏻Batafsil:
https://adu.uz/uz/news/article/2578

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Universitetimizda
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 4-oktabr kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev boshchiligida prorektor, dekan o'rinbosarlari va talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirni prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev ochib berdi va ekstremizm, terrorizm missionerlik g‘oyalari dolzarb masalalardan biri ekani, mazkur harakatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish haqida so'z yuritdi.

Shundan so'ng, Rahmatillo Arziyev hamda Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Yusufxon Jahongirov yoshlarning yuksak ma’naviyat egasi etib tarbiyalash davlat siyosati darajasida qarab kelinayotgani hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbusning ilgari surilishi buning yaqqol misoli ekanini ta'kidladi.

👉🏻@adu_uz
#davra_suhbati

Bugun, 4-oktabr Andijon davlat universitetida Xotin-qizlar kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor hamda universitet psixologi boshchiligida Filologiya fakulteti tyutorlari va talaba-qizlari uchun uchrashuv bo'lib o'tdi.

Suhbatda mas'ullar tomonidan "Odob-axloq kodeksi"ning mazmun-mohiyati, xususan, talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, pedagog va talaba o'rtasidagi o'zaro muloqot madaniyati, uyali aloqa vositalaridan to'g'ri foydalanish qoidalari hamda tashabbuskorlik va ijtimoiy faollik kabi mavzularda so'z yuritildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Kuni kecha Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani, professor Talantbek Madumarov boshchiligida tyutorlar ishtirokida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarning muammolari va takliflari tinglandi. Shundan so'ng, mas'ullar tomonidan universitet ichki tartib qoidalariga amal qilishlik, odob-axloq kodeksi doirasida kiyinish madaniyatiga amal qilgan holda darslarga o'z vaqtida chiqishlari va darslarni o'zlashtirishda faol bo'lishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Bugun, 20-aprel kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tyutorlar ishtirokida "Korrupsiya kelajagimizga tahdid" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbatda dastlab yurtimizda korrupsion holatlarni oldini olish bo'yicha tizimli ravishda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari haqida ma'lumotlar berildi. Shundan so'ng, mas'ullar tomonidan talabalar orasida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, ushbu illat nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz uchun keltiradigan salbiy oqibatlari haqida so'z yuritildi.

Suhbat so'nggida, korrupsion holatlarga duch kelganda korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining ishonch telefon raqamlari va telegram botlariga murojaat etishlari ta'kidlandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Bugun, 22-aprel kuni Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 03-01/7-3477 – sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida talabalar ishtirokida "Xalqaro Yer kuni” ga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.

Unda professor M.Mamajonov iqlim o‘zgarishlari, pandemiya, o‘rmonlarning qisqarishi va cho‘llanish jarayonining tezlashuvi, noyob jonivorlarning qirilib ketayotgani va brakonyerlik avj olayotgani kabi ko‘ndalang turgan masalalar haqida so'z yuritdi.

Shuningdek, tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy, ammo umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim ekani ta'kidlab o'tildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Bugun, 23-aprel kuni Andijon davlat universitetida davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda ochiq tanlovlar jarayonlari bo'yicha "Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l" mavzusida talabalar bilan suhbat tashkil etildi.

Davra suhbatida mas'ullar tomonidan vakant lavozimlar, nomzodlar, tanlov komissiyasi va tanlov bosqichlari, shuningdek, ushbu tizimning ishlash jarayonlari haqida taqdimot ma'ruzalari orqali batafsil ma'lumotlar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Universitetda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi


Bugun, 24-aprel Andijon davlat universitetida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan universitet professor-o'qituvchilari va ishchi xodimlari uchun "28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan "Mehnat sohasida asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2882

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

Talabalar ishtirokida “Ma'rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 15-may kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligini ta'minlash maqsadida oliygoh talabalari ishtirokida "Islom - ma'rifat dini", “Ma'rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2908

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

“InnoX” biznes inkubatori loyihasi boʻyicha davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetida iqtidorli talaba-yoshlarning loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Andijon yoshlar texnoparki mutaxassislari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2921

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube